Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar.
1. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlar aniqlashninig tugun kirkish usuli?
2. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlar aniqlashninig tulik kesim usuli?
3. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlar aniqlashninig qo‘shma kesimlar usuli?
4. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlar aniqlashninig sterjenlarni almashtirish usuli ?
5. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlar aniqlashninig yopiq kontur usuli?
STATIK ANIQ TEKIS FERMALARNI HARAKATLANUVCHI YUKLAR TA’SIRIGA HISOBLASH
Reja:
1. Fermalarda tasir chiziqlar chizish to‘g‘risida tushunchalar.
2. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlarning tasir chiziklarini chizish.
Tayanch iboralar: fermalarda tasir chiziqlar chizish, ferma tayanch reaksiyalari va sterjenlaridagi zo‘riqishlarning tasir chiziqlari
1. Fermalarda tasir chiziqlar chizish to‘g‘risida tushunchalar.
Ba’zi hollarda tekis fermalarga doimiy yuklardan tashqari harakatdagi yuklar ham ta’sir etadi. Ma’lumki, qo‘zg‘almas tashqi yuklar fermaning sharnirli tugunlariga qo‘yiladi deb qaralganligi sababli harakatdagi ko‘chma yuk ham fermani sharnirli tugunlariga ketma-ket qo‘yib qaraladi. Harakatdagi yuk ta’siridan ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlar miqdori o‘zgarib boradi. Zo‘riqishlarning o‘zgarishini tasvirlash uchun ta’sir chiziqlari quriladi.
Harakatdagi yukning ferma tugunlariga qo‘yib qaralishi balkaga yuklarni tugunlar orqali uzatishga aynan o‘xshashdir. Shu sababli ferma elementlaridagi zo‘riqishlarning ta’sir chiziqlarini chizishda yuklarning tugun orqali asosiy balkaga uzatishdagi ta’sir chiziqlar chizish qoidalari qo‘llaniladi.
2. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlarning tasir chiziqlarini chizish.
Ferma elementlarida ta’sir chizig‘ini chizish tartibini quyidagi misolda ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |