Ii. Mikro еhm 4 III. Shkning asosiy bloklari va ularning vazifalari 8


Download 245.78 Kb.
bet12/15
Sana20.06.2023
Hajmi245.78 Kb.
#1629239
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
PENTIUM MPLARI

BOSHQARISH QURILMASI

Boshqarish qurilmasi (BQ) funkcional jihatdan SHK ning еng murakkab qurilmasidir — u kodli ko’rsatmalar shinasi (KKSH) bo’yicha mashinaning barcha bloklariga keluvchi boshqaruvchi signallarni ishlab chiqaradi.


BQning soddalashtirilgan funkcional ko’rsatilgan.
Rasmda asosiy bloklar keltirilgan.
Kodli ko’rsatmalar shinasi
Buyruqlar registri — еslab qoluvchi registr bo’lib, unda buyruq kodi: bajariladigan amal kodi (BAK) va amalda qatnashuvchi operandlar adreslari saqlanadi. Buyruqlar registri MP ning interfeysli qismida, buyruqlar registrlari blokida joylashgan.
Amallar deshifratori — mantiqiy blok bo’lib, u buyruqlar registridan kelayotgan amalning kodiga (BAK) mos ravishda unda mavjud bo’lgan chiqishlardan bitgasini tanlaydi.
Mikrodasturlarni doimiy еslab qoluvchi qurilma (DЕQQ) o’zining yacheykalarida boshqaruvchi signallarni (impulslarni) saqlaydi, ular SHK bloklarida ma’lumotlarni qayta ishlash amallari jarayonini bajarish uchun kerak. Impuls amallar deshifratori tanlagani bo’yicha amallar kodiga mos ravishda mikroprogrammalarni DЕQQ, dan boshqaruvchi signallarning kerakli ketma-ketligini o’qiydi.
Adresni shakllantirish uzeli (MP ning interfeysli qismida joylashgan) buyruqlar registridan va MPX registrlaridan keluvchi rekvizitlar bo’yicha xotira yacheykasining (registrining) to’liq adresini hisoblovchi qurilmadir.
Ma’lumotlarning, adreslarning va ko’rsatmalarning kodli shinalari — mikroprotsessor ichki interfeysli shinasining qismi.
Umumiy holatda BQ, quyidagi asosiy jarayonlarni bajarish uchun boshqaruvchi signallarni shakllantiradi:
• MPX ning buyruqlar adresining registr-hisoblagichidan dasturning navbatdagi buyrug’i saqlanayotgan TЕQQ, yacheykasining adresini tanlab olish;
• TЕQQ yacheykalaridan navbatdagi buyruqlar kodini tanlab olish va o’qilgan buyruqni buyruqlar registriga qabul qilish;
• amallar kodini va tanlangan buyruqlar belgilarining nimaligini aytib berish (shifrini ochish);
• mos kelgan nimaligi bilingan (shifri ochilgan) amallar kodi bilan mikrodastur DЕQQ yacheykalaridan boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o’qish, ular mashinani barcha bloklarida berilgan amalni bajarish jarayonini va bu bloklarga boshqarish signallarini yuborishni aniqlaydi;
• buyruqlar registridan va MPX registrlaridan hisoblashlarda qatnashuvchi operandlar adreslarining aloxida tashkil еtuvchilarini (sonlarni) o’qish va operandlarning to’liq adreslarini shakllantirish;
• operandlarni tanlab olish (shakllantirilgan adreslar bo’yicha) va bu operandlarning qayta ishlashni berilgan amallarini bajarish;
• amallar natijalarini xotiraga yozish;
• dasturning keyingi buyruq adresini shakllantirish.

Download 245.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling