Ii bob yordamchi maktab o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashning maqsadi, vazifasi va usullari


Aqli zaif o’quvchilarni oilaga tayyorlashada axloqning roli


Download 58.2 Kb.
bet7/9
Sana29.01.2023
Hajmi58.2 Kb.
#1138228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
АҚЛИ ЗАИФ КУРС ИШИ

2.2. Aqli zaif o’quvchilarni oilaga tayyorlashada axloqning roli.
Yordamchi maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan aqli zaif bolalarni axloqiy tarbiyalash jarayonida oilaga tayyorlashni ham amalga oshirish kerak. Chunki bunday bolalarda aksariyat jinsiy rivojlanish, yetilish erta yuz beradi. Agar aqli zaif bolalar turli axloqsiz suhbatlarning guvohi bo’lsalar, sekin-asta ularda yomon illatlar paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli mumkin qadar bolalarni o’z holiga tashlab qo’ymasdan, turli foydali faoliyatlarga jalb etish kerak. Ba’zan bunday noxush, axloqsiz qiliqlarning oldini olish maqsadida ularning yotish joylarini, yotish holatlarini nazorat qilib turish darkor.
Kun tartibini mazmunli tashkil etib, turli harakatli o’yinlar, gimnastik mashqlar, mehnatga jalb etish ham yaxshi natija beradi. Yotishdan oldin gavdaning pastki qismini va oyoqlarini iliq suvda yuvish kerakligi, ma’lum yoshda ota-onalar bolalar bilan boshqa jirsdagilarga tegishli suhbatlar o’tkazish tavsiya etiladi. Yengil, yuzaki jinsh aloqalarning og’ir oqibatlari to’g’risida, tozalik haqida, voyaga yetmasdin farzand ko’rishning salbiy oqibatlari xususida ham suhbatlashish kerak Mumkin qadar erta yoshdan bolalarda chekishga, giyohvandlik moddaarni iste’mol qilishga qarshi kerakli tadbirlar ko’rish talab etiladi. Zero. «Rasululloh ham har qanday mast qiluvchi va bo’shashtiruvchi narsalarni iste’mol qilishni man etganlar».
Yordamchi maktab aqli zaif o’quvchilarni oilaga, turmushga tayyorlashdek o’ta muhim vazifani bajaradi. Chunki yordamchi maktab o’quvchilari hayotida yagona ilm maskani — bu faqat yordamchi maktabdir. Yordamchi maktab o’quvchilari katta bolgach, oila quradilar, o’g’il bolalar ota — uy xo’jasi, qiz bolalar esa ona — uy bekasi bo’ladilar. Yordamchi maktab o’quvchilari «ota» bo’lish mas’uliyatini, qiz bolalar esa «ona» bo’lish mas’uliyatini chuqur anglab yetishlari kerak. O’g’il bolalar oila qurgach, oilani boshqarishni bilishi zarur. Qiz bolalar esa, tuqqan farzandini to’g’ri tarbiyalashi, uning sog’lig’i uchun, unib-o’sishi uchun mas’ul ekanligini ongiga singdirishi kerak. Ma’lumki, yordamchi maktab o’quvchilari aqliy faoliyatlarining orqada qolganligi bois, bundan tashqari, ularning ota-onalari turli sotsial chiqishga ega bolganligi bois ham jamiyatimiz talabiga javob beradigan «oila» qurish lozim ekanligini va buning uchun faqatgina yordamchi maktabdagina oilaga tayyorlay olish mumkin ekanligini eslatib o’tish lozimdir. Ma’lumki, oila jamiyatimizning kichik bir qismi bolib, jamiyatimiz oldida o’z mas’uliyatiga egadir. Yordamchi maktab o’quvchilarini oilaga tayyorlash vazifasi birinchi sinfdan boshlab olib boriladi. Bu mehnat, axloqiy nafosat, huquqiy, jismoniy tarbiya jaryonida amalga oshirib boriladi va ijtimoiy- maishiy darslarda, sinfdan tashqari tadbirlarda amalga oshiriladi.
Bunda qiz bolalarni uy tuzatishdan boshlab, bolani cho’miltirish (qokg’irchoqni cho’miltirish okyini orqali), parvarish qilish, bichish-tikish, bola kasal bolganda birinchi yordam ko’rsatish, pazandalik, mehmon kutish, choklash, dazmol qilish, bozorda xarid qilish, pulni tejab ishlatish, oila budjetini tejash kabi bilimlar asoslari soddadan murakkabga qarab olib boriladi. O’g’il bolalar esa xo’jalikda erkak qilishi lozim boigan ishlarga o’rgatib boriladi. Odobnoma darslarida qizlarni «qiz bola hayosi», «onalik burchi» va qanday qiz «yaxshi kelinchak», «uy bekasi» bolishi haqida bilimlar berib boriladi. O’g’il bolalarga esa «g’amxo’r ota», «oilaning xo’jasi» kabi ibratli mavzular asosida oila haqida tasawur berib boriladi. Yordamchi maktabda qiz bolalar tarbiyasiga o’ta e’tibor bilan qaraladi, chunki aqli zaif qiz bolalarda jinsiy mayllik kuchliroq bo’ladi, ular erta yetiladilar. Shu boisdan ham qiz bolalarni oilaga tayyorlab borish okta muhim sanaladi. Qiz bolalar oilaning sha’nini, sharafini saqlashi zarurligini chuqur anglab etishi, bola tarbiyasida onaning o’zi hayoli, iboli, mehnatsevar, xushmuomalali bolishi g’oyat muhim ekanligini ta’kidlash o’rinlidir. Bu borada Abu Ali ibn Sino ijtimoiy, axloqiy va falsafiy fikrlar tarixida birinchilardan bo’lib ayollarning bola ta’lim-tarbiyasidagi o’mini chuqur bilgan buyuk mutafakkirdir. Oilada er-xotin o’rtasidagi o’zaro hurmat-izzat, bamaslahat ish tutish, samimiy munosabat ta’lim-tarbiya samaradorligining asosiy negizidir, deb yozgan edi alloma. Ibn Sino okn yetti xislat sohibasi boigan ayolni «ideal» tabiiy tarbiyachi deb hisoblaydi. Bularga ayolning oqila va e’tiqodliligi, sharm-hayoliligi, or-nomusliligi, ziyrak va farosatliligi, yoqimtoyligi, o’z eriga mehr-muhabbat qo’yganligi, betga chopmasligi, ezma bolmasligi, itoatkorligi, dili pokligi, eri orqasidan glybat qilmasligi, pokizaligi, vazminligi, jiddiyligi va ulug’vorligi, oglr damlarda erining dardiga malham bola olishi, mehribonligi kabilar kiradi. Demak, ana shunday ayolgagina bola tarbiyasini ishonib topshirish mumkin ekan. Ona — tabiiy tarbiyachi. Shu bois ham qizlarning tarbiyasiga juda katta ahamiyat beriladi. Hozirgi kundagi davr talabi bolmish sharqona odob, axloq aynan qizlarda ana shunday xislatlarni shakllantiradi. Zero, sharq ayollarining deyarli barchasi ana shunday onalardandir. Buni tarixdan yaxshi bilasiz. Hozirgi davr talablaridan kelib chiqib o’g’il bolalarni yoshligidan erkaklik xislatlarini, erkaklik g’ururini shakllantirish ham o’ta muhimdir. Zero erkak oila bolmish kichik bir saltanatning sultonidir. Demak, erkak ota sifatida, oilaning boshqaruvchisi sifatida o’z oilasining or- nomusi, fayzu barakasi, farovonligi, shon-shuhrati uchun, bolalarining sog’lom va mard, dovyurak bo’lib o’sishi uchun doimo sa’y-harakatda bo’lishi lozim. Ota oilada o’zining mehnatkashligi bilan, o’z oilasiga g’amxo’rligi bilan farzandlariga namuna boMishi kerak. Erkak kishi uchun oilasini boqish, uning fayzu barakasi uchun, ravnaqi uchun halol mehnat qilish ham farz, ham qarz. Chunki u erkak, oilasining or-nomusini saqlashi, o’z oilasida doimo tartib- intizomni barqaror etishi lozim. Zinhor erkak boqimanda bo’lib o’tirmasligi kerak. Er uyda o’irib, xotinning pul topish yo’liga kirishi bu - noo’rindir. Agar erkak nogiron yoki kasal bolsa, bundan mustasno. Oilada eru xotin har jihatdan bolalarga namuna bo’lishi va ayniqsa, halol ishlab, farzandlari oldida o’zlarining mehnatlari bilan ham jamiyatimizga, ham oilasiga foyda keltirayotganligini bildirishi kerak. Insonning mehnat faoliyati uning shaxsiy ishi emas, balki jamiyat ishi ekanligini ularning ongiga singdirib borish kerak. Oilaning tinch-totuv, farovon hayot kechirishi jamiyat uchun ham foydali ekanligini har doim eslatib turish lozim. Er bilan xotin oilada farzandlari tarbiyasi uchun ham mas’ul ekanliklarini yaxshi anglashlari kerak. Bola sog’lom, yetuk bo’lib yetishishi uchun ularni to’g’ri ovqatlantirish, to’g’ri tarbiyalash, soglom, baquvvat qilib o’stirish uchun ularning tarbiyaga oid bilimlarini oshirib borish kerak.


Download 58.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling