Ii bob xalqaro iqtisodiy huquq 1 taraqqiyotning besh tashabbusi 2


Download 453.17 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi453.17 Kb.
#1614658
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JAXON XO’JALIGI TARQQIYOTINING HOZIRGI ZAMON XUSUSIYATLARI.

1.Valyuta bozorining mohiyati, mazmuni va iqtisodiyotda tutgan o’rni
2. Xorijiy valyuta va valyuta operatsiyalari
3. Muddatli bitimlar bilan bog`liq operatsiyalar
4. Xalqaro moliya munosabatlarida valyuta riskini boshqarish
5. O`zbekiston respublikasida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish muammolari

1. VALYUTA BOZORINING MOHIYATI, MAZMUNI VA IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI
Valyuta bozorlari - bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir. Ya'ni, valyuta bozori - bu chet el valyutasini oldi-sotdisini va chet el valyutasidagi qimmatbaho qog’ozlarni, hamda valyutaviy kapitalni investitsiya qilish munosabatlarini amalga oshiruvchi iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiluvchi markaz hisoblanadi.
Har qanday mamlakatning iqtisodiyotini rivojlangan moliya-kredit bozorisiz tasavvur etish mumkin emas. Bu moliya bozorlarida sotuvchi va xaridorlar pul-kredit mablag’larini va investitsion qimmatliklarni iqtisodiy munosabatlar orqali ayirboshlash yuzaga kelishini, ya'ni ulaniing tannarxini va iste'mol qiymatini namoyon qiladi.
Valyuta bozori moliya bozorining muhim va asosiy qismini tashkil qiladi.
Valyuta bozorlari - jahon xo’jaligining ajralmas bulagi bo’lib hisoblanadi. Valyuta bozorlarida banklar va kompaniyalar valyuta operatsiyalarini, ya'ni valyutalarning oldi-sotdisini amalga oshiradilar.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo’lib, tashqi savdo bo’yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog’liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Hozirgi zamon valyuta bozorlari asosan 1944 yildan keyin, ya'ni Bretton-Vuds valyuta tizimidan keyin yuzaga kelgan. Bu valyuta bozorlarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar orqali bir-biri bilan uzviy bog’langan. Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi qilish jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta'sirda bo’ladi. Jahon valyuta bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo’lmagan yoki zaif tarzda mavjud bo’lgan mamlakatlarda joylashgan.
Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko’rsatish mumkin:

  1. Milliy valyuta bozori;

  2. Hududiy valyuta bozori;

  3. Jahon valyuta bozorlari.

Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif, bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har qanday iqtisodiy sub'ekt, ya'ni davlat, xo’jalik sub'ekti yoki fukaro o’zining moliyaviy kizikishlariga ega bo’ladi. Bu moliyaviy kizikishlar bir-biri bilan mos kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning kizikishlarini namoyon qiluvchi o’ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi. Funktsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari o’z vaqtida xalqaro hisob-kitoblarni, valyuta risklarini sug’urtalashni, valyuta zahiralarini diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta bozorida qatnashuvchilarning kurslari o’rtasidagi farq natijasida keladigan daromadni o’zida namoyon qiladi. Institutsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari vakolatli banklarning, investitsion kompaniyalarning, birjalar, brokerlik idoralari, chet el banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o’zida namoyon qiladi. Tashqiliy-texnik nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozori jahonning turli mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-birini o’zaro bog’lovchi telegraf, telefon, teleks, elektron aloqa vositalari va shu kabi kommunikatsiya tizimlari yig’indisini o’zida namoyon qiladi.
Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o’rtasida chet el valyutasini oldi-sotdi qilishda dallol bo’lib, faqatgina banklar qatnashadilar. Valyuta bulimining asosiy vazifasi bo’lib, o’zining mijozlariga ma'lum bir valyutadagi aktiv va kapitallarini boshqa bir xorijiy valyutaga konvertirlashni ta'minlash hisoblanadi. Bu jarayon «naqd bitim», ya'ni spot operatsiyasi yoki «muddatli bitimlar», ya'ni ularning keng tarqalgan shakli - forvard operatsiyalari shaklida bo’lishi mumkin. Jahonning barcha moliya markazlarida ma'lum bir valyutaga narxlarning o’rnatilish diapozoni bir xil tartibda o’rnatilishi an'anaviy tus olganligi, banklar faoliyatini bu sohaga birlashuvining o’rnatilishiga olib keladi. Ayni bir moliya markazida ma'lum bir qisqa vaqt oralig’ida bozor stavkasi o’rtacha stavkadan sezilarli darajada farq kilsa, u holda turli narxlar natijasida foyda olish maqsadida jarayonni amalga oshiruvchi valyuta arbitraji orqali tartibga solinadi. Shu orqali valyuta biznesi pul tizimini muhim tartibga soluvchisi sifatida harakat qiladi. Odatda, umummilliy ahamiyatga ega bo’lgan yirik banklar, shu jumladan, bir qator mahalliy banklar mahalliy biznesga xalqaro hisob-kitoblar bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi malakali mutaxassislar bilan ta'minlangan valyuta bulimiga ega bo’ladilar. O’z mijozining hisob-kitob bo’yicha topshiriq-larini bajaradigan va o’z mablag’lari hisobiga katta operatsiyalami amalga oshirmaydigan kichik banklar valyuta bo’yicha mutaxassisga ehtiyoj sezmaydi. Bunday holatda, bankka shu soha bo’yicha umumiy bilimga ega bo’lgan mutaxassisning o’zi kifoya qiladi. Chunki, bunda uning roli mijozning topshirigini bajarishi uchun boshqa bank bilan hamkorlik qilishdagina namoyon bo’ladi. Jahon valyuta bozorida valyuta oldi-sotdisi tunu-kun amalga oshiriladi. Bunga asosiy sabab, jahon hududiy valyuta bozorlarining turli soat millarida joylashganligi bilan bog’liqdir.
Hozirgi vaqtda Osiyo - Tokio, Gonkong, Singapur, Melburndagi markazlari bilan, Yevropa - London, Frankfurt-na Mayne, Tsyurix, Amerika - Nyu-York, Chikago, Los-Andjeles valyuta bozorlari jahon valyuta bozorlarining asosiy qismini egallagan. Jahonning hududiy valyuta bozorlarida odatda barcha valyutalar katirovka qilinmaydi, balki faqatgina, ushbu bozorda qatnashayotganlarga kerakli bo’lgan valyutalar, ya'ni mahalliy pul belgilari va bir qator yetakchi erkin konvertirlanadigan valyutalar, birinchi navbatda, zahira valyutalar (AQSH dollari, Yaponiya ienasi, evro, Shveytsariya franki va shu kabi valyutalar)dan keng foydalaniladi. Bunda, tabiiy xolki, yetakchi, ya'ni zahira valyutalar kursining o’zgarishi natijasida turli bozorlarda, yoki bitta bozorda kotirovka qilinayotgan valyutalar, turli vaqtlarda bir xil narxni saqlasada, ularning kursida biroz tebranishni kuzatish mumkin. Valyuta kurslarining bunday tebranishlari valyuta bozorida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi chayqovchilar daromadining manbasini tashkil qilishga xizmat qiladi.
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun ob'ektiv asos bo’lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlaming harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo’ladi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi tijorat banklariga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkoniyat tugdiradi.
Shuni alohida ta'kidlab o’tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo’lmaydi. Demak, mamlakatlar o’rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvida namoyon bo’ladi.

2. XORIJIY VALYUTA VA VALYUTA OPERATSIYALARI
1993 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonunida, xorijiy valyutaga quyidagicha ta'rif berilgan:

  • xorij davlatlarida muomalada yuruvchi va qonuniy to’lov vositasi hisoblanadigan pul birliklari, shuningdek, muomaladan olinayotgan yoki olingan bo’lsada,
    respublikamiz pul birliklariga ayirboshlanishi ko’zda tutilgan banknotlar;

  • chet el davlatlarining pul birliklari va xalqaro pul birliklarining hisobvaraqlardagi va
    depozitlardagi mablag’lari.

Mazkur qonun, shuningdek, «valyuta qimmatliklari» va «valyuta operatsiyalari» tushunchalariga ham aniqliklar kiritadi. Unga muvofiq, valyuta qimmatliklari quyidagilardir:

  • xorijiy valyuta;

  • xorijiy valyutadagi qimmatbaho qog’ozlar - fond qimmatliklari (aktsiya, obligatsiya
    va boshqalar);

  • xorijiy valyutadagi to’lov hujjatlari (chek, veksel, akkreditiv va boshqalar);

  • qimmatbaho metallar - oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar
    (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) har qanday ko’rinishda, shuningdek, lorn
    kurinishida (xar xil yuvelir ko’rinishidagilar bundan mustasno);

  • tabiiy qimmatbaho toshlar - olmos, rubin, zumrad, sapfir va aleksandirtlar
    (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), hamda gavxarlar har qanday ko’rinishda,
    shuningdek lorn ko’rinishida (xar xil yuvelir ko’rinishidagilar bundan mustasno).

«Valyuta operatsiyalari» esa, quyidagilardir:

  • valyuta qimmatliklaridagi mulkka egalik huquqi bilan bog’liq operatsiyalar, shu
    jumladan, xorijiy valyutadan to’lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog’liq
    operatsiyalar hamda O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasidan tashqi iqtisodiy
    faoliyatda foydalanish bilan bog’liq operatsiyalar;

  • xorijdan O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va junatilgan hamda
    O’zbekiston Respublikasidan xorijga olib chiqilayotgan va junatilayotgan valyuta
    qimmatliklari;

  • xalqaro pul o’tkazmalari.

Yuqorida qayd etilgan valyuta operatsiyalarini tijorat banklaridan faqatgina «vakolatli banklar» nomini olganlari amalga oshiradilar. Vakolatli banklarga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziyasini olgan hissadorlik-tijorat, tijorat, kooperativ va xususiy banklar, shu jumladan, chet el ishtirokidagi qo’shma banklar (filiallar, vakolatxonalar) ham kirishi mumkin.
Xorijiy valyutadagi operatsiyalar ikki turga, ya'ni joriy va kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalariga bo’linadi.
Joriy valyuta operatsiyalari:

  • tovarlarni (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) eksport va import qilish bo’yicha
    hisob-kitoblar, valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisi, intellektual mulkka egalik
    huquqini sotish, qarz mablag’larini jalb qilish yoki taqdim etishni ko’zda tutmagan,
    kechiktirilmaydigan to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar;

  • bank omonatlari, kredit, investitsiya va boshqa moliyaviy operatsiyalardan olingan
    xorijiy valyutadagi daromadlarni chet elga va chet eldan foiz, dividend va boshqa
    kurinishdagi o’tkazmalar;

  • nosavdo tusdagi (ish haqi, nafaka, meros va shu kabilarni) o’tkazmalar, shuningdek, shunga o’xshash boshqa operatsiyalar kiradi.

Kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalari:

  • investitsiya, shu jumladan, chet eldan xarid qilingan va chet elga sotilgan
    qimmatbaho qog’ozlar;

  • berilgan va olingan xalqaro kreditlar;

  • jalb qilingan va hisobvaraqlarga va jamgarmalarga joylashtirilgan mablag’lar;

  • valyuta qimmatliklarida to’lovni amalga oshirish uchun moliyaviy operatsiyalar yoki
    ma'lum vaqtdan so’ng, ularning mulkiy egalik huquqi kiradi.

Xorijiy valyutadagi bitimlar dunyoning ko’plab banklarida, taxminan, ertalab soat 900 da boshlanadi, birok, dilerlarning ish faoliyati bu bitimlarni tuzishdan kamida bir soat oldin boshlanadi. Har kuni ertalab, chet el valyutasi bo’yicha mas'ul xodim (bulim boshligi) o’zining xodimlarini bitimlar tuzish bo’yicha me'yoriy hujjatlar, hamda zaruriy ma'lumotlar va yangiliklar bilan ta'minlaydi. U o’zi yo’nalishni qayta ko’rib chiqadi (bozorni bir necha oy oldin tahlil qiladi) va quyidagi omillar asosida o’z taktikasini aniqlaydi:

  1. Flouting tizimida ayirboshlash stavkalarida aniqlovchi valyuta va foiz stavkalarining iqtisodiyotda o’zgarishi asosiy omillardan bo’lib qolmoqda. Bunda, ularbitimlar muddatini kursning tushishi bilan hisoblashish-masa, u holda xuddi shu bitimlar kursining oshishi bilan hisoblashishga majbur bo’ladilar.

  2. Siyosiy omillar. Mazkur omillarga ijtimoiy holat, hukumatning almashishi va shu kabi valyuta bozoriga ta'sirini ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillar kiradi. Ko’pchilik holatlarda, ushbu omillar bozor holatini belgilovchi eng muhim omil bo’lishi mumkin.

v) Bankning chet el valyutasidagi o’z pozitsiyasi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, yirik banklar va yirik milliy hamda transmilliy kompaniya va korporatsiyalarning market-meykerlari tomonidan, kutilayotgan talab va taklif o’rtasidagi farqka bog’liq holda o’rnatiladi.
Market-meykerlar - bu turli valyutalarni bitimlar bo’yicha sotib olish va sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya muasassalari hisoblanadi. Bozorning passiv ishtirokchilari sezilarli darajadagi kapital bilan qatnashayotgan bo’lsalarda, bozor holatiga kuchsiz ta'sir ko’rsatadilar va ularning faoliyati ochiq bozordagi kurslarni professionallar tomonidan tartibga solishga majbur qilishi mumkin. Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan holatda chet el valyutalarini o’zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari mumkin. Umuman, ma'lum bir valyutalarni emitenti bo’lgan mamlakatlarda shu valyuta bo’yicha market-meykerlar mazkur mamlakatda joylashgan bo’ladi. Evro bo’yicha yetakchi market-meykerlarni Germaniyadan, Shveytsariya franki bo’yicha esa, Shveytsariyadan topish mumkin. Market-meykerlar o’zi mutaxassis bo’lib hisoblangan valyutani oldi-sotdi kursi kotirovkasini amalga oshiradi. Nisbatan kam banklar, butun dunyo bo’yicha valyuta kotirovkasini beradilar, shunday bo’lsada, Buyuk Britaniyaning keng tarmoqli kliring banklari kabilar o’z mijozlariga keng ko’lamda kotirovkalarini taklif etadi. Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta bilan bog’liq operatsiyalarni tijorat banklarida diling bulimini o’zi emas, balki qo’shimcha bulimlar amalga oshiradilar. Kam uchraydigan valyutalar, asosan, valyuta bozori rivojlanmagan mamlakatlarda yoki chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalarga ma'lum bir cheklovlar qo’yilgan mamlakatlarda uchraydi. Albatta, bunday cheklovlar mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki ko’proq chiqib ketishiga joriy qilinishi keng qo’llaniladi. Agar, banklar ushbu (kam qo’llaniladigan) valyutalar bo’yicha mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular o’zlarining flliallari yoki boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to’lovni amalga oshirish maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar.
Tijorat banklanga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 28 martda 31-son bilan tasdiqlangan «Xorijiy valyuta operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga litsenziya berish tartibi»ga asosan, uch xil litsenziya berilishi ko’zda tutilgan:

  • Bosh litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo’lgan vakolatli banklar O’zbekiston
    Respublikasi hududida va xorijda barcha valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
    huquqiga ega;

  • Ichki litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo’lgan vakolatli banklar O’zbekiston
    Respublikasi hududida to’liq yoki chegaralangan valyuta operatsiyalarini amalga
    oshirish huquqiga ega;

  • Bir martalik litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo’lgan vakolatli banklar xorijiy
    valyutada aniq bir operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega.

Iqtisodiyotning erkinlashuvi va xalqaro valyuta bozorlariga integratsiyaning kuchayishi natijasida, valyuta operatsiyalari, mamlakatimizda, tijorat banklarining yana bir daromad topish manbasini vujudga keltirmoqda.


3. MUDDATLI BITIMLAR BILAN BOG`LIQ OPERATSIYALAR
Tijorat banklarining muddatli bitimlari deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi.
Amaliyotda muddatli bitimlarning keng tarqalgan quyidagi turlari mavjud:

  • forvard valyuta bitimlari;

  • moliyaviy fyuchers bitimlari;

  • valyuta optsioni;

  • svop operatsiyalari.

Forvard valyuta bitimi - bu, valyuta bo’yicha bitim imzolangan sanadan boshlab, ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan to’lovni nazarda to`tuvchi bitimdir. Bu bitim aniq bir sanada, yoki ikki sana orasida amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin.
Quyidagilar ushbu bitimning ayrim o’ziga xos bo’lgan jihatlari mavjud:

  1. bu voz kechib bo’lmaydigan va majburiy shartnomadir. Bitim tuzilgandan keyin mijoz bitimdan voz kechishga xakki yo’q. Mijoz shartnomada ko’rsatilgan chet el valyutasini sotib olishi yoki sotishi shart.

  2. bu bitim chet el valyutasidagi aniq bir summani tashkil etadi. Mijoz bitimda ko’rsatilgan summadan ko’proq valyutani sotib olishga ham, sotishga ham xakki yo’q.

v) bitim kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart (agar optsionli bitimlar bo’lsa - ikkita aniq sananing orasida). Mijozda forvard bitimi bajarilish sanasini uzoqlashtirishga ham, yaqinlashtirishga ham vakolat yo’q. Forvard valyuta bitimi tuzilgandan so’ng, uning bajarilishi fyuchers bitimlari va valyuta optsionlaridan farqli ravishda majburiy hisoblanadi.
Agar, bank mijozi bilan chet el valyutasini sotish va sotib olish haqida bitim tuzsa, u faqat mijozi bilan emas, balki tashqi valyuta bozori bilan ham aloqa qiladi. Bu shuni anglatadiki, bank mijozi yoki bir qancha mijozlari bilan tuzgan forvard bitimlari uchun, albatta, valyuta bozori orqali valyutani sotib olishi yoki sotilishi koplanishini ta'minlashi kerak. Dilerning "pozitsiya"si har qanday ma'lum kunning yoki davming oxirida doimo teng holda bo’lishi shart. Ya'ni, sotib olinayotgan va sotilayotgan valyutalar balanslashtiriladi. Agar mijoz qandaydir bir sabab bilan bitim shartlarini bajarolmay kolsa (bajarishni hohlamasa), u holda bank bozor bilan tuzgan bitimini bajarishi shart qilib belgilangan. Shuning uchun, bank mijozidan bitimda kelishilgan barcha shartlar bajarilishini talab qiladi. Shu orqali, forvard valyuta bitimining shartlari qattiq hisoblanadi, va agar mijoz uning shartlarini bajara olmasa, bank mijozning forvard valyuta bitimidagi majburiyatlarni bajarmasdan ketib qolishiga yo’l quymaydi, balki bitimning muddatini "uzaytiradi" yoki "sundiradi" .Forvard valyuta bitimi qat’iy belgilangan, yoki optsionli bo’ladi.
a) qat’iy belgilangan forvard valyuta bitimi - bu, kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart bo’lgan bitimdir. Masalan, 1 sentyabrda tuzilgan qat’iy belgilangan ikki oylik forvard valyuta bitimi, ya'ni ikki oydan so’ng amalga oshiriladigan bitim;
b) optsionli forvard bitimi - bu, mijozning xoxishiga ko’ra, yoki bitim tuzilgan vaqtdan uning bajarilishigacha bo’lgan davming ichida hohlagan vaqtda, yoki ikkita aniq sana davomida amalga oshiriladigan bitimdir.
Kayd etib o’tish lozimki, forvard valyuta bitimi sof valyuta optsionlaridan farq qiladi. Valyuta optsioni mijozga kelishilgan bitim shartlarini bajarish va bajarmaslik huquqlarini beradi. Forvardli optsion esa, mijozga uni bajarmaslik huquqini bermaydi.
Quyidagi misollar orqali qat’iy belgilangan va optsionli forvard valyuta bitimlarini ko’rib chikamiz:
Frantsiyaning yirik bir savdo kompaniyasi O’zbekistonlik eksport-import firmasi bilan 1 mln. AQSH dollari miqdoridagi xalq iste'moli mollari yetkazib berishga shartnoma tuzdi. O’zbekistonlik firmaning iltimosiga ko’ra, Frantsiya kompaniyasi 2 oy muddatga tovarli kredit berdi. Maxsulotlami junatish 1 mayda, to’lov esa, 1 iyunda amalga oshirilishi ko’zda tutildi. Frantsiya kompaniyasi yaqin 6 oy davomida AQSH dollariga ehtiyoj sezmadi, va uning AQSH dollarini evroga sotilishiga zarurat tugildi. Frantsiya tomoni o’z rejasini ikki yo’l orqali amalga oshirishi mumkin:

  1. o`zbek flrmasi tomonidan 2 oyda kelishi kutilgan summa kelib tushishini kutib, kelib tushganidan so’ng, spot-kurs bo’yicha mablag’larni sotish.

  2. qat’iy belgilangan hozirgi kurs bo’yicha 1 mln. AQSH dollarini sotish haqida 2 oydan keyingi sanada yetkazish sharti bilan bitim tuzish.

Forvard bitimi - bu, ma'lum sanada aniq miqdordagi valyutalarni sotib olish yoki sotishning, yoki kelajakda aniq ikki sana orasida bajarilishi qat’iy majburiyat ekanligi ma'lum. Biroq, agar mijoz forvard bitimini bajara olmay kolsa, nima bo’ladi? Masalan, import qiluvchi quyidagi salbiy holatlarga duch kelishi mumkin, ya'ni:

  • mol yetkazib beruvchi tovarlarni talabga muvofiq yetkazib berishga imkoniyati yuk, shuning uchun, import qiluvchi tovarlarni qabul qilishdan voz kechadi va ularga xak
    to’lashdan bosh tortadi;

  • mol yetkazib beruvchi yetkazib keltirishlar miqdorini qisqarganidan kelib chiqib, kutilganidan kamroq tovarlarni junatdi. Shuning uchun, import qiluvchi ularga
    kamroq xak to’laydi;

  • aytaylik, mol yetkazib beruvchi belgilangan muddatdan kech qoldi, shuning uchun, import qiluvchi tovarlarga xakni biroz kechrok to’lashi mumkin.

Bu jihatlarning har birida import qiluvchi bankdan chet el valyutasini sotib olish istagi yo’q. Lekin, forvard valyuta bitimi shartlari bo’yicha, u sotib olishga kelishgan. Shu bilan birga, eksport qiluvchi ham shunday holatga tushishi mumkin: yo umuman to’lovni olmasligi, yoki bir muddat kechikishlar bilan katta yoki kichik summada olishi mumkin. Bunday sharoitda eksport qiluvchi forvard valyuta bitimida ko’rsatilgan shartlarni bajara olmasligi, xususan, o’z bankiga chet el valyutasining barchasini yoki ma'lum qismini sotish imkoniyati bo’lmasligi mumkin. Bunday holatda bank pozitsiyasi quyidagichadir: agar mijoz forvard valyuta bitimi shartlarini bajara olmay kolsa, bank uni mazkur shartlarni bajarishga undaydi va:
a) agar mijoz bank bilan valyutani sotish haqida bitim tuzgan bo’lsa, lekin,u mazkur valyutani bankka yetkaza olmasa, u holda bank:

  • valyutani mijozga spot kurs bo’yicha sotishi (bitimning bajarilish muddati kelganda);

  • forvard valyuta bitimi shartlari bo’yicha qaytadan valyutani sotib olishi mumkin.

b) agar mijoz bank bilan valyutani sotib olish haqida bitim tuzgan bo’lsa, u holda bank:

  • ko’rsatilgan miqdordagi valyutani "forvard" kursi bo’yicha mijozga sotishi;

  • tezda zarur bo’lmagan valyutani qaytadan "spot" kurs bo’yicha sotib olishi mumkin.

Natijada, bank mijozga etishmayotgan valyutani "spot" kurs bo’yicha sotib olib yoki sotib, forvard valyuta bitimi bajarilishiga imkoniyat yaratadi. Bu kelishuvlardan forvard valyuta bitimini so`ndirish sifatida foydalaniladi. Forvard valyuta bitimini so`ndirishda bank odatda mijozning joriy hisobrakamida bir yozuv olib boradi, unda ikki bitim o’rtasidagi farq aks etadi. Bu yozuv debitli yoki kreditli qoldiqka ega bo’lishi mumkin, chunki "forvard" kursi va "spot" kursi o’rtasidagi farq yo zarar, yo daromad keltirishi mumkin. Sundirish jarayonini quyidagicha aniqlanadi. Sundirish - forvard valyuta bitimini tugallashdir, agar bitimning boshqa qatnashchisi mazkur bitim bo’yicha o’z majburiyatlarini bajara olmasa, yoki bajarishni istamasa, amalga oshiriladi. Sundirish to’liq yoki qisman amalga oshirilishi mumkin.
To`liq so`ndirish mijoz tomonidan quyidagilar aniqlanganda amalga oshiriladi:

  1. u bitim bo’yicha bankka sotishi kerak bo’lgan valyutani ololmay qolganda;

  1. bitim bo’yicha bankdan sotib olishi shart bo’lgan chet el valyutasiga endilikda ehtiyoj sezmaganda.

Bank qisman so`ndirishni mijoz tomonidan quyidagilar aniqlanganda amalga oshiriladi:

  1. u bitim bo’yicha bankka sotishi kerak bo’lgan valyutaning to’liq summasini ololmay qolganda;

  2. bitim bo’yicha bankdan sotib olishi shart bo’lgan chet el valyutasining hammasiga ehtiyoj sezmaganda.

Forvard bitimlarini uzaytirishda quyidagi holat vujudga kelishi mumkin: forvard valyuta bitimi o’z nixoyasiga etmoqda, birok, mijoz xorijiy xaridordan yoki xorijiy sotuvchidan to’lovga kutilayotgan valyutani xali olmagan bo’lishi mumkin. Mijoz forvard valyuta bitimida kelishilgan miqdordagi valyutani xali sotib olish yoki sotish niyati bor, lekin u mazkur bitimdagi valyutaning yetkazib berilish vaqtini uzaytirish niyati bor. Bunday holatda mijoz quyidagilami amalga oshirishi mumkin:

  1. spot bitimiga muvofiq, bankdan eski bitimni so`ndirishni surashi va oddiy yo’l orqali hisoblangan qo’shimcha davrning kursi bo’yicha yangi bitim tuzishi mumkin;

  2. bankdan ushbu bitimdagi sotib olish va sotishning bank kurslarini o’zgartirib, bitimni uzaytirishni surash.

Shunday qilib, forvard valyuta bitimini uzaytirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin, degan savol tug`iladi.
a) forvard valyuta bitimini so`ndirish singari bank o’zining tashqi valyuta bozoridagi pozitsiyasini himoya qiladi va shuning uchun:

  • agar birlamchi forvard valyuta bitimi bank tomonidan valyutani sotishga
    yo’naltirilgan bo’lsa, endi u sanani uzaytiruvchi o’zining spot xarid kursini qo’llaydi;

  • agar birlamchi forvard bitimi bank tomonidan valyutani xarid qilishga yo’naltirilgan
    bulsa, endi u sanani uzaytiruvchi o’zining spot sotish kursini qo’llaydi.

Bank odatda, bitim muddatini uzaytirayotganda mijozning joriy hisobvaragida "forvard" kursi bilan yopilish "spot" kursi o’rtasidagi farqni milliy valyutada qayd qilib boradi, ya'ni mijozning hisobvaragi foydali bo’lganda kreditlanadi, va zararli holat kuzatilganda debitlanadi;

  1. forvard valyuta bitimini uzaytirish so`ndirishga qaraganda quyidagilar bilan ajralib turadi, bunda bank mijoz bilan oddiy forvard bitimidan farqli o’laroq, mijozga makbul bo’lgan kurs bo’yicha yangi forvard bitimini imzolaydi.

Bu quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
bank tomonidan valyutani sotish muddatini uzaytirish kurilayotganda, "spot" kurs
bo’yicha xarid qilish va joriy mukofot yoki diskont bo’yicha sotishni qo’llash;
bank tomonidan valyutani xarid qilish muddatini uzaytirish kurilayotganda, "spot"
kurs bo’yicha sotish va joriy mukofot yoki diskont bo’yicha xarid qilishni qo’llash.
Bu yana "diagonal qoida" sifatida mashhurdir, ya'ni forvard bitimi uzaytirilayotganda forvard kursi quyidagicha aniqlanadi:
Sotishning spot kursi Xaridning spot kursi

Sotishning mukofot yoki diskonti Xaridning mukofot yoki diskonti

Agar ushbu qoida xali unchalik darajada tushunarli bo’lmasa, forvard valyuta bitimi kursini quyidagicha aniqlash mumkin:
a) agar bu bitim bank tomonidan sotishni (va mijoz tomonidan sotib olishni) nazarda tutsa:

  • muddatni uzaytirish sanasiga bankning spot xarid kursi (bitim muddati
    uzaytirilmaganda, bankning bitimni so`ndirish kursi);

  • bitim muddatini uzaytirish davrida (masalan, agar bitim bir oyga uzaytirilgan bo’lsa,
    unda sotish kursiga forvard diskonti hisoblaniladi yoki mukofot kushiladi) bankning
    sotish kursiga minus diskont (yoki sotish kursiga plyus mukofot).

b) agar bu bitim bank tomonidan sotib olishni (va mijoz tomonidan sotishni) nazarda tutsa:

  • muddatni uzaytirish sanasiga bankning spot sotish kursi (bitim muddati uzaytirilmaganda, bankning bitimni so`ndirish kursi);

  • bankning xarid kursiga minus diskont yoki bitimni uzaytirish davriga plyus
    mukofot. Ta'kidlash lozimki, forvard bitimini uzaytirishda bank mijozga bitimni
    so`ndirishga, ya'ni "diagonal qoida"ga nisbatan ancha qulay ayirboshlash kursini
    taklif qiladi.

Moliyaviy fyuchers bitimlari. Moliyaviy fyuchers bitimlari o’tgan asrning 70-yillarida xalqaro valyuta bozorida birinchi bor qo’llanilganligining o’zidayoq, keng tarqaldi. Moliyaviy fyucherslar kontseptsiyasi xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlaridan keladigan foydaga asoslanadi. Andoza hajmidagi va miqdoridagi har qanday mahsulotlar fyucherslar birjasida oldi-sotdi ob'ekti sifatida qatnashishi mumkin. Agar qandaydir bir mahsulot fyuchers operatsiyasining ob'ekti hisoblansa, tasavvur qilish mumkinki, bunday operatsiyani evro, funt sterling yoki shveytsariya franki bilan o’tkazish osonrok hisoblanadi.
Shuni aytish mumkinki, aloqa tizimining doimiy ravishda takomillashishi, bitimlar tuziladigan joy -ma'lum bir mahsulotlarni yoki shartnomalar sotiladigan va xaridqilinadigan o’rta asrlarni eslatuvchi o’ziga xos aylanma savdo rastalari mayjud bo’lgan katta operatsion zalni eslatadi. Va operatsiyalar, faqatgina, operator xodimlarning ularga maxsus belgilangan joyda turgan holatlarda amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, shartnomalarni sotish va sotib olish vaqtida oddiy bakirik-chakiriklar orqali ham amalga oshiriladi. Va, turli birjalarda ish turlicha bo’lsada, umumiy ma'lumot uchun faqatgina bitimlar bo’yicha to’lov muddati va stavkalari haqida chegaralangan ma'lumotlar beriladi.
Faol bozorda alohida bitimlar yoki bitimlarning kichik guruhlari ommaga ma'lumot tariqasida yetkazilmaydi, chunki stavkalar juda tezlikda o’zgaruvchi tavsifga egadir. Yuqorida ta'kidlanganidek, valyuta kurslari bo’yicha fyucherslar - bu kelajakdagi ma'lum bir sanaga ma'lum hajmdagi valyutani oldi-sotdi qilish bitimidir. Bu jihatlari bilan ular forvard valyuta bitimlariga uxshaydilar, birok, forvard bitimlaridan farqli o’laroq, ular:
a) juda oddiy tarzda bekor qilinadi;
b) valyutani qat’iy belgilangan summasiga tuziladi (masalan, AQSH dollariga fyuchers bo’yicha 25000 funt sterling, AQSH dollariga fyuchers bo’yicha 125000 evro va h.k.);
v) rasmiy birjalarda sotiladi;
g) fyuchers sotuvchilari fyuchers majburiyatlari bajarilishini kafolatlash uchun birja dilerlariga "pullik marja"ni to’lashni ko’zda tutishlari kerak.
Muvofiklashgan hisob-kitob kuni bitimni tartibga solishda o’ziga majburiyat oluvchi va birja tomonidan beriladigan kafolat tizimi - marja tizimi (kafolatga a'zolik badali)ni amal qilishiga yangi kuch bermoqda. Bitimning tugallanishigacha qayta baholanish natijasida yuzaga keluvchi taqchillikni qoplashga kiritilishi lozim bo’lgan marja tizimi - kafolatning a'zolik badali ta'minlaydi. Masalan, xalqaro valyuta bozorida 25000 evro miqdorida bitimni tuzish uchun sotuvchi tomonidan ham, xaridor tomonidan ham, agar faqat ular qayta bitimni amalga oshirmagan bo’lsalar, 1500 AQSH dollari miqdorida kafolatga a'zolik badalini kiritish talab etiladi. Quyida sotuvchi va xaridor tomonidan valyuta fyuchersi bo’yicha birjada marja o’zgartirishlari kiritilishi misolini ko’rib chikamiz.
Misol: Birjaning a'zosi hisoblangan xaridor dekabr oyida 25 000 funt sterling miqdoridagi iyuchers bitimini 2 AQSH dollari kursida bajarilishini sotib olmoqda (uchinchi chorshanba yoki keyingi birinchi ish kuni). Demak, bitim qiymati - 50000 AQSH dollarini tashkil etadi. Xaridor birjaga birjaning a'zosi hisoblanayotgan o’z agenti orqali 1500 AQSH dollari miqdoridagi marjani kiritadi. Birja har kuni kechqurun barcha bajarilmagan bitimlarni oxirgi kurs bo’yicha qayta baholashni amalga oshiradi. Agar shu kuni kechqurun funt sterling kursi 1,98 dollargacha tushib ketsa, tabiiy ravishda xaridor 500 AQSH dollari miqdorida zarar ko`rishi mumkin edi. Birja bu holatda undan marjani oshirishni talab kilmaydi, chunki uning zararlari hajmi kiritilgan marjadan oshmaydi. Bu o’tkazma marja deyiladi: funt sterling holatida bu 1000 dollardir. Biroq, agar funt sterling 1,95 AQSH dollarigacha qadrsizlansa, va bitim faqatgina 48750 dollar tursa, xaridor birjaning keyingi ochilish kuniga 1000 AQSH dollari hajmi darajasini tiklashi uchun yana 250 dollar kushishi kerak. Teskari ravishda, agar har kungi qayta baholash vaqtida foyda (daromad) tashkil topsa, unda 1000 AQSH dollari hajmidagi minimal marja saqlangan holda, ortiqchasi xaridorga o’tkaziladi. Shunday qilib, har kunlik asosda bajarilmagan bitimlarni qayta baholashda, marja tizimi, shu vaqtning o’zida daromad olish va zararlarni qoplashni ta'minlash uchun kafolat badalining hajmi moslashtirilishini amalga oshiradi. Ta'kidlash lozimki, bu Chikago fyuchers birjasida amal qilayotgan marja tizimi ishlashini operatsiya o’tkazishni istagan qisqacha ko’rinishidir. Birjaga a'zo bo’lish yoki birjada operatsiyalami amalga oshirish istagini bildirgan har qanday tomon birjada bitimlarni amalga oshirishning huquqiy va amaliy jihatlari bilan tanishishi lozim. Yana shuni hisobga olish kerakki, tashkilot yoki rasmiy shaxs nomidan birjada qatnashayotgan birja a'zosi o’zining birjaga birinchi kiritgan marjasidan ko’proq marjani talab etishi mumkin. Bunga sabab, har kuni marjaga kerak bo’lgan mablag’ni surab, tashkilotni bezovta kilmaslikdir. Bu asosan, bozor nixoyatda tez o’zgaruvchan va nobarqaror holatda bo’lganida namoyon bo’ladi.
Mazkur bitimlar mohiyatini quyidagi misol yaqqolrok namoyon etadi: broker mijozdan 1 doll./2 evro nisbatida AQSH dollariga 20000 evro sotib olish uchun uch oylik fyuchers bitimini tuzishga buyurtma oldi. Broker mijozning mablag’lari hisobiga xarid summasiga nisbatan 10 foiz hajmda kafolat summasini kiritadi. Bu summa 2000 evroni tashkil etadi. Broker boshqa bir brokerdan 1 sentyabrda uch oylik fyuchers bitimini 1 dekabrda bajarilish muddati bo’yicha sotib oladi, ya'ni broker pozitsiya ochdi. Fyuchers bitimlari foyda yoki zararlar hisobini quyidagi formula orqali amalga oshiradi:
Fyuchers bitimida valyutani xarid qilish:
P=V(R$-Rb)
bu erda,
R-marjaning hajmi (foyda/zarar);
V- fyuchers bo’yicha bitim hajmi;
R$ - pozitsiyani so`ndirish kunida valyuta birjasida kotirovka qilinayotgan AQSH dollari kursi (fyuchersni sotish);
Rb- fyuchers bitimi bo’yicha valyutaning AQSH dollariga chet el valyutasini xarid qilish kursi.
Fyuchers bitimida valyutani sotish :
P=V(Rs-R$)
bu erda, Rs - fyuchers bitimi bo’yicha AQSH dollarini valyutaning fyuchers kursi bo’yicha sotish.
Birjadagi savdolar jarayonida dollarning kursi quyidagini tashkil etdi:
1.09.02 y. doll./evroga spot kursi=2,0010 evro pozitsiyani so`ndirish kuni
Marja= (2,0010-2,0000)*20000=20 evro, ya'ni 20 evro foyda
2.09.02 y. doll./evroga spot kursi = 2,0005 evro pozitsiyani so`ndirish kuni
Marja=(2,0005-2,0010)*20000=-10 evro, ya'ni 10 evro zarar
3 sen. doll./evroga spot kursi = 2,0020 evro pozitsiyani so`ndirish kuni
Marja=(2,0020-2,0005)*20000=30 evro, ya'ni, 30 evro foyda.
Ish kuni oxirida pozitsiyani so`ndirish vaqtida fyuchers bitimi qayta baholanadi. Broker fyuchersni bajarilish kunigacha ushlab turdi. Bajarilish kuni fyuchers banklararo valyuta bozorida spot kotirovka kursi bo’yicha sundiriladi:
AQSH doll, /evro 2,0100
Fyuchersni xarid qilgan brokerning foydasi quyidagichadir:
R=(2,0100-2,0000)*20000=200 evro
Shu bilan birga, u o’zining 2 000 evro hajmidagi kafolatlangan a'zolik badalini qaytadan oldi.
Fyuchersni sotgan brokerning zararlari quyidagichadir:
R=(2,0000-2,0100)*20000 evro = -200 evro.
U kafolatlangan a'zolik badalini 1 800 evrodagi qismini (2.000-200) qaytadan oldi.
Fyucherslar birinchi bo’lib Chikagoda paydo bo’lgan kichik chayqovchilarga bozorga chiqishga instrument bo’lib xizmat qilgan va yillar o’tgan sari uning ishtirokchilari soni o’sish an'anasiga ega bo’lmoqda. Shunga qaramay, valyuta fyucherslari tizimi hisobida egiluvchanlik bo’lmasada, ular jahon valyuta bozorlarida forvard bitimlarini ikkinchi darajaga tushira olmaydi. Moliya fyucherslari bo’yicha barcha kamchiliklar, yutuqlar va kafolat majburiyatlari yuqorida qayd etildi.
Bitta bitim yoki bir qancha bitimlar soni ko’p bitimlarga nisbatan tezrok sotilishi mumkin. Yirik bo’lmagan operatorlarda yana bir ustunlik bor. Bozor munosabatlari sharoitida bitta bitim yoki kichik bir summa stavkasi farq kilmaydi.
Valyuta optsioni. Valyuta optsioni uning xaridoriga ma'lum bir huquqni beradi, ayni paytda, uning zimmasiga kelajakdagi ma'lum muddatda belgilangan narx bo’yicha xorijiy valyutaning muayyan miqdorini xarid qilish yoki sotish majburiyatini yuklamaydi. Optsionni sotuvchi xaridor oldida kelajakdagi muayyan muddatda qat’iy belgilangan narx bo’yicha muayyan miqdordagi xorijiy valyutalarini xarid qilish va sotish majburiyatlarini o’z zimmasiga oladi. Optsion shartnomasining tuzilishi har qanday oldi-sotdi savdo bitimi singari sotuvchi va xaridorning mavjud bo’lishini ko’zda tutadi. Optsion xaridori (shuningdek, optsion egasi deb nomlanadi) ushbu operatsiyani amalga oshirish huquqini olish evaziga belgilangan miqdordagi pulni - vositachilik haqini to’laydi. Optsion oldindan belgilangan muddatgacha kuchga ega bo’ladi. Ushbu muddat ekspiratsiya sanasi deb ataladi. Optsion turli xil turdagi tovarlar uchun (er, kuchmas mulk, chet el valyutasi, qimmatli qog’ozlar va fyuchers kontraktlari), tuzilishi mumkin. Shuningdek, u tovarni amalda yetkazib berilishini ko’zda tutmasligi mumkin (bunday optsionga «hisob-kitob» optsioni deyiladi).
Valyuta optsioni birinchi marta 1982 yili Filadelfiya birjasida amalga oshirilgan edi. Shundan so’ng, valyuta optsionlari bilan savdo jahonning ko’plab birjalarida amalga oshirila boshlandi. Optsiondan investitsiya portfelining muhim elementi va sug’urtalashning samarali usuli sifatida foydalanish uchun uning qanday ishlashini bilish lozim.
Optsionlarning quyidagi ikkita asosiy turi mavjud:

  • «koll-optsion» yoki xarid qilish uchun optsion;

  • «put-optsion» yoki sotish uchun optsion.

Koll-optsionning xaridori oldindan belgilangan narx bo’yicha muayyan tovarni sotish huquqiga ega bo’ladi. Ushbu «huquq» xaridorga aniq tovarni sotib olish yoki sotish uning uchun foyda keltirmaydigan bo’lgan holda undan voz kechish imkoniyatini beradi. Masalan, koll-optsionning xaridori 1 AQSH dollariga 80 so’m nisbatdagi kurs bo’yicha 100 AQSH dollarini sotib olish huquqiga ega bo’ladi. Put-optsionning xaridori esa, xuddi usha shartlarda oldindan belgilangan muddatda, masalan, joriy oyning 30 sanasiga qadar ushbu narxlar bo’yicha AQSH dollarini sotish huquqiga ega. Optsionning sotuvchisi koll-optsion holatida optsionni bajarishi, ya'ni sotishi lozim. Put-optsion holatida esa, optsion xaridori buni talab kilsa, muayyan tovarni sotib olishi shart, «hisob-kitob» optsioni bajarilgan holda foyda (zararlar) pul shaklida hisoblanadi.
Optsionni amal qilishi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish va optsion strategiyalarini tahlil qilish foyda(zararlar) diagrammasidan foydalaniladi. Ushbu diagrammalar bu optsion yoki bir necha optsionlar (optsionlar portfeli) tovarlarga har xil narx qo’yilgan vaqtda qancha foyda (zarar) keltirishi mumkinligini ko’rsatadi. 1 AQSH dollari uchun 1200 ros.rubli nisbatidagi kurs bo’yicha valyuta sotib olingan yoki sotilgan holatda foyda va zararlaming o’zgarishi 2-chizmada ko’rsatilgan.

Abstsissa o`qi bo’yicha AQSH dollarining vujudga kelishi mumkin bo’lgan kursi ko’rsatilgan. Ordinat o`qi bo’yicha esa, valyutani xarid qilish va sotish operatsiyasi keltirishi mumkin bo’lgan foyda va zararlar aks ettirilgan. Ikkinchi diagrammada AQSH dollari kursi 10 bandga oshgan holatda investor har bir xarid qilingan dollar uchun 10 rubl foyda ko`rishi, kurs 10 bandga tushganda esa, har bir dollar uchun tegishli ravishda 10 rubldan ziyon ko`rishini aks ettirgan.


Valyuta optsionlari valyuta riskini kamaytirish va oldini olish maqsadida foydalaniladi va ulardan quyidagi hollarda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • valyuta tushumi (to’lovi) ning vaqti va miqdori aniq bo’lmaganda. Agar bitim amalga oshmasa, optsion bozorda sotilishi (agar uning qandaydir bir qiymati bo’lsa)
    mumkin, yoki daromad bilan bajarilishi (agar bajarilish narxi «spot» kursga nisbatan
    ancha muvofiq bo’lsa) mumkin;

  • chet el valyutasida baholangan tijorat taklifi hisoblangan xorijiy shartnomani
    rag’batlantirish uchun;

  • chet el valyutasidagi o’z mahsulotlarining narx-navosini chop etishda;

  • narxga nisbatan uta sezgir bo’lgan eksport va import tovarlarini himoya qilishda.

Agar ayirboshlanish kursining yaxshi tomonga o’zgarishi yuz bersa, optsion import qiluvchi (eksport qiluvchi) undan daromad olish imkoniyatini tugdiradi (bunda u forvard valyuta bitimlaridan import qiluvchi(eksport qiluvchi)ning qat’iy belgilangan kursga bog’lanib qolishining oldini oladi). Bu shuni anglatadiki, daromad import qiluvchi (eksport qiluvchi)ning mijozlariga tayinlangan narxlarda aks etadi.
Kompaniya ma'lum bir belgilangan valyutaning holatini (riskini) bilmasdan chet el valyutasini sotish haqida forvard valyuta bitimi tuzmaydi. Masalan, Malibu kompaniyasiga Germaniyada evroda tayinlangan narx bo’yicha bitim tuzish taklif etilgan. Malibu kompaniyasi taxminicha, bitim 1850000 funt sterling qiymatida turadi. Bu bitimga takliflarning ko’pligi va raqobatning kuchliligini e'tiborga olib, kompaniya bu bitimni 2 mln. funt sterlingga baholadi. Bitim vaqtida 1 funt sterling 2,80 evroni tashkil etishini hisobga olib, u 5600000 evro miqdoridagi takliihi o’rtaga tashlaydi. Bitim olti oy muddatdan oldin tuzilmaydi.
Shuningdek, optsionlarning amerika va evropa turlari mavjud.
Amerika optsioni deb, odatda, optsionni harakat muddatini hohlagan vaqtida bajarilishiga aytiladi. Shuning uchun, optsionni harakat muddati uning birinchi va oxirgi hisob-kitob sanasi orasida o’rnatiladi.
Yevropa optsioni deb, odatda optsionning faqat hisob-kitobning ma'lum bir oxirgi aniq davrida bajarilishiga aytiladi. Optsion bitimi bo’yicha hisob-kitobni amalga oshirish uchun ikki ish kuni olinadi va shuning uchun, valyuta optsioni uning egasi tomonidan hisob-kitob ko’zda tutilgan kundan ikki kun oldin bajarilishi shart. Masalan, agar optsion egasi uni bajarilishini istasa, evropa optsioni hisob-kitob sanasigacha ikki kun oldin bajarilishi shart.
Valyuta optsionlari turli moliya institutlarida rasmiylashtirilishi mumkin:

  1. ular bankning mijozlari uchun yoziladi - birjadan tashqari optsionlar;

  2. ularni optsion birjalaridan sotib olish mumkin - birja optsionlari.

Birjadan tashqari optsionlar odatda bank tomonidan ishbilarmon mijozga mos keluvchi tijorat shartnomasiga yoziladi. Ular mijozning talabidagi summasi, bahosi (ya'ni, ayirboshlash kursi) bilan birga, uning bajarilish sanasiga ham aniq moslashtirilgandir.
Bu turdagi optsionlarning eng asosiy kamchiligi - ular muomalasining yukligi hisoblanadi. Mijoz optsionni bajarilish sanasigacha ushlab turishi yoki uni bajarishi, yoki uning muddatini o’tib ketishiga yo’l kuyishi kerak.
Birja optsionlari - bu valyuta optsion bitimlarining jamlangan summasi va vaqtning davriy yig’indisidir.
Bitimni bajarilish sanasi va summasi birjadan birjagacha o’zgaradi, lekin, masalan, Filadelfiyada har bir sterling bitimining bajarilish bahosi (ayirboshlash kursi) 12 500 funt sterling summasida tuziladi va mart, iyun, sentyabr va dekabrdagi muddatiga besh tsent ulchamida kotirovka qilinadi.
Bu optsionlarni muomaladaligi o’zining orqasidan quyidagicha katta extimollikni olib keladi, bunga muvofiq savdoning asosiy hajmi mos keluvchi tijorat bitimlarida qayd qilinmaydi, balki chayqovchilik tusiga egadir. Koida bo’yicha, bu kabi optsionlarda buyurtmaga nisbatan narxlarning diapozoni nisbatan kamroqdir. Birja optsionlarining kamchiligi bo’lib, uni tugallash va kerakli summani aniq "moslash"ni iloji yukligi hisoblanadi.
Valyuta optsionlarining ommabopligi o’sib, undan foydalanish borgan sari kengayib bormoqda. Banklar o’z mijozlariga ularni sotishda faol qatnashishga harakat qiladilar.
Lekin, valyuta optsionlarining quyidagi kamchiliklari mavjuddir:

  1. Baho. Valyuta optsionlari kompaniyalarni nafaqat yomon holatlardan, xatto, valyuta risklaridan ham himoya qiladi, balki ularga valyuta kurslarining "ijobiy" o’zgarishidan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu xizmat suzsiz qimmatli hisoblanadi. Mukofotning bahosi valyuta bilan koplangan umumiy summaning 5 foiz atrofini tashkil qiladi, shunday bo’lsada, summaning aniqligi kutilayotgan kursning ayirboshlanishi o’zgarishiga bog’liqdir.

  2. "Oldindan" to’lovning zarurligi. Valyuta optsion-lari uning tuzilish vaqtida to’lanadi. Bu barcha kompaniyalarga yokmaydi, chunki ular optsionni amalga oshirishni istasalar ham, ular har doim naqd pulga ega bo’lmaydilar.

v) Savdo optsionlarini barcha valyutalarga nisbatan olib bo’lmaydi, shunday bo’lsada, birjadan tashqaridagi optsionlar har qanday erkin konvertirlanadigan valyutaga erkin tarzda sotiladi.
g) Birjadan tashqari optsionlarning muomalasi mavjud emasligi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, muddatli operatsiyalar tijorat banklari uchun risk darajasi kam hisoblanadigan operatsiyalardan biri hisoblanadi. Chunki, ular mazkur operatsiyalarni xejerlashlari, ya'ni sug’urta qilish imkoniyatiga egadirlar.

4. XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDA VALYUTA RISKINI BOSHQARISH
Bozor iqtisodiyoti korxona, jamoa tashkilotlari, kooperativlar, banklar va fukarolarga tashqi iqtisodiy faoliyatni va valyuta xo’jaligini mustaqil tarzda amalga oshirish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Xech kimga sir emaski, bozor iqtisodiyoti risk bilan bog’liq. U bilan bankirlar ham, tadbirkorlar ham, aholi ham tuknashadi. Biroq, ko’pgina hollarda riskni kamaytirish, oldini olish, va xattoki undan kochish mumkin. Moliyaviy risklarni kamaytirishda banklar muhim o’rin tutadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning qayta qurilishi, xalqaro aloqalarning kengayishi bevosita tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiq ravishda o’zgartirishlarini takozo etadi. Ularning xo’jalik faoliyatlariga valyuta kurslarining tebranishi sezilarli ta'sir ko’rsatadi.
Bank tizimini erkinlashtirish, alohida olingan korporativ banklar faoliyatini universallashtirish sharoitida, alohida olingan bank risklarini hisoblash va baholash muammosi amaliy ahamiyatga egadir. Shu sababli, tijorat banklari faoliyatida doimo uchrab turadigan valyuta risklari xususida tuxtab o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Valyuta risklarining mavjudligi - valyuta bozorlarida valyuta operatsiyalar amalga oshirilishi, transmilliy korxonalarni barpo etish orqali, bank operatsiyalari bozori baynalmilallashuvi, shu jumladan, ular faoliyatini diversifikatsiyalash bilan bog’liq.
Shu sababdan, riskka bir qator omillar sezilarli ta'sir ko’rsatadilar. Bularga misol qilib, geografik, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, demografik va boshqa omillarni ko’rsatish mumkin.
Valyuta riski deganda, tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayirboshlash kurslari o’zgarishidan yoki boshqa turli valyuta operatsiyalari amalga oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar (yoki daromad olish) tushuniladi. Valyuta risklari yuzaga kelishining asosiy sababi - valyuta kurslari o’zgarishi hisoblanadi. Bunday o’zgarishlar hamma shaxslarga: ishbilarmon firmalar va davlat tuzilmalariga ham ta'sir ko’rsatadi. Ko’pgina hollarda, ularning faoliyati eksport-import operatsiyalari bilan bog’liq va shu sababli, kreditorlar va qarz oluvchilar, investorlar va chayqovchilar, xo’jalik sub'ektlari o’z bizneslarini milliy valyutaga nisbatan xorijiy valyutalarda amalga oshirishni ma'kul ko’radilar.
Valyuta riskiga - tashqi savdo, kredit, valyuta operatsiyalari, hamda fond va tovar birjalarida amalga oshirilayotgan operatsiyalarda, milliy valyuta kursiga nisbatan xorijiy valyutani kursi o’zgarishi bilan bog’liq valyuta yo’qotishlari xavfi kiritiladi.
Valyuta riskining hajmi, valyutaning sotib olish qobiliyatining pasayishi bilan bog’liq, shu sababli u bitim imzolangan va to’lovni amalga oshirish muddati o’rtasidagi vaqt oralig’ining farqiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Eksport qiluvchi (sotuvchi) uchun kursdan yo’qotishlar to’lov valyutasi kursini tushishigacha bo’lgan muddatda bitim imzolab qo’ygan bo’lsa yuzaga keladi, chunki olingan tushum mablag’lariga eksport qiluvchi kamroq milliy pul mablag’larni olishi mumkin. Import qiluvchi (xaridor) esa, baho valyuta kursi oshishidan zarar ko`rishi mumkin, chunki xarid qilib olishi uchun, endi ko’proq milliy valyuta mablag’larini xarajat qilish lozim bo’ladi.
Xalqaro amaliyotda yuzaga keladigan har qanday risk eksport qiluvchi (sotuvchi)ning buyniga tushadi.
Milliy moliya bozorlarida risklarni ma'lum bir sezilarli miqdorda taxmin qilish mumkin. Hududiy va xalqaro moliya bozorlarida esa, bundan farqli o’laroq, risk darajalarini taxminlashtirish sezilarli darajada mushkul hisoblanadi.
Valyuta riskini uch turga bo’lish mumkin:

  1. Pul o’tkazishda yuzaga keladigan risk - xorijiy valyutada ifodalangan (misol uchun, xorijdagi filialning hisobotlari) flrma yoki bankning moliyaviy hisobotlari natijalarini milliy valyutaga o’tkazish (misol uchun, flrmaning moliyaviy hisobotlarini jamlash vaqtida);

  2. Tranzaktsiya (bitimlar) riski - to’lovni kelajakdagi bir sanada amalga oshirishda, milliy valyuta qiymatining yoki bitim daromadliligining noaniqligini aks ettiradi. Bunga misol qilib, import qiluvchiga kredit taqdim etilgan holda, import qiluvchi valyutasida tovarlarni eksport qilishi uchun xizmat qiladi;

  3. Iqtisodiy risk - kelajakda valyuta ayirboshlash kurslarining o’zgarishi natijasida, xorijiy valyutada ifodalangan firma aktiv va majburiyatlarining milliy valyutadagi qiymatining o’zgarishidir. Bunga misol qilib, flrmaning xorijiy bo’linma va filiallarining aktivi va majburiyatlarini ko’rsatish mumkin.

Pul o’tkazishda yuzaga keladigan risk - bu hisob-kitob amaliyotida yuzaga kelib, xorijiy valyutada ifodalangan firma yoki bankning aktiv va majburiyatlarining milliy valyutaga o’tkazishda, davriy ravishda ayirboshlash kursining o’zgarib turishidir. Agarda, milliy valyutada ifodalangan xorijiy valyuta qimmatlashsa, u holda firma yoki bankning xorijiy valyutadagi aktivlari, majburiyatlari va mol-mulki ham, milliy valyutaga nisbatan qiymat jihatidan oshadi. Xorijiy valyuta ayirboshlash kursining qadrsizlanishi yuqoridagi holatning aksi bo’lib chiqadi.
Tranzaktsiya (bitimlar) riski to’lashga yo’naltirilgan yoki to’lovga qabul qilingan xorijiy valyutada ifodalangan hisob bilan bog’liq moliyaviy riskdir. Ayirboshlash kursi tranzaktsion ko’rinishga tegishli ravishda xejerlash (sug’urtalash) orqali barham berilmagunga kadar, firmaning daromadiga, milliy valyutada to’lovlarni qabul qilish va to’lash o’zgarishiga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir qiladi. Barqaror siyosatni amalga oshirish maqsadida, tijorat banklari doimiy ravishda o’z mijozlaridan ayirboshlash kursining kutilmagan o’zgarishlaridan yuzaga keladigan zararlarning oldini olishi uchun, ularni xejerlashni tavsiya qiladilar.
Banklar o’z mijozlari qatori risklarni minimallash-tirish manfaatini ko`zlaydilar. Foiz risklari holatida xalqaro banklar va firmalar, odatda, ayirboshlash kursining taxminlashtirishga juda ko’p vaqtlari va harakatlarini sarflaydilar. Ayirboshlash kurslarini taxminlashtirish milliy (ichki) foiz stavkalarini baholashdan ancha murakkab hodisa ekanligini isbotlab berdi. Bunga asosiy sabab bo’lib, har qanday davlatda ichki foiz stavkalariga nisbatan, ayirboshlash kurslarining juda ko’p miqdordagi murakkab o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega ekanligidir.
Ayirboshlash kurslari va foiz stavkalarini taxminlashtirishga kizikish, va o’z navbatida, xorijiy valyutalar pozitsiyasini «ochik» qoldirish (xejerlamaslik) korporativ xazinachilikda yuqori bo’lib turibdi, bu esa, ba'zida salbiy natijalarga olib keladi.
Tijorat banklaridagi valyutani ayirboshlash bo’linmalari ham, odatda ochiq pozitsiyalarni ushlab turishga harakat qilishadi: «uzun» pozitsiyani (xorijiy valyuta zahiralarini ko’paytirish) yoki «qisqa» pozitsiyani (xorijiy valyuta zahiralarini kamaytirish) qoldiradilar. Bu holat, odatda, bank iqtisodchisi yoki bosh valyuta dileri tomonidan tayyorlangan va yuqori raxbariyat tomonidan ma'qo’llangan «bog’liq» valyuta taxminlashtirishga asoslangan, maqsadli risklarni qabul qilishdir. Bu esa, o’z navbatida, bank uchun katta xatar keltiradi. Shunday qilib, valyuta savdosida bank menejmenti uchun eng samarali siyosat bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  1. mijozlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan tijorat tranzaktsiyalari (savdo bitimlari asosida bo’lgan) uchun valyuta bitimlarini cheklash;

  2. korporativ mijozlar tomonidan doimiy ravishda talab qilinadigan valyuta kassalari uchun overnayt amaliyotiga qattiq cheklovlar o’rnatish, hamda asosiy konvertirlanadigan valyutalar uchun limitlarni belgilash;

v) bankning valyuta savdosida aktiv bo’lgan barcha korporativ va boshqa mijozlar uchun, bankning ish vaqti va overnayt vaqtida, valyutani ayirboshlashga limitlar, shuningdek, ularning faoliyati ustidan monitoring o’rnatish.
Iqtisodiy risk - mazkur valyuta riskining uchinchi ko’rinishi bo’lib, multimilliy firma uchun eng muhim risk hisoblanadi va firmaning aktiv qiymatiga ayirboshlash kursi o’zgarishining uzoq muddatli ta'sirini ulchaydi.
Valyuta-iqtisodiy riskni ulchanishi mushkul vazifadir. Chunki, valyuta kursining o’zgarish samarasini bir vaqtning o’zida nisbiy inflyatsiya sur’atlari (uning asosida yotgan va har bir valyuta bilan bog’liq) pul oqimlariga ta'sirining oldini olish to`laqonli tahlilsiz mumkin emas.
Firmaga valyuta kurslari o’zgarishlarining iqtisodiy ta'siri, inflyatsiya sur’atlaridagi kurs o’zgarishlari farqlarining to’liq koplanganligiga bog’liq. Agar (narx nazoratiga, tangar siyosat o’zgarishiga va boshk.) haqiqiy valyuta kursi (uz navbatida, nisbiy narxlar) o’zgarsa, u holda nisbiy narxlar o’zgarishi oxir-oqibatda firmaning uzoq muddatli raqobatli riskini aniqlab beradi. Bunda qat’iy belgilangan valyuta kursi tartibi, suzib yuruvchi kurslar tartibiga nisbatan valyutaning katta raqobatli riskiga olib kelishi mumkin.
Shunday qilib, banklar har bir alohida amaliyot bo’yicha (valyuta kelishuvi, himoya kelishuvi, oltin kelishuvi, multivalyuta kelishuvi, kafolatlar qo’llanilishi, forvard bitimlari va svop bitimlari) valyuta risklarini tartibga solishda turli uslublarni qo’llash yo’li bilan, valyuta amaliyotlaridan zararlar riskini kamaytirishga harakat qilishlari zarur.
Valyuta kurslari o’zgarishlarini aniqroq prognozlash-tirish, valyuta risklarini sug’urtalash (xejerlash) dan foydalanish zarurdir.
Banklar barqaror siyosatni ishlab chiqishlari, ya'ni xorijiy valyutada barcha aktiv va majburiyatlar miqdori hamda muddatlariga limit o’rnatishlari hamda har bir alohida valyuta limitlari bo’yicha doimiy monitoring va davriy kuzatishni amalga oshirishlari zarur. Bunday siyosat bo’yicha kurilayotgan chora-tadbirlar va limitlar bankning kredit siyosatida mukammal belgilanishi shart.
Shuni ham qayd etib o’tish lozimki, hozirgi kunda vakolatli banklar valyuta amaliyotlarini qo’llash doirasini jahon tajribasiga muvofiq kengaytirishga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratishlari lozim. O’zbekiston valyuta bozorini erkinlashtirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini hisobga olgan holda, manfaatdor idoralarga xalqaro valyuta bozori faoliyat yuritish uslublarini dikkat bilan o’rganish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sirlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida, valyuta risklarini tartibga solish instrumentlarini qo’llashni kengaytirishlari kerak.
Hozirgi vaqtda, tijorat banklarining valyuta bozoridagi faoliyatini Markaziy bank tomonidan tartibga solinishi, bank tizimidagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish bo’yicha davlat organi bo’lib hisoblanadi.
Bu masalaning dolzarbligi, asosan, ko’pgina yirik vakolatli banklar aktivlarining asosiy qismini valyuta sohasiga yo’naltirilganligi, ya'ni xorijiy valyutadagi aktivlardan iboratligi bilan izohlanadi. O’zbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tamoyillari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga muvofiq, O’zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog’liq barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya'ni O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalarini o’tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo’lgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo’lgan tijorat banklari, vakolatli banklar hisoblanadilar.
Tijorat banklarining valyuta faoliyatlarini tartibga solishda ochiq valyuta pozitsiyasining yuritilishi haqidagi hisobot muhim vvin tutadi. Bu hisobot tahlil qilinishining zarurati, Markaziy bank tomonidan respublikadagi mavjud vakolatli banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishga qaratilgan siyosati bilan izohlanadi. Chunki, Markaziy bank tomonidan vakolatli banklarga chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalarga limit o’rnatiladi. Bu tartib bo’yicha bankning o’z mablag’lariga nisbatan 20 foizgacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor. Bir valyuta turi bo’yicha bu ko’rsatkich 5 foiz qilib belgilangan. Limit o’rnatishning asosiy sababi, vakolatli banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishdir. Chunki, vakolatli banklar barcha aktivlarini chet el valyutalariga kuysa, va bu valyutalarning kursi jahon valyuta bozorida tushib ketsa, bank aktivlari kamayishi va xatto bank bankrot bo’lishi mumkin (bu o’z navbatida, mamlakat iqtisodiyotining sekin-astalik bilan inqirozga yuz tutishiga olib keladi). Shuning oldini olish maqsadida, bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qilingan.
Valyuta pozitsiyasiga limit, har bir davlatda, uning iqtisodiyotining holati va mamlakatning moliyaviy tizimining o’ziga xosligidan kelib chiqib o’rnatilishi ma'lum. Quyida keltirilgan ma'lumotlar bunga yorkin dalil bo’ladi.
Dunyoning ayrim davlatlarida ochiq valyuta pozitsiyasi quyidagicha miqdorda belgilangan:

  1. Avstriya: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo’yicha kun davomida 30 foiz va umumiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 50 foiz qilib belgilangan.

  2. Xitoy: (1998 yil 31 yanvar holatiga) kun davomida moliya institutlari xorijiy valyutani oldi-sotdi qilishlarida kapitalga nisbatan 20 foiz hajmdan oshirmasliklari lozim. Shu bilan birga, kunning oxirida, ya'ni valyuta pozitsiyalarini so`ndirishda kapitalga nisbatan 1 foiz miqdorda ochik limit saqlashiga ruxsat etilgan.

  3. Buyuk Britaniya: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bu yerda ochiq valyuta pozitsiyasiga qat’iy limit o’rnatilmagan. Lekin, faqat foizsiz depozitlarning 0,35 foizi Angliya bankida saqlanishi ko’zda tutilgan.

4. Avstraliya: (1998 yil 31 mart holatiga) 1998 yil 27 martdan ochiq valyuta pozitsiyalariga limitni o’rnatish tashqi valyuta bozorida ishtirok etuvchi dilerlarga vakolat berilgan.

  1. Shvetsiya: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo’yicha kun davomida 15 foiz va umumiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 30 foiz qilib belgilangan.

  2. Vetnam: (1997 yil 31 dekabr holatiga) kapitalga nisbatan umumiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 15 foiz limitbelgilangan.

  3. Litva: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo’yicha ochiq valyuta pozitsiyasi bankning kapitaliga nisbatan 20 foiz va umumiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 30 foizdan oshmasligi belgilangan.

  4. Yevropaning ba'zi davlatlarida: (1997 yil 31 dekabr holatiga) ochiq valyuta pozitsiyalari Yevropa Hamjamiyatining direktivalari bilan tartibga solinadi.

O’zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalda Markaziy bank boshqaruvining 1998 yilning 28 martida 392- son bilan qabul qilingan «Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritilishi qoidalari» amal qiladi.
Yuqorida qayd etilgan tartibda, bir qator o’z echimini topmagan masalalar uchraydi. Xususan, qoidaning 2-bandi bo’yicha: ochiq valyuta pozitsiyasining limit miqdori juda kam o’rnatilgan. Ya'ni, barcha xorijiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 20 foiz, aniq bir valyuta turi bo’yicha esa, 5 foiz. Ushbu foiz miqdorlarini qayta qurish kerak. Chunki, respublika vakolatli banklari asosan, ikki valyuta (evro kiritilishigacha bo’lgan davrda asosan bitta - AQSH dollari) bilan ishladi. Demakki, ular o’z valyuta pozitsiyalarini maksimal darajada 10 foiz qiladilar. Yana boshqa bir valyutalar inobatga olinsa, bu ko’rsatkich eng ko’pi bilan 12-14 foizni tashkil qiladi. Ya'ni, ulaming pozitsiya imkoniyatlari cheklanadi. Mazkur vaziyatni yaxshilash uchun: birinchidan, umumiy valyuta pozitsiyasi miqdorini yana 5-10 foizga oshirish kerak. Chunki, joriy operatsiyalar bo’yicha konvertirlash masalasi to’la hal qilinsa, banklar, jumladan ulaming mijozlari hisoblangan korxona va tashkilotlar (mulk shaklidan qat’iy nazar) xalqaro jahon bozoriga, ya'ni integratsiya jarayoniga jadal kirishib ketadilar. Demakki, umumiy pozitsiyaning miqdorini kamligi bu jarayongaxalakit berishi mumkin; ikkinchidan, har bir valyuta turi bo’yicha pozitsiya limitini yana 5 foizga oshirish kerak.
Mazkur tartib bo’yicha hisobot bir oyda bir kunda tuzilishi ham maqsadga muvofiq emas. Chunki, joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha mavjud cheklashlar olib tashlansa, banklar ushbu limitni buzmaslik uchun hisobot tuzilishi sanasida qisqa pozitsiya qilishlari, va aksincha boshqa kunlar mobaynida pozitsiyani uzun qilib limitni buzishlari mumkin. Shu sababli, mazkur hisobotni taqdim etilish muddatini yana bir bor qayta qurish kerak yoki ushbu chegarani vakolatli banklar har kuni ushlashlarini belgilab kuyish lozim.
Shu masala hal qilinmasa, ichki valyuta bozori anchagina likvid mablag’lardan maxrum bo’lishi va faqat oyning bir-ikki kuni davomida juda katta miqdorda likvid mablag’larga ega bo’lishi mumkin. Bu xakkoniy valyuta bozorining shakllanishiga o’zining salbiy ta'sirini ko’rsatadi hamda me'yoriy faoliyat ko’rsatishi buzilishiga olib keladi.
Agar bankning mijozi uning uchun valyuta resurslarini sotib olishni talab kilsada, va 5 kun muddat ichida mazkur valyutani sotib olmasa, ushbu valyuta resurslarining miqdori bank uchun uzun valyuta pozitsiyasi hisoblanishi maqsadga muvofiq. Chunki, mijoz xorijiy valyutani o’z vaqtida sotib olmasa, risk to’g’ridan-to’g’ri bankning buyniga tushadi.

BANKLARARO BOZORDA ISHTIROK ETUVCHI BANKLARNING RISKI


Banklar - banklararo bozor ishtirokchisi sifatida quyidagi risklarga duch keladilar:
1. Tulamaslik riski. Bank yoki qarzdor-korporatsiyaning olingan qarzlar va
ular bo’yicha foizlarni tulay olmaslik extimoli mavjud. Ushbu bozordagi qarzlar
va depozitlar ta'minot talab kilmaydi.
2. Bozor riski. Foiz stavkalarining kutilmagan tebranishlari bankning
mablag’lar manbasiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Banklararo bozor, suzuvchi foiz
stavkalariga asoslanganligi uchun, qarzdorlar kreditlarni qaytarishga kiynalib
koladi (Londondagi banklararo depozitlar bo’yicha taklif stavkalari nobarqaror
hisoblanadi, ayniqsa, inflyatsiya sharoitida).
3. Ma'lum mamlakatda faoliyat yuritish riski. Mamlakat o’z banklariga
xorijiy banklardan olingan qarzlar va depozitlarni tulab berishni takiklashi
mumkin (masalan, 1919 yilda Rossiyadagi inkilob paytida, 1961 yilda Kubada). To’lov balansi holatining yomonlashuvi va xalqaro zahiralarning keskin qisqarishi, debitorlarni sinditsirlashgan qarzlar va ular bo’yicha foizlarni to’lashiga xalakit qiladi.

  1. Valyuta riski - valyutaning almashuv kurslarini keskin o’zgarishi,
    bankning aktiv va passivlarini boshqarishni qiyinlashtiradi. Masalan, 1985-1987
    yillarda amerika dollari kursining pasayishi va Yapon ienasi qiymatinnig oshishi,
    kuplab xalqaro banklarning tarkibi va foydasiga jiddiy salbiy ta'sir ko’rsatdi.

  2. Likvidlilik riski. Banklar tomonidan banklararo depozitlarning ma'lum
    bankdan talab qilinishi, ushbu bankning o’z aktivlarini sotish va zarar ko`rishga
    majbur qiladi.

  3. Inqirozning yuzaga kelish riski. Kachonki, 1974 yildagi (Xermtatt Bank
    va Frenklin Neyshil Benk) kabi jahon moliya inqirozi, yoki 1982 yildagi
    rivojlanmagan mamlakatlardagi qarzdorlik inqirozi (Meksika va Braziliya), yoki
    1984 yildagi mahalliy banklar inqirozida (Kontinental Illinoys) - har doim ham
    "domino" kurkuv ta'siri yuzaga keladi.

7. Siyosiy risk. 1979 yilda AQSH hukumati Eronning AQSH dollaridagi
aktivlarini, 1985 yilda Liviyaning AQSH dollaridagi aktivlarini muzlatdi.

5. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VALYUTA OPERATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI
O’zbekiston Respublikasida ham rivojlanayotgan boshqa davlatlar kabi ma'lum bir valyutaviy cheklashlar mavjud. Ularning eng asosiysi bo’lib, milliy valyutani erkin konvertirlanadigan valyutalarga to`laqonli konvertirlash-ning yukligidir. Bu quyidagilarda namoyon bo’ladi: raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarmokchi bo’lgan korxona o’zining tarkibini yaxshilashga, yangi texnologiyalar kiritishga, malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezadi. Bunga amalda erishish uchun, rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o’rganish, ulardan yangi texnologik asbob-uskunalarni sotib olish, o’z mutaxassislarini chet ellarda ukitish yoki chetdan jalb qilishi kerak. Buning uchun, chet el valyutasidagi mablag’lar zarur bo’ladi.
Hozirgi kunda, respublikada bozor munosabatlari rivojlanayotgan davrda, chet el investitsiyasini jalb qilishga ehtiyoj yuzaga chiqmoqda. Milliy valyutani erkin konvertirlanishiga erishish qiyin masala hisoblanadi va u iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish hamda pul-kredit va valyuta siyosatini takomillashtirishni talab qiladi. Chunki, dunyoning hamma mamlakatlari ham erkin konvertirlana-digan valyutaga ega emas. Milliy valyutaning qadrini oshirish uchun, har bir davlat o’z hududida valyutani tartibga solish usullari bilan (chet el valyutasini milliy naqd va naqd pulsiz aylanmasiga ta'sirini kamaytirgan holda) milliy valyutani boshqa valyutalarga erkin ayirbosh-lanishini ta'minlaydigan barcha shart-sharoitlarni yuzaga keltirishi shart. Bir qator davlatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, erkin konvertatsiyaga faqatgina iqtisodiyotning ma'lum bir rivojlanish bosqichida erishiladi.
Xatto Yaponiya, Janubiy Koreya va Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa rivojlanayotgan davlatlari kabi mamlakatlar uzoq vaqt mobaynida turli shakldagi valyutaviy cheklashlarni qo’llashga majbur bo’lganlar.
O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish tizimining shakllanishi mustaqillikka erishilgandan so’ng, 1991 yilda «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida» va «O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to’g’risida»gi qonunlar qabul qilinishi bilan keyin yuzaga keldi. 1992 yildan hozirgi kungacha Markaziy bankning faoliyati asosiy yo’nalishlar sifatida milliy valyutani muomalaga kiritish uchun shart-sharoitlar yaratish va milliy valyutaning qadrini oshirish tanlandi. 1993 yilda «Valyutani tartibga solish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi bilan Markaziy bank tomonidan valyutani tartibga solish bo’yicha qaytadan amaliy me'yoriy-huquqiy bazani yaratildi. Bu qonun Markaziy bank milliy valyuta qadrini oshirish uchun valyuta zahiralarini tashkil etishi va sumning ichki konvertatsiyasini ta'minlash uchun ichki valyuta bozorini rivojlantirishini belgilab berdi.
Valyuta zahiralarini shakllantirish nixoyasiga etmagan sharoitda, valyuta bozorini rivojlantirish maqsadida Markaziy bank, Moliya vazirligi bilan birgalikda 1994 yili respublika korxonalarining eksportdan tushgan tushumlarining 15 foizini majburiy sotishni tasdiqladi. Bu vaqtda mazkur majburiy sotuvdan tashqari eksportdan tushgan tushumdan olinadigan 15 foizli soliq ham mavjud edi.
Bundan keyingi qadam bo’lib, soliqning bekor qilinishi va uning o’rniga korxonaning eksportidan tushgan tushumdan olinadigan majburiy sotuvning 30 foiz qilib belgilanishi bo’ldi. Ushbu chora-tadbirlar korxonalarni eksportga kizikishlarini yanada oshirdi. Chunki, endi ular foydasining bir qismi majburiy tarzda olinmasdan, balki chet el valyutasidagi tushumining bir qismi milliy valyutaga ayirboshlanib, korxonaning o’ziga qaytarilardi. Bu tushgan tushum Markaziy bankning valyuta zahirasini oshirishga qaratilgan edi.
1994 yil 1 iyuldan respublika milliy valyutasi - sumning kiritilishi bilan uning qadrini kuchaytirish uchun zaruriy chora-tadbirlar o’tkazishga ehtiyoj sezildi. Bunga ichki bozorni tuyintirish, korxona faoliyatini eksport potentsialini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo’llash kul keldi. Shuning uchun, 1994 yil 7 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori milliy valyuta barqarorligini ta'minlashdagi muhim bosqich bo’ldi. Chunki, ushbu qarorda birinchi bo’lib, respublika hududida qonuniy yagona to’lov vositasi - so’m rasman e'lon qilindi.
Shu bilan birga, naqd pulsiz chet el valyutasida import qiluvchi korxonalar talabini ta'minlash uchun, chet el valyutasidagi zahiralarga qo’shimcha ehtiyojni qondirilishini ta'minlash zarurati yuzaga keldi. Va oqibatda, 1995 yilda markazlashgan barcha eksport tushumi va davlat resurslari Markaziy bankka majburiy sotilishi belgilab qo’yildi. Ma'lumki, 1997 yilda paxta tolasini eksporti jami eksport hajmining 40 foizini, elektroenergiya esa, yokilgi mahsulotlari eksportdan tushayot-gan barcha tushumning 6 foizini tashkil qildi.
Hozirgi vaqtda import o’rnini bosuvchi yoki eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish texnologiyasini va respublikaga birinchi darajali xalq iste'moli mollari olib kelinishini ta'minlaydigan korxonalarga ichki valyuta bozorini rivojlantirish maqsadida, korxonaning sumdagi mablag’larini erkin ayirboshlanadigan valyutaga ustuvor tarzda konvertirlashning ishlab chiqilgan mexanizmi amal qilmoqda.
Bundan tashqari, respublika hukumatining qaroriga muvofiq, chet el investitsiyasi ishtirokidagi eksportga yo’naltirilgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga sumdagi mablag’larini erkin ayirboshlanadigan valyutaga o’z vaqtida konvertirlash, shu jumladan, chet el ta'sischilariga tegishli ulushning foydasini va dividendining konvertirlanishi kafolatlangan.
Valyuta operatsiyalarini va valyuta bozorini rivojlantirishdagi keyingi qadam bo’lib, korxonalaming valyuta tushumidan Markaziy bankka 30 foizlik majburiy sotish bekor qilindi, va buning o’rniga valyuta bozorini erkinlashtiruvchi, birjadan tashqari valyuta bozori yuzaga keltirildi. Bu - vakolatli banklarga talab va taklifdan kelib chiqib, mustaqil ravishda ayirboshlash kurslarini o’rnatish imkoniyatini yaratdi. Vakolatli banklarning birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalar o’tkazishining manbasi bo’lib, korxonalaming 30 foizlik majburiy sotishidan tashqari, ularning o’z resurslari hamda mijozlarining chet el valyutasidagi depozitlari va boshqa jalb qilingan mablag’lari hisoblanadi.
Valyutani tartibga solish sohasi bo’yicha olib borilgan chora-tadbirlar korxonalaming valyuta resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi. Buni quyidagi ma'lumotlardan ko’rish mumkin: respublika valyuta bozoridagi operatsiyalar hajmi 1995 yilgi 1,3 mlrd. AQSH dollaridan 1997 yili 3,6 mlrd. AQSH dollariga etdi. 1998 yilda bu ko’rsatkich 2,2 mlrd. AQSH dollari miqdorini tashkil etdi. Keyingi yillarda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutalarning sotilish hajmi kamayishining asosiy sababi, korxona va tashkilotlar tomonidan eksport shartnomalarini tuzilishi va bajarilishi bilan bog’liq ishlarning konikarsiz ahvolda bo’lganligi tufayli, valyuta tushumidan majburiy sotish bo’yicha rejadagi topshiriqlarning bajarilmasligi, alohida eksport tovarlarining raqobatbardosh emasligi va eksport qilinayotgan mahsulotlarga jahon bozorida narxlarning tushishi hisoblanadi. Shu bilan birga, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Rossiya Federatsiyasida yuz bergan inqirozlar ham mamlakat oltin-valyuta zahiralarining shakllanishiga salbiy ta'sir etdi.
Xulosa qilish mumkinki, respublikada amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining hajmi sekin-asta bo’lsada, barqaror holatda rivojlanish an'anasiga ega. Biroq, sumning to’liq konvertirlanishiga erishish uchun bir qator birinchi darajali vazifalarni hal etish lozim: eksport va ishlab chiqarish tarkibini yaxshilash, texnologik koloklikni bartaraf etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va mehnat unumdorligini oshirish zarur. Bu vazifalami echish uchun ma'lum vaqt kerak. Shu bilan birga, milliy valyutani to’liq konvertirlagan holda raqobatbardosh iqtisodiyot bilan jahon bozoriga kirish sharaflidir. Demakki, sumni ichki konvertirlash asosiy maqsad bo’lmay, balki milliy iqtisodiyotni jahon bozoriga teng huquqli integratsiyasi uchun qo’yilgan bir vosita xolos.
O’zbekistonda katta hajmda forvard operatsiyalarini rivojlantirish istiqbollari va valyuta optsioni hamda valyuta fyuchersi operatsiyalari bilan Yevropa bozoriga chiqish imkoniyatlari mayjuddir. Respublikada spot bozorining rivojlanmaganligi muddatli bitimlaming rivojlanishiga tuskinlik qilmoqda.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining faqatgina bir nechta tijorat banklarigina yetakchi chet el banklari bilan vakillik munosabatlari umatilgan. Bundan tashqari, MDH davlatlari banklarida vakillik hisobvaraqlar ochish bo’yicha turli xil cheklovlar mayjuddir. Masalan, sobiq Ittifoqning hamma davlatlari bilan xalqaro kelishuvlarning mavjud emasligi sababli, tijorat banklari hohlagan banki bilan milliy valyutada vakillik munosabatlar o’rnatolmaydi. Tabiiyki, tashqi savdo uchun zarur hisoblangan chet el banklari bilan vakillik munosabatlarni rivojlantirish kerak.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari valyuta operatsiyalarining yana bir muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib, xalqaro hisob-kitob shakllarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu birinchi navbatda, hujjatlashtirilgan akkreditiv va to’lov topshiriqnomasiga tegishlidir. Lekin, bugungi kunda chet ellik sheriklar akkreditivni qoplash summasini va yuqori komission to’lovlami talab qilmoqdalar, to’lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladigan hisob-kitobda esa, yuqori hajmda oldindan to’lash talab etilmoqda.
Shu bilan birga, respublikada valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun valyuta ayirboshlash operatsiyalarini rivojlantirish kerak. Buning uchun, aholidan naqd chet el valyutasini jalb qilib, sotib olinishi va erkin tarzda sotilishi kerak. Bu turdagi valyuta operatsiyalariga qattiq valyuta cheklovini joriy qilish tijorat banklariga bo’lgan ishonchning yanada pasayishiga va chet el valyutasiga bo’lgan fetishizmning rivojlanishiga olib keladi (masalan, dollar fetishizmi).
Hozirgi vaqtda respublikada bir qator qo’shma va chet el banklari faoliyat yuritmoqda. Ular bir necha un yillik xorijiy tajribalarni bizda qo’llashga va respublikadagi bank raqobatchiligi rivojlanishiga ko’maklashmoqda.
Ushbu banklarga:

  • UT-Bank. O’zbekiston tomonidan - «Uzpaxtabank», Turkiya tomonidan - «Ziraat bank» ta'sischi bo’lib qatnashgan. Bankning asosiy faoliyati ikki respublika o’rtasida
    faol rivojlanayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarga bank xizmatini ko’rsatish, bank
    faoliyatini tashkil etishning yangi usullarini joriy etishdan iborat.

  • 1994 yilning mayida "Uzprivatbank" xususiylashtirish va investitsiya bo’yicha
    o`zbek Xalqaro banki respublika ichkarisidan va tashqarisidan moliya mablag’larini
    jalb qilishni ta'minlash maqsadida tashkil etilgan. Bankning ta'sischilari bo’lib,
    Davlat mulk qo’mitasi, «Foton» IIChB va boshqalar hisoblanadilar. Gollandiya
    tomonidan esa, «Inter Repablik Xolding» va «Mis Pirson N.V.» Gollandiya banki
    qatnashgan.

  • va boshqa qo’shma banklar. Bularga «ABN Amro bank O’zbekiston MB AJ» o`zbek-gollandiya banki, «UzDEUbank» o`zbek-koreya banki va «Markaziy Osiyo
    rivojlanish va taraqqiyot bankining Toshkent sh.» shu'ba bankini misol qilib
    keltirish mumkin.

Bunday qo’shma banklar respublikaga bush kapitallarni, investitsiyalarni va xalqaro kreditlarni jalb qilish orqali iqtisodiyotning turli sohalarini kreditlashi, ishlab chiqarishni rag’batlantirishi mumkin.
XMK, ETTB, ORB, Yaponiyaning «Eksimbanki», Markaziy Osiyo-Amerika tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash fondi, Germaniyaning «Rivojlanish kredit agentligi» tomonidan kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirishga doir loyihalami amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasining vakolatli banklariga kredit liniyalari ochildi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishini hisobga olib, umuman keltirilgan hamma ma'lumotlar tahlil qilinsa, respublikada tijorat banklarining valyuta operatsiyalarini rivojlanish istiqbollari yetarli ekanligi kurinadi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • valyuta kursini erkinlashtirish;

  • valyuta va tashqi savdo tizimini yanada erkinlashtirish;

  • vakolatli banklarning imkon qadar erkin ayirboshlanadigan valyutada qo’shimcha
    resurslar jalb qilishga, shu jumladan, jismoniy shaxslaming xorijiy valyutadagi
    jamgarmalarini rag’batlantirish orqali harakat qilishlariga erishish lozim.

Mazkur maqsadlarga erishish uchun birinchidan, valyuta sohasidagi xizmat turini ko’paytirish kerak, ikkinchidan, xizmat xarajatlarini kamaytirish zarur, uchinchidan, xorijiy valyutadagi depozitlar uchun bank tomonidan to’lanadigan foiz stavkalarini qayta ko’rib chiqish kerak.
MiUiy valyutadagi vakillik aloqalarni rivojlan-tirish bevosita xalqaro savdo aloqalarida milliy valyuta - sumdan keng miqyosda foydalanishga asos bo’ladi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo tizimi va eng yuqori darajada qulayliklar yaratilishini ko’zda to`tuvchi bitimlar imzolangan davlatlaming xo’jalik yurituvchi sub'ektlari bilan milliy valyutada tovarlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar)ni eksport va import qilish uchun respublika korxona va tashkilotlari tomonidan shartnomalar imzolanishini maqsadga muvofiq holda amalga oshishini ta'minlash xalqaro moliya munosabatlari tizimining ajralmas qismi bo’lgan valyuta operatsiyalarining samarasini oshirishga imkoniyat beradi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI



Download 453.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling