Ii bob. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish metodikasi
Download 221.6 Kb.
|
Grammatik tahlil. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Ilmiy rahbar: _________ O.Saidaxmedova O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi “Himoyaga tavsiya etilsin”
- TOSHKENT – 2018 REJA: KIRISH
- II BOB. ONA TILI DARSLARIDA GRAMMATIK TAHLILNI TASHKIL ETISH METODIKASI
- Xulosa
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTINI O‘QITISH FAKULTETI “Ro‘yxatga olindi” O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini_______N.Chiniqulov 2018- yil “____” - yanvar 5111200 - “O‘zbek tili va adabiyot” bakalavr yo‘nalishi III kurs Abdurahmonova Mohira Abdukarim qizining “Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish yo‘llari” mavzusida yozilgan KURS ISHI Ilmiy rahbar: _________ O.Saidaxmedova O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi “Himoyaga tavsiya etilsin” O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri f.f.d., prof. ________ Z.Xolmanova 2018- yil “__” - yanvar TOSHKENT – 2018 REJA: KIRISH………………………………………………………………………. I BOB. ONA TILI O‘QITISHDA GRAMMATIK TAHLILNING ILMIY-METODIK ASOSLARI………………………………………………………. 1.1. Ona tili o‘qitishda grammatik tahlilni tashkil etish muammosining ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilishi……………………………………………… 1.2. Ona tili darslarida grammatik tahlil turlari………………………………… II BOB. ONA TILI DARSLARIDA GRAMMATIK TAHLILNI TASHKIL ETISH METODIKASI………………………………………………………….. 2.1. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish mazmuni………………. 2.2. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish usullari………………… 2.3. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etishga doir mashq va topshiriqlar tizimi………………………………………………………………… Xulosa…………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………. Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning fan va madaniyati juda qadim zamonlardan yukasala boshlaganini, uning chuqur va qadratli ildizlari borligini faxrlanib ayta olamiz. U asrlar davomida o‘zbek millatiga, butun insoniyatga tabiat sirlarini o‘rganishda, tibbiyot, falsafa, huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunoslik va tilshunoslikda ishonchli xizmat qilib kelmoqda».1 Istiqlol yillarida ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan e'tibor va shu jumladan, o‘zbek tilini rivojlantirishga, adabiy tilni sayqallash, meyorlashtirish va ma'lum qoliplarga solish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» asarida ta'kidlaganlaridek, «…o‘tgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va ta'sirini kuchaytirish, uni tom ma'nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo‘lida ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy – ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi – yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgani, jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda»2. Ushbu asarida birinchi prezidentimiz ona tilimizning istiqlolgacha bo‘lgan davrdagi holati va mamlakat mustaqilligidan keyingi taraqqiyot omillari xususidagi qimmatli fikrlari o‘rin olgan. Jumladan, ona tilimizni asrab-avaylash, uning leksik va garmmatik imkoniyatlarini boyitish,o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish haqida fikr yuritar ekanlar «…O‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni ,Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz»,-deydilar. «Ta'lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘grisidagi qonunlar mamlakatimiz ta'lim sohasida muhim burilish yasadi. Bu va boshqa qonunlarda milliy ta'lim ta'zimi, uning boshqaruv tarkibi, o‘qituvchi-pedagoglarning huquq va burchlari aniq belgilab berildi. Davlatning ta'lim sohasidagi bosh strategik maqsadi- demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalq milliy an'analari, urf - odatlarini umumbashariy qadriyatlar asosida ta'lim-tarbiya mazmunini tubdan yangilash, pedagogik jamoalar tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar yaratib berishdan iboratdir. Download 221.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling