Ii bob. Ona tili darslarida grammatik tahlilni tashkil etish metodikasi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 221.6 Kb.
bet2/11
Sana04.02.2023
Hajmi221.6 Kb.
#1165763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Grammatik tahlil. kurs ishi

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilida o‘qitishda fanlararo aloqadorlikdan foydalanish haqida ko‘plab qarashlar mavjud. Tilshunos olimlar A.Nurmonov, B.Qo’ldoshev, Sh.Yusupova va boshqalar integratsion o‘qitish haqida turli mulohazalar ilgari surilgan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari ona tilini o‘qitishda grammatik tahlildan foydalanishning yangi pedagogik texnologiyalarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish.
-mavzu yuzasidan adabiyotlar bilan tanishib, ona tili ta’limida grammatik tahlil etishning ilmiy asoslarini o‘rganish;
-zamonaviy o’qitishning o‘qitishning afzalliklarini o‘rganish;
-o‘rganilgan pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish.
Ishning obyekti va predmeti. Maktab va akademik litseyda ona tilida grammatik tahlil asosida o‘qitishni tashkil etishga qaratilgan dars jarayoni, shu jarayonga xos ta’lim shakli, vositalari, mazmuni va metodlarining talqini.
Ishning amaliy ahamiyati. Amaliy ahamiyati shundaki, ona tilini o’qitishda grammatik tahlildan foydalanib o‘qitishga doir darslarni tashkil etish orqali o‘quvchilarning ona tilidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini oshirish, ularning og‘zaki va yozma nutqni va tafakkurini o‘stirish, nutq va muloqot madaniyatini shakllantirish, ularni matn yaratishga o‘rgatish uchun xizmat qiladigan ijodiy-amaliy mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqishdir. Ushbu amaliy tavsiyalarning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi maktab va akademik litsey ona tili darslarida til hodisalarini o‘rganish, shu jarayonda lisoniy bilimlarni o‘zlashtirishda uzluksizlik va uzviylikni ta’minlashga yordam beradi.
I BOB. ONA TILI O‘QITISHDA GRAMMATIK TAHLILNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

    1. Ona tili o‘qitishda grammatik tahlilni tashkil etish muammosining ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilishi

Grammatika atamasi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, “harf o'qish va yozish san’ati” degan ma’noni bildiradi. Grammatika ko'plab tilshunoslik atamasi kabi ikki ma’noli. Bir ma’nosida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nosida tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o'rganuvchi sohasi anglashiladi. Grammatika tilshunoslik sohasi sifatida so'z turkumi, grammatik ma’no, shakl yasovchi qo'shimcha, so'z birikmasi va gap kabi masalani o'rganadi. Tillar o'zaro grammatik xususiyatiga ko'ra farqlanadi. Masalan, o'zbek tilida kesim gap markazi sifatida boshqa barcha bo'lakni o'z atrofida uyushtiradi. Rus tilida ega va kesim birga gap markazi hisoblanadi. O'zbek tilida ega birinchi va ikkinchi shaxsda tushirib qoldiriladi. Rus, ingliz, nemis va boshqa ayrim tilda bunday emas. O'zbek tilida sifatlovchi sifatlanmishdan oldin keladi: qizil gul, maktab bog£i kabi. Tojik tilida buning aksi bo'ladi: guli surx, bog‘i maktab kabi. Til hamisha taraqqiyotda. Bu, asosan, tilning leksikasida ko'proq ko'zga tashlanadi. Ijtimoiy hayotning o'zgarishi leksikada katta o'zgarish yasaydi. Yangi so'zning vujudga kelishi, so'zning «tirilishi», iste’moldan chiqib ketishi kabilar bunga misol. Tilning fonetik va grammatik sohasiga ijtimoiy o'zgarish ta’sir qilmaydi, unda faqat vaqt o'z izini qoldiradi. Chunki yaqin yillarda tubdan o'zgarishga uchragan ijtimoiy hayotning ta’siri natijasida, masalan, o'zbek tilining morfologik xususiyati, sintaktik qurilishida o'zgarish kuzatilmaganligi buning yorqin dalili. Lekin asrlar davomida bunday o'zgarish yuz berib turadi. Masalan, eski o'zbek tilida -gu affiksi yordami bilan yasalgan ish otiga -m, -ng qo'shimchasi qo'shilib, uning kesim ekanligini ko'rsatgan: Men ko'rgum shaklida. Bu hozirgi o'zbek tilida kuzatilmaydi. Ul, alar, andin, anda, ko‘zun ko‘rub (ko'zi bilan ko'rib) kabi qator so'z -fikrimiz dalili. Yoki eski o'zbek tilida Bu sening, Bu mening ko‘rinishidagi sintaktik qurilma mavjud bo'lgan. U hozirgi kunda u Bu seniki, Bu meniki ko'rinishiga ega. Grammatikaning tarkibiy qismi. Grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va sintaksis birligi, keng ma’noda til qurilishi tushuniladi. Morfologiyada so'zning grammatik shakllanishi, buni hosil qiluvchi shakl yasovchi qo'shimcha va yordamchi so'z, ko'makchi fe’l, toliqsiz fe’l, so'z turkumlari o'rganilsa, sintaksisda so'z birikmasi va gap qurilishi tekshiriladi. Demak, tor ma’noda grammatika - so'zning shakl yasalishi asosida o'zgarishi (morfologiya) va erkin bog'ianishi haqidagi (sintaksis) bo’lim.
Morfologiya - grammatikaning tarkibiy qismi. U yunoncha morphe va logos so'zidan olingan bo'lib, “shakl haqidagi fan” ma’nosini beradi. Morfologiyada so‘z turkumi, unga xos grammatik kategoriya va grammatik shakl, bu shaklni hosil qilish yo'li va vositasi o'rganiladi. Morfologiyaning obyekti, asosan, so'zning shakl yasalishi masalasi. So'zning shakl yasovchi qo'shimcha va nomustaqil so'zni olishi shakl yasalishi, o'zgarishi deyiladi. Masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan, kitob uchun, kitob bilan so'zlari kitob so'zining kelishik qo'shimchasi va ko'makchi asosidagi o'zgarishidir.
Eslatma Yaqin ma ’noli shakl yasovchi qo ‘shimcha yig ‘indisi grammatik kategoriya deyiladi. Masalan, yaqin m a’noli bo'lgan 6 ta kelishik shakli kelishik kategoriyasi, 5 ta nisbat shakli nisbat kategoriyasi deyiladi. Ot turkumidagi egalik, son, sifatdagi daraja, fe’ldagi nisbat, bollishli-bo‘lishsizlik, mayl, zamon, shaxs-son shunday kategoriya.

Download 221.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling