Ii bob. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish metodikasi
Download 221.6 Kb.
|
Grammatik tahlil. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etishga doir mashq va topshiriqlar tizimi
Muallifini toping. Har bir asarning tartib raqamini uning muallifi to’g’risiga qo’ying.
Guruhlarning bajargan ishlari slaydda ko’rsatilgan to’g’ri javob bilan taqqoslanib , xatolar aniqlanadi. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etishga doir mashq va topshiriqlar tizimi Ona tili ta’limida mavzuni o’zlashtirishda mashq, savol va topshiriqlarning o’rni benihoya kata. Ular asosida o’quvchi o‘rganganlarini mustahkamlaydi, bilimlarini charxlaydi, taqqoslaydi, xulosa chiqaradi. Umumta’lim maktablarining 6-7-8-9-sinflarida Morfologiya va Sintaksis bo’limlarini o’rganishda qator mashqlar, savol va topshiriqlar tizimi berilgan, bo‘lib, ular o‘quvchi yoshiga va mavzuga mos tanlangan.Har bir mashq o‘quvchilar uchun ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega. Quyida o‘zbek tili grammatikasini o‘rganishga oid mashqlar tizimidan namunalar keltiramiz. 96 - mashq. Ko‘plik shaklida kelgan atoqli otdan anglashilgan ma’nolarni izohlang. 1. Arava Zebilar masjidi oldiga yetganda, Razzoq so‘fi bir necha kishi bilan birga, boshqa bir aravada qarshi tomonga o‘tib ketdi (Cho‘lpon). 2. Balki Qodiriylar, Cho'lponlar, Usmon Nosirlar dilida armon bo‘lib ketgan gaplarni aytish uchun taqdir bu yaxshi kunlami bizga ravo ko‘rgandir (S.Ahmad). 3. G‘afur G‘ulom, Oybeklar nazari tushgan sendek ijodkor do‘stimiz bilan faxrlanamiz (S.Ahmad). 4. - Qizim, bugun mehmonlaringni Sultonxonlarnikiga olib chiqasan-a? -deb qolsinmi? (Cho'lpon). 97 - mashq. Quyida berilgan atoqli otlami ma’no xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratib yozing. Sirdaryo, Amudaryo, Hind okeani, Tinch okeani, Nurota tog‘i, Qo‘qon, Orol dengizi, Marg'ilon, Kaspiy dengizi, Toshbuloq, Morin daryosi, Jumanquduq, Chirchiq daryosi, Qumbuloq, Sho'rquduq, Qumariq, Jiydaariq, Oy, Gulhovuz, Venera, Toshhovuz, Do‘nan, Gulqishloq, G‘irko‘k, Jarqishloq, Boychibor, Osiyo, Olapar, Afrika, To‘rtko‘z, Yer, Qaytmas, Nilufar, Baroq, Gulnora, Mosh, Alisher, Malla, Bobur, Jizzax, Qirg'iziston, «Yoshlik», Farg‘ona. «Sinfdosh», Tojikiston, «Xalq so‘zi», «Sharq yulduzi», « O‘zbekiston ovozi». 98 - mashq. 0 ‘zingiz o'qigan badiiy asardagi atoqli otlarni ma’noviy guruhlarga ajratib yozing va ularning imlosi haqida ma’lumot bering. 99 - mashq. «Uzoq o‘tmishdan qolgan bebaho meros» mavzusida joy nomlari tarixi bilan bog‘liq uy inshosi yozing. Insho yozishda ilmiy adabiyotlardan, etnografik, etimologik, izohli lug‘atlardan, shuningdek, buvi va bobolaringizdan eshitgan hikoyalardan unumli foydalaning. 100 - mashq. Berilgan matndagi ot so‘z turkumiga mansub so‘zlarni ajratib, ularni ma’noviy xususiyatlariga ko‘ra guruhlashtirib yozing. Namuna: o'simlik nomlari: rayhon, binafsha, yalpiz... Geografik nomlar: So'qoq, Xuroson, Urgut... Qulog‘imga mungli nola chalindi: Bobomning, buvimning yoshligi o‘tgan, - Turkiston tuprog‘i, endi alvido! Ko‘zimdan yosh to‘kar, dilni qon etar Ona - Yurt firog‘i! Endi alvido! Olamni larzaga keltirgan bu mungli nola sekin-asta uzoqlashib borar edi. Yana o‘shanday qayg'uli ovoz eshitildi. Shayx o‘sha tomonga o‘girildi. Sirdaryo bo‘ylab yuqoriga ko‘chib ketayotganlarning qorasi ko‘rindi. Qayoqqa? Jung‘orlar tarafgami? Xitoygami? Buxorogami? Yo Hindiston, Afg‘on ellarigami? Shayx ich-ichidan yigiab xudoga nola qilyaptimi yoki o‘sha mungli ovozga o‘zicha jo‘r boMyaptimi, bilib bo‘lmasdi, harqalay, lablari qimirlardi, burushgan yuzidagi ajinlar goh yozilib, goh yig‘iladi. Nursiz ko‘zlari tagida shabnamday tomchi yaltiraydi. - Ishqilib, tushim bo‘lsin-da, tushim, - deb pichirlagan shayxning bu gapi yonida turgan chopariga ham ta’sir qildi. Ot ham, o‘zi ham yiqildi. Shayx ham chidolmadi. Shamol yiqitgan terakday, oq bo‘z otining ustiga gup etib quladi (T.Qaipbergenov). 101 - mashq. Berilgan matndan ot so‘z turkumiga mansub so‘zlami ajrating. Ularni namunadagidek tahlil qiling. Namuna: Kitoblar - ot; o'quv quroli/ turdosh ot; aniq ot; nima? so 'rog ‘iga javob bo 'ludi; sanaladigan ot ко 'plik shaklida kelgan. Bog‘da bahor hukmron edi... Siz, umringizda biron rnarta bog‘da yashab, bahor kirib kelishini kuzatganmisiz? Boshda tuni bilan tongda eriyotgan qor tomchilarining dilga xush yoqadigan tovushi taraladi. Hali bahor uzoq-anhoming suvi kam, yer - sovuq, maysalar - yer ostida, o‘t - o'lanlar o‘smaydi, gullar ochilmaydi. So'ngra yer bugManib, bog‘da qushlar paydo boiadi, anhor suvi loyqalanib, ko‘paya boshlaydi-yu dastlab daraxtlar soyasi tusnmagan yalangliklarda maysalar uchun yer teshib, yashillanadi. Teraklar barg chiqarib, mayin shabada esganda qush tilidek barglar shodasi titray boshlaganini eshitasanu «Mana, bahor ham kelibdi», - deb o‘ylaysan. Tevarakka sinchiklab qaray boshlaysan: momaqaymoqlar sap-sariq gul ochibdi, olchalar gullabdi. Anhor bo‘yida yalpizlar unibdi. «Е voh, deysan shunda, - umr o‘tayapti, umr!» (X.Davron) Topshiriq: Berilgan matnga nom qo‘ying. Nega shunday nomlaganingizni o‘rtoqlaringizga izohlab bering. 102 - mashq. 0 ‘zingiz o‘qigan badiiy asarlardan mavhum otlarga misollar toping va ularni ma’noviy guruhlarga ajratib yozing. Namuna: Diniy tushuncha otlari: ummat, farz... Kasb - hunar otlari: о 'qituvchilik. noshirlik... His-tuyg'u otlari: qo'rquv, jasorat, sevgi... 136 - mashq. Berilgan misollardagi o‘ziik olmoshining ma’no va grammatik xususiyatini izohlang. 1. Inson boshiga kelgan fojialarni o'zicha tahlil qiladi. Yuzaki sababiarga bogMab yuradi. Ammo o‘zini, o‘zligini anglagan inson hayotida sodir bo‘lgan ko‘ngilsizliklar sababini o‘zidan izlab ko‘radi (B.Nurmuhammad). 2. O lz uyim - o‘lan to‘shagim (Maqol). 3. Endi uning butun borlig‘i quloq bo‘lib aylangan, o‘zini unutib barcha diqqati hujraga ichiga oqg‘an edi (A.Qodiriy). 4. 0 ‘zingiz toshkandlik boiaturib nima majburiyat ostida Marg‘ilondan uylandingiz? (A.Qodiriy). 5.Biz o‘zimizni ichkariga olg‘ach, darbozabon o‘zining hazmi ko‘targan qadar bizga po’ng‘il]aydilar-da: darbozani berklash harakatiga tushadir (A.Qodiriy). 6. « 0 ‘zaro gap uchun shu yerga ovora bo‘lib kelib o‘tirarkanmi bu odam» deb o'ylaydi u (T.Malik). 7 .0 ‘zlari ham tunda o‘tishibdi. Gap bilan chaig‘ib bu yoqqa qarashmabdi, -dedi (T.Malik). 8. «Men - o:zingizman, men - lsmoilbeyman. Men bunda bobomni kutayotirman» (T.Malik). 9.- 0 ‘ziaringning o‘zbeklaringni o‘ldirib tomosha qilib turasanlarmi! - deb baqirdi Zelixon osmonga qarab. (T.Malik) Mavzuni o‘rgatish jarayonida turli mashqlardan foydalanish mavzuni mustahkamlashga yordam beradi.Umumta'lim maktablari, akademik litseylar darsligida Sifat yasalishi mavzusiga doir quyidagi mashqlar tizimi berilgan bo‘lib,mashqlar o‘quvchilar yoshiga mos tanlangan.Mashqlarda keltirilgan gaplar didaktik harakterda bo‘lib,u o‘quvchilarni komil inson bo‘lib kamol topishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Xulosa “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa ta’lim tizimiga oid hujjatlar ta’lim mazmunini keskin o‘zgartirdi. Natijada o‘zbek tilining o‘ziga xos jozibasini, go‘zalligini, ta’sirchanligini ko‘rsatishni maktab partasidan boshlash va uzluksiz davom ettirish vazifasini yukladi. Ana shu nuqtayi nazardan yondoshilganda har bir til hodisasiga a’lohida e’tibor qaratishni taqozo qilmoqda. Hozirgi kunda darslarni noan’anaviy usulda tashkil etish zamon talablari darajasiga ko‘tarilganligi sababli, darslikda berilgan topshiriq, shu asosda berilgan nazariy ma’lumotlarni tushuntirish, hamda mashqlarni bajarishda pedagogik texnologiyalardan foydalanib, darslarni noan’anaviy usulda tashkil etish yo‘llari asoslanib berildi. Bu borada ta’limiy garammatik o‘yinlar, topshiriqlar, darslarni musobaqali tarzda tashkil etish, slaydlar asosida o‘quvchilarga nazariy bilimlar berish, shuningdek o‘tilgan mavzularni mustahkamlashda tarqatma materiallar va testlardan foydalanib dars jarayonini tashkil qilishni tavsiya qildik. Darslarni bunday tashkil etish o‘quvchilarning darsga qiziqishini yanada kuchaytirib, ularning faolligini oshiradi. Darslarda o‘rinsiz zerikishlarning oldini oladi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim mazmunining o’zgarishi, ta’limda pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi, zamonaviy o’qitish metodlari talablarining o’zgarishlari dolzarb masala bo’lib har bir o’qituvchiga katta mas’uliyat yuklaydi. Davr talabi darajasida dars o’tish bevosita pedagogik texnologiya, ona tili va adabiyot o’qitishning nazariy va metodik asoslari bilan bog’liq. Shuningdek, Grammatik tahlilni to‘g‘ri tashkil etish va o‘quvchilarga o‘rgatishning yangi yo‘llari va usullarini ishlab chiqish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga erishishimiz mumkin. Download 221.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling