Ii bob. Replikatsiya va transkriptsiya molekulyar asoslari


Download 77.86 Kb.
bet4/10
Sana11.11.2023
Hajmi77.86 Kb.
#1766510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GENETIK AXBOROTNING KO‘CHIRILISH TURLARI111

Oʻqish doirasi. I-RNK ketma-ketligi koʻrinishidagi axborot oqsilning aminokislotalar ketma-ketligi koʻrinishiga bexato oʻtishi uchun bizga yana bitta tushuncha zarur: oʻqish doirasi. Oʻqish doirasi i-RNK nukleotidlar ketma-ketligi qay tarzda kodonlarga boʻlinishi kerakligini aniqlab beradi.
Bu juda mavhum tushuncha, shuning uchun, keling, misollar orqali uni yaxshiroq tushunib olamiz. Quyidagi misolda i-RNKdagi nukleotidlar ketma-ketligi oʻqilishiga qarab i-RNK mutlaqo bir-biridan farq qiluvchi uch xil oqsillarni kodlashi mumkinligi berilgan.

I-RNK nukleotidlar ketma-ketligi: 5ʼ-USAUGAUSUSGUAAGA-5ʼ
1-doirada oʻqilish tartibi:
5ʼ-USA UGA USU SGU AAG A-5ʼ
Ser-Stop-Ser-Arg-Lys
2-doirada oʻqilish tartibi:
5ʼ-U SAU GAU SUS GUA AGA-5ʼ
His-Asp-Leu-Val-Arg
3-doirada oʻqilish tartibi:
5ʼ-US AUG AUS USG UAA GA-5ʼ
Met(Start)-Ile-Ser-STOP
Start kodonning joylashgan oʻrni i-RNK translyatsiyasi uchun 3-doiradagi oʻqilish tartibi tanlanganini bildiradi.
Xoʻsh, hujayra bu oqsillardan qaysi birini sintezlashi kerakligini qanday qilib biladi? Unga start kodon asosiy signal boʻladi. Chunki translyatsiya start kodon bilan boshlanib, ketma-ket uchta guruhda davom etgani sababli start kodonning joylashgan oʻrni i-RNKdagi axborot toʻgʻri oʻqilayotganidan darak beradi (yuqoridagi misolda 3-doiradagi oʻqilish tartibi).
Bitta yoki ikkita nukleotidni qoʻshib yoki olib qoʻyadigan mutatsiya (DNKdagi oʻzgarishlar) axborotning oʻqilish tartibini oʻzgartirib, mutatsiyalangan joyning “pastki oqimi”da oqsillarning notoʻgʻri sintezlanishiga olib keladi.

Rasmda oʻqish doirasidan chetga chiqish mutatsiyasi koʻrsatilgan boʻlib, bunda ikkita aminokislotaning yoʻq qilinishi tufayli i-RNK ketma-ketligidagi axborotni oʻqish doirasi oʻzgargan.
1.2. Genetik axborotning ko’chirilish turlari.
Genetik axborotning ko’chirilishi va uning hujayra faoliyati uchun ahamiyati. Genetik axborotning ko’chirilishi, ya’ni irsiy xususiyatlarning uzatilishi tirik organizmlarning noyob xossasi hisoblanadi. Genetik axborotning saqlanishi va uzatilishi nuklein kislotalarning vazifalari hisoblanadi. Yadro xromosomalari va organizm hujayrasining mitoxondriya va xloroplastlaridagi DNK da joylashgan genetik dastur bir xil. Ularning ixtisoslashuvidagi farqlar hujayra rivojlanishi davomida genetik axborotning taqsimlanishida namoyon bo’ladi. Shuning uchun yetilgan, differentsiallangan hujayralar, masalan miya to’qimasi, jigar hujayralari bir-biridan molekulyar komponentlari to’plami bilan farqlanadi. Turli xil hujayralarning shakllanishini sxema ko’rinishida ifodalash mumkin:

Download 77.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling