Ii hisoblash grafik ishi statik aniq oddiy fermani hisoblash


Misol. 9.1-rasmda tasvirlangan poligonal ferma elementlaridagi zo‘riqishlarning ta’sir chizig‘ini chizish talab qilinsin


Download 196.5 Kb.
bet4/6
Sana01.05.2023
Hajmi196.5 Kb.
#1420252
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Hisob grafik ish

Misol. 9.1-rasmda tasvirlangan poligonal ferma elementlaridagi zo‘riqishlarning ta’sir chizig‘ini chizish talab qilinsin. h = 2 m; d = 1 m.


Yechish: R=1 yuk fermaning pastki belbog‘i bo‘ylab harakatlansin.


a ). Ferma tayanch reaksiyalarining ta’sir chiziqlarini chizish.

Ferma tayanch reaksiyalarining ta’sir chiziqlari oddiy balka tayanch reaksiyalar ta’sir chiziqlariga aynan o‘xshash bo‘ladi.




b). Fermaning pastki belbog‘i sterjeni zo‘riqishining ta’sir chizig‘ini chizish.

Pastki belbog‘ning 3-5 elementidagi U3-5 zo‘riqishining ta’sir chizig‘ini chizish uchun fermani I-I kesim bo‘yicha kesib, ko‘chma birlik yukning ikki holatini tekshiramiz.


1-holat. Birlik yuk (R=1) kesim o‘tkazilgan paneldan chap tomonda harakatlanadi, ya’ni 0 ≤ x≤ d.
Fermaning o‘ng qismi uchun muvozanat tenglamasini yozib, U3-5chap ni aniqlaymiz.

åM6o‘ng = 0; - RB ×4d + U3-5chap × h5-6 = 0,


bundan (a)


Demak, U3-5chap ning ta’sir chizig‘i RB tayanch reaksiyasining ta’sir chizig‘i kabi bo‘lib, RV ning ordinatalari o‘zgarmas ga ko‘paytirilgan bo‘ladi. (a) tenglama U3-5 zo‘riqish ta’sir chizig‘ining chap chiziq tenglamasi deyiladi va R=1 yuk kesimdan chapda harakatlanganida U3-5 sterjen zo‘riqishining o‘zgarishini ifodalaydi.


2-holat. R=1 ko‘chma yuk kesim o‘tkazilgan paneldan o‘ng tomonda harakatlanadi (2d £ x £ 6d). Bu hol uchun ham 6 moment nuqtaga nisbatan fermaning chap qismida yotgan kuchlar momentlarining yig‘indisi nolga tengligi shartidan foydalanamiz, ya’ni
åM6chap = 0; RA ×2d - U3-5o‘ng × h5-6 = 0,
bundan U3-5o‘ng = (b)
Demak, R=1 yuk kesimdan o‘ngda harakatlanganida, U3-5o‘ng zo‘riqishning ta’sir chizig‘i oddiy balka A tayanch reaksiyasining ta’sir chizig‘i kabi bo‘ladi, lekin uning ordinatalari o‘zgarmas miqdor ga ko‘paygan bo‘ladi. (b) tenglama o‘ng chiziq tenglamasi deyiladi va u R=1 yuk kesim o‘tkazilgan paneldan o‘ng tomonda harakatlanayotganda zo‘riqishning o‘zgarishini xarakterlaydi. Uning kerakli qismi 2d ≤ x ≤ 6d oraliqda bo‘ladi (10.1-rasm, b). R=1 yuk kesilgan panelda harakatlanayotganda U3-5 zo‘riqishning o‘zgarish qonunini ifodalovchi uzatish chizig‘i 3-5 chap chiziq ustida yotadi. Shunday qilib, U3-5 sterjen zo‘riqishining ta’sir chizig‘i 10.1-rasm, b da tasvirlangandek bo‘ladi.



Download 196.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling