Ii bob. Replikatsiya va transkriptsiya molekulyar asoslari
Download 77.86 Kb.
|
GENETIK AXBOROTNING KO‘CHIRILISH TURLARI111
- Bu sahifa navigatsiya:
- UAA, UAG, UGA
Terminatsiya. Translyatsiyaning oxirgi bosqichi terminatsiya deb ataladi. Oqsil sintezida polinukleotid zanjiri maxsus terminatsiyalovchi kodonlari UAA, UAG, UGA tripletlaridan biriga tog`ri kelganda uziladi. Bu tripletlar manosiz tripletlar deb ataladi, chunki ularning birortasi aminokislotani kodlamaydi; ularga amber(qahrabo), achre(oxra) va opal(opal) nomlari berilgan.
Polipeptid zanjirining C- oxiriga so`nggi aminokislota birikkanidan keyin ham sintez qilingan oqsil ribosoma bilan bog`langan holda qoladi. Ribosoma terminatsiyalovchi kodonga yetishishi bilan uchta terminatsiyalovchi oqsil faktorlari R1, R2 va S (rilizing faktorlar) ishga tushadi. Oshqozon osti bеzining endokrin qismida 4 xil hujayra borligi aniqlangan. A- tipdagi hujayralar – glyukogon; B – tipdagi – insulin; D – tipdagi – samotastatin; PP tip F hujayra – pankreatik polipeptid ishlab chiqariladi. Insulin. B hujayralari sekretsiyasi bo`lgan birlamchi preproinsulin proteazalar ta`sirida proinsulinga o`tadi. Proinsulin molekulasidagi 84 ta aminokislota qoldig`idan C peptid deb nomlangan 33 ta aminokislotali fragment ajralib chiqqach proinsulin 51 ta aminokislota qoldiqli faol insulinga aylanadi. Insulin molekulasi ikkita polipeptid zanjiridan iborat bo`lib, birinchisi - qisqa A zanjiri 21ta aminokislota qoldig`idan, ikkinchisi uzun B - zanjiri 30 aminokislota qoldig`idan tashkil topgan. Zanjirlar o`zaro S-S disulfid bog`lari bilan bog`langan. Glyukoza, Ca2+ ionlari, leytsin, arginin, somatotropin insulin sеkrеtsiyasini oshiradi, somatostatin esa kamaytiradi. Oqsil sintezi polinukleotid zanjirida maxsus to’xtovchi kodonlar – terminirlovchi kodonlar UAA, UAG, UGA ta’siri ostida bo’ladi. Ular terminatsiya kodonlari deyiladi. Bu 3 ta tripletlar ma’nosiz tripletlar deyilib, birorta ham aminokislotani kodlamaydilar. Terminatsiyaga uchragan kodonlar bilan birorta ham tRNK bog’lana olmaydilar. Hujayrada oqsil sintezlanishi uchun mRNK da ribosoma bir emas, bir nechta (4-20 tagacha) ribosomalar mavjud. Bu ribosomalar – poliribosomalar deyiladi. Poliribosomalar borligi hisobiga boshqa mRNK nusxa (kopiya) si kerak bo’lmaydi. Terminatsiyalovchi kodonlar ta’siri ostida stop signal kelib, oqsil sintez bo’lishi to’htaydi. Ribosomalar bir qadam oldinga siljiydi va mRNK ga boshqa yangi kichik so’ng katta ribosomalar birikib, yuqoridagi jarayon kabi oqsil sinezi amalga osha boshlaydi. Elongatsiyada 1 soniyada polipeptid zanjirlar 1ta aminokislotalarga ko’payaveradi (tez ko’payadi). Agarda oqsil sintezi rilizing omillari hamda ribonukleaza fermenti ta’siriga uchrasa gidroliz amalga oshadi. Parchalangandan so’ng yana biosintez amalga oshishi uchun, qaytatdan mRNK hosil bo’lishi, katta – kichik ribosoma subbirliklari kerak. Lekin qaysi oqsil mitoxondriyada qaysinisi sitoplazmada sintezlanishi aniq emas. Download 77.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling