Kodonlar
Hujayralar i-RNKdagi axborotni uch guruh nukleotid, yaʼni kodonlar koʻrinishida oʻqiydi. Quyida kodonlarning baʼzi xususiyatlari berilgan:
Aksariyat kodonlar maʼlum bir aminokislotaga toʻgʻri keladi;
Uchta “toʻxtatuvchi” kodon oqsil sintezi tugaganini bildiradi;
Bitta “boshlovchi” kodon, yaʼni AUG esa oqsil sintezining boshlanishini belgilash bilan birga metionin aminokislotasini kodlaydi.
I-RNKdagi kodonlar translyatsiya paytida oʻqiladi, yaʼni bu jarayon boshlovchi kodon bilan boshlanib, toʻxtatuvchi kodonga yetguncha davom etadi. I-RNKdagi kodonlar 5ʼdan 3ʼ ga qadar dekodlanadi hamda oqsil tarkibidagi aminokislotalarning N-uchidan (metionin) C-uchigacha boʻlgan tartibini belgilaydi.
I-RNK ketma-ketligi:
5ʼ-AUGAUSUSGUAA-5ʼ
Translyatsiya jarayoni i-RNK nukleotidlaridagi maʼlumotlarning triplet koʻrinishida oʻqilishi hisoblanib, har bir guruh bitta aminokislotani belgilaydi (yoki translyatsiya tugashini bildiruvchi toʻxtash signali vazifasini bajaradi).
5ʼ-AUG AUS USG UAA-5ʼ
AUG \[\rightarrow\] Metionin (Start) AUS \[\rightarrow\] Izoleysin USG \[\rightarrow\] Serin UAA \[\rightarrow\] “Stop”
Polipeptid ketma-ketligi: (N-terminal) metionin-izoleysin-serin (C-terminal)
Genetik kod jadvali
Kodonlar va aminokislotalar (yoki toʻxtash signallari) oʻrtasidagi munosabatlar majmui genetik kod deb ataladi. Odatda genetik kod jadvalda jamlashtiriladi.
Genetik kod jadvali. iRNK nukleotidlarining uchta harfdan iborat ketma-ketligi maʼlum bir aminokislotaga yoki “stop” kodoniga mos keladi. UGA, UAA va UAG stop kodonlardir. AUG metionin aminokislotasining kodoni, shuningdek, “start” kodon ham hisoblanadi.
Jadvaldagi koʻplab aminokislotalar bir nechta kodonlar bilan ifodalangan. Masalan, leysin aminokislotasining i-RNK tilida “yozilishi”ning olti xil usuli bor (jadvaldan barchasini topib koʻring).
Genetik kodning eng muhim jihati universalligidir. Yaʼni kichik istisnolardan tashqari, deyarli barcha turlar (bakteriyalardan tortib odamgacha) oqsil sintezida yuqorida koʻrsatilgan genetik koddan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |