Ii bob. Replikatsiya va transkriptsiya molekulyar asoslari
I BOB. GENETIK AXBOROT VA UNING KO‘CHIRILISH TURLARI
Download 77.86 Kb.
|
GENETIK AXBOROTNING KO‘CHIRILISH TURLARI111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transkripsiyada
I BOB. GENETIK AXBOROT VA UNING KO‘CHIRILISH TURLARI
1.1. Genetik axborot va uning xususiyatlari Genetik axborot — oqsil molekulasining tuzilishi haqidagi axborotning DNK (dezoksiribonuklein kislota)da nukleotidlarning birin-ketin kelish tartibi shaklida kimyoviy tilda yozilishi. Genetik axborotning realizatsiya qilinishi replikatsiya va transkripsiya holida amalga oshadi. Replikatsiya jarayonida DNK oqsil sintezida bevosita ishtirok etmaydi. Ona hujayra boʻlinayotganida DNK ham ikkiga ajraladi. Har bir zanjir qarshisida komplementarlik asosida ik-kinchi DNK zanjiri hosil boʻladi. DNK replikatsiyasi deb ataladigan bu jarayon irsiy belgilarning nasldannaslga oʻzgarmay oʻtishini taʼminlaydi. Genetik axborot amalga oshishining ikkinchi bosqichi oqsil sintezini boshqaruvchi uch xil RNK (ribonuklein kislota) molekulasining sintez qilinishidan iborat. Bu jarayon transkripsiya (koʻchirib yozish) deyiladi. RNKning barcha turlari yadroda sintezlanadi. Informatsion RNK (iRNK) translyatsiya jarayonida DNK zanjirlarining birida hosil boʻlib, uning ayrim boʻlagidan aniq nusxa koʻchirib oladi. RNK molekulasida DNK dan uglevod dezokriboza oʻrniga riboza, azotli asos timinning oʻrniga uratsil boʻlishi hamda bitta zanjirli ekanligi bilan farq qiladi. iRNK DNKdagi oqsil tuzilishi haqidagi axborotni oqsil sintez boʻladigan ribosomaga tashib keltiradi. Oqsil sintezida transport RNK (tRNK) ham ishtirok etadi. Bu RNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomaga yetkazib beradi. Oqsil sintezida ishtirok etadigan uchinchi molekula — bu ribosomal RNK (rRNK) hisoblanadi. Oqsil sintezida iRNK molekulasidagi nukleotidlar tartibi shaklida yozilgan Genetik axborot aminokislotalarning oqsil molekulasida joylanishi tartibiga oʻtkazilishi translyatsiya (tarjima qilish) jarayoni deb ataladi. Oqsillarni koʻrsatma bilan taʼminlovchi genlar ekspressiyasi ikki bosqichda amalga oshadi. Transkripsiyada genning DNK ketma-ketligida joylashgan axborot RNKda qayta yoziladi. Eukariotlarda informatsion RNK (yoki i-RNK) hosil boʻlishi uchun RNK qoʻshimcha bosqichlardan oʻtishi zarur. Translyatsiyada i-RNKdagi nukleotidlar ketma-ketligi polipeptid (oqsil zanjiri)dagi aminokislotalar ketma-ketligiga “oʻgiriladi”. Agar bu sizga yangi tushuncha boʻlsa, Salmonning trankripsiya va translyatsiya videodarsidan bu haqida koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin. Download 77.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling