2.3. Oqsillar biosintezi - translyatsiya.
Translyatsiya mRNK dagi irsiy matnni oqsil polipeptid zanjiriga muntazam aminokislotalar ketmaketligida o`tkazish. Translyatsiya mahsuloti maxsus oqsil bo`lganligi uchun translyatsiya jarayonni teng manoda oqsil biosintezi deb atasa ham bo`ladi. Translyatsiya jarayonini hujayraning turli qismlarida boradigan ikki bosqichga bo`lish mumkin: rekognitsiya, yani aminokislotalarning faollanishi va oqsil biosintezining o`zi. Rekognitsiya gialoplazmada, oqsil biosintezi esa ribosomalarda amalga oshadi.
Aminokislotalar faollanish jarayoni mohiyati bo`yicha aminokislotalarni o`z tRNK siga birikishidan iborat. tRNK strukturasi ―tarjimonlik‖ sifatiga ega, ya’ni bitta molekulada ―nukleotidli matnni o`qish‖ (tRNK antikodoni mRNK kodoni bilan mos kelishi kerak) va o`zi aminokislotasini tashish (aktseptorlik oxirida) qobiliyatlari mujassamlashgan. Ammo tRNK to`g`ridan-to`g`ri o`zi aminokislotasi bilan birika olmaydi. Bu vazifani bajarishda hujayra shirasida tRNK o`z aminokislotasini ―tanishini‖ ta’minlaydigan, maxsus ―tarjimon‖ sifatidagi fermentlar mavjud. Bu fermentlarga aminoatsil-tRNK-sintetazalar (qisqacha ARS azalar) deb ataladi..
Ribosomalarda oqsil sintezining mexanizmi. Ribosomalardagi oqsil sintezi yoki translyatsiya uch bosqichga bo`linadi: initsiatsiya (boshlanish), elongatsiya (polipeptid zanjirining uzayishi) va terminatsiya (tugashi).
Initsiatsiya. Initsiatsiya juda murakkab va muhim bosqichni boshlab beruvchi reaktsiya. Bu bosqichda oqsil sintezi uchun lozim bo`lgan apparat ayrim komponentlardan yig`ilib, ish boshlashga tayyorlanadi. Translyatsiyaning boshlanishi sekinlik bilan boradigan jarayon. Ribosomalar translyatsiya jarayonining markazi bo`lganligi uchun mRNK bilan bog`lanishi kerak.
Elongatsiya. Polipeptid sintezi har doim N-oxiridan boshlanadi va C-oxiri bilan tugaydi. Polipeptid zanzirining bitta aminokislotaga uzayishi uch qadamda amalga oshadi:
1) aminoatsil-tRNK ning bog`lanishi;
2) transpeptidatsiya (peptid bog`ining hosil bo`lishi);
3) translokatsiya (mRNK ning bitta tripletga siljishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |