BUXGALTERIYA REGISTRLARI
Mahalliy byudjetlarning ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi:
a) 1-f-sonli shakldagi "Bosh jurnal" daftari (18-ilovasi);
b) 3-f-sonli shakldagi byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjet mablag’lari bo’yicha talab qilib olinadigan asosiy depozit hisobvaraqlari va kassa xarajatlari bo’yicha daftari (19-ilovasi);
v) 4-f-sonli shakldagi Boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar daftari (20-ilovasi);
g) 5-f-sonli shakldagi Daromadlar daftari (21-ilovasi).
Jamg’arma byudjetining ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobiga o’xshash tarzda quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi:
a) 1-MTJ-sonli shakldagi "Bosh jurnal" daftari (22-ilovasi);
b) 3-f-sonli shakldagi Jamg’arma mablag’lari oluvchilarning Jamg’arma mablag’lari bo’yicha talab qilib olinadigan asosiy depozit hisobvaraqlari va kassa xarajatlari bo’yicha daftari (23-ilovasi);
v) 4-MTJ-sonli shakldagi Jamg’armalar o’rtasidagi hisob-kitoblar daftari (24-ilovasi);
g) 5-MTJ-sonli shakldagi Daromadlar daftari (25-ilovasi).
2.3.Moliya organlari, g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjet hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansining tuzilishi.
O’zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hamda respublika Jamg’armasi byudjetining ijro etilish hisobining yagona hisobvaraqlar rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |