Ii bob yordamchi maktab o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashning maqsadi, vazifasi va usullari


Download 58.2 Kb.
bet3/9
Sana29.01.2023
Hajmi58.2 Kb.
#1138228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
АҚЛИ ЗАИФ КУРС ИШИ

- Kurs ishining ob'ekti: Aqli zaif o'quvchilarning bilish xotira xususiyatlarini tahlil etish
- Kurs ishining predmeti: Aqli zaif o'quvchilarning axloqiy tarbiyalash xususiyatlarini o'rganish yo'llari.
- Kurs ishining maqsadi: Aqli zaif o'quvchilar axloqiy tarbiyalash xususiyatlarini o'rganish va korreksiyalash.
- Kurs ishining vazifalari:
Aqli zaif o'quvchilarning bilish jarayonlarini o'rganish.
Aqli zaif o'quvchilar axloqiy xususiyatlarini o'rganish.
Aqli zaif o'quvchilar axloqiy xususiyatlarini o'rganish va korreksiyalash yo'llarini aniqlash.
Mashg'ulotlar o'tish uchun maxsus metodika va usullarni tanlash va o'rganish.
-Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:Kurs ishi kiris,2 bob,6 ta reja,xulosa,va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat

I.Bob. Aqli zaif o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash xususiyatlarini rivojlanishi.
1.1. Ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashning õrni.
Yordamchi maktab o ‘qituvchilari, tarbiyachilari aqli zaif o‘quvchilarni hayotga, mehnatga tayyorlar ekanlar, ularni har vaqt kamtar, halol, o‘zlarining his-hayajonlarini jilovlab turishga, Vatanni sevishga, o'zi uchun va jamiyatimiz uchun m ehnat qilishga, odamlarga, atrof-muhitga nisbatan mehribon va g‘amxo‘r bolishga o ‘rgatadilar. Ana shu va boshqa m a’naviy fazilatlar axloqiy jihatdan tarbiyalangan shaxsga xos bo‘ladi. Yordamchi maktabning maxsus tarbiyaviy faoliyati ana shunday shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, u axloqiy tarbiyaning quyidagi vazifalarini hal etadi:
- axloqiy ongni, mustahkam axloqiy e’tiqodni tarbiyalash;
- yordamchi maktab o‘quvchilarining Vatanga, jamiyatga, mehnatga munosabatini anglab olishga qaratilgan axloqiy tuyg‘ularni tarbiyalash;
o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish;
— odob ko‘nikmalari va odatlarini tarbiyalash.
Axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi har bir bolada faol hayotiy nuqtai nazar hosil qilishdan iborat.
Yordamchi maktab tarbiyaviy ishining umumiy tizimida o‘quvchilarda axloqiy xislatlarni tarbiyalash eng murakkab va shu bilan birga mas’uliyatli vazifadir. Chunki aqli zaif okquvchilarning ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish samarasi o‘quvchilarda axloqiy xislatlar qanchalik tarbiyalanganligiga bog‘liq boladi.Axloqiy tushunchalar odam xulqining me’yori va malakalari, uning mehnatga bo‘lgan munosabati, intizomliligidadir. Bularning hammasi tarbiya natijasi, bolaga maktab, oila va atrofdagilarning murakkab va doimo ta’sir etish natijasidir. Shuning uchun aqli zaif bolada ma’lum bir axloqiy sifatni vujudga keltirish maqsadida rejalashtirilgan, maqsadga qaratilgan maxsus pedagogik ta’sirni tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Aqliy nuqsonli bolalarni axloqiy tarbiyalashda yordamchi maktab oldida turgan vazifalardan biri — o'quvchilarning xulqida, o ‘qishida va mehnatida intizomlilikni tarbiyalashdan iboratdir. Intizomlilik murakkab xislatdir. Uni shakllantirish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Kichik o‘quvchilarda oddiy bo‘ysunishdan tortib, katta o ‘quvchilarda xulq talablarini ongli ravishda bajarishdan iborat. Aqli zaif bolalarni axloqiy tarbiyalash tizimini yaratishda defektologlarimiz bu bolalarning bilish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar.Yordamchi maktablardagi axloqiy tarbiyaning o‘ziga xosligi aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ya’ni ular bilish faoliyatlarining o‘ziga xosligi, hissiy-iroda sohalarining rivojlanmaganligi, xarakter shakllanishining o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Quyida shulaiga to‘xtalamiz.Aqli zaif bolalar bilish faoliyatining buzilishi natijasida ularning tevarak-atrof bilan munosabati qiyinlashadi. Natijada aqli zaif bola yordamchi maktabga qabul qilinishida yetarli darajada axloqiy tajribaga ega bo`lmaydi. U haqiqatni bilishda ularni tushunib yetmaydi, kishilar va ijtimoiy hayot voqealari o‘rtasidagi munosabatni tushunmaydi. Xulqatvor norma va qoidalarini tahlil qilish uchun yetarlicha axloqiy tasawur va tushunchalarga ega bolmaydi. Shuning uchun u o ‘z xulq-atvorini atrofdagilar xulq-atvori bilan taqqoslay olmaydi. U yoki bu muomalaning oqibatini o ‘zicha aniq tasawur etolmaydi. Axloqiy istaklarga to ‘g‘ri baho bera olmaydi. Bularning hammasi aqli zaif bolalarning xulq-atvor normalari buzilishiga, axloqiy nojo‘ya qiliqlar qilishiga olib keladi. Lekin yordamchi maktab ta’limi jarayonida yuqoridagi bu nuqsonlar nisbatan imkon qadar tuzatilib boradi. Aqli zaif bolalarning tafakkuri, nutqiy qiziqishlari bilan birga axloqiy sifatlari ham takom illashib boradi. Yordamchi maktabni bitirish arafasida aqli zaif bolalar hayotda o‘z olrinlariga ega bo‘la boshlaydi. Jamoada xulq-atvor norm asini o‘zlashtiradilar. Shundan e ’tiboran bu bolalarda mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabat ham shakllana boshlaydi.Aqli zaif bolalardagi o‘ziga xos hissiy-irodaviy sifatlar ham ularni axloqiy tarbiyalashda qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun oligofrenopedagog o‘quvchilarning individual xususiyatlarini bilgan holda ularning har biriga alohida yo‘l tutishi lozim. M a’lumki, turli nuqsonli bolalaming hissiyirodaviy sohalari bir-birlariga to ‘g‘ri kelmaydi. Birovlari toitinchoq, uyatchan, kamgap, yigioqi bolsalar, birovlari shaddot, qaysar, bezbet, uyatsiz bo‘ladilar. Albatta, bulaming har biriga o ‘zicha munosabat kerak. Bunday holda individual ish rejasini belgilash talab etiladi. Ba’zan bolalarni haddan tashqari avaylab-asrash kerak bo‘lsa, ba’zan haddan tashqari qattiqqollik oqibatida qatorsalbiy xislatlar shakllanib boradi. Ba’zi oilalarda esa bolalar olqiy olmaydi, bola nuqsonga ega boiganligi sababli ayash qabilida ish tutadilar. Natijada bolalarda mehnatga nisbatan salbiy axloqiy xislatlar shakllanib boradi. Bularni faqat bolaga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, uning individual xususiyatlarini chuqurroq o ‘rganish bilan yo‘qotish mumkin.Hissiy-irodaviy kam chiliklar bilan bog‘langan axloqiy tarbiya qiyinchiliklarini yo‘qotish maqsadida aqli zaif bolalarni ishlab chiqarish va jamoa orasida ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish katta ahamiyatga ega.Aqli zaif bolalar xarakteridagi kam chiliklar ham ular axloqiy tarbiyasida ma’lum qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Xarakter — bu hayotiy ta’sir va tarbiya natijasida to‘plangan va mustahkamlangan kishilar xulqodati va aniq m unosabat uslubidir. Kishining individual xarakter xususiyatlari ijtimoiy sharoit ta’siri ostida uning hayoti va tarbiyasida vujudga keladi. U yoki bu kishi xarakterining asosiy sifati qanday bo‘lishini sharoitning o ‘zi belgilaydi. Maktabni hayot bilan bog1 lash, xilma-xil faoliyat turlarini tashkil qilish asosida bola xarakterini shakllantirish mumkin.


Download 58.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling