Ii. Mikro еhm 4 III. Shkning asosiy bloklari va ularning vazifalari 8


Buyruqlarning konveyerli bajarilishi


Download 245.78 Kb.
bet8/15
Sana20.06.2023
Hajmi245.78 Kb.
#1629239
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
PENTIUM MPLARI

Buyruqlarning konveyerli bajarilishi — bu natijalarni MP ning bir qismidan boshqa qismiga bevosita uzatishda, MP ni turli qismlarida ketma-ket buyruqlarning turli taktlarini bir vaqtda bajarishdir. Buyruqlarning konveyerli bajarilishi SHK ning tezkorlilik bo’yicha samaradorligini 2—3 marta ortgiradi;
• 80286 va undan yuqori MP ning hisoblash tarmog’ida ishlash imkoniyati;
• 80286 va undan yuqori MP ning ko’p masalalar bilan ishlash
(ko’p dasturlar bilan) imkoniyati va bunga mos xotira himoyasi.
Zamonaviy mikroprotsessorlar ikkita ish rejimiga еga:
haqiqiy (bitta masalali), unda faqat bittp dastur bajarilishi mumkin va kompyuter asosiy xotirasining faqat 1024 Kbayti bevosita adreslanishi mumkin, qolgan (kengaytirilgan) xotiraga еsa faqat maxsus drayverlar ulangandagina murojaat qilish mumkin;
himoyalangan (ko’p masalali), bu rejimda birdaniga bir nechta dasturlarning bajarilishi, bevosita adreslash va SHK da bor bo’lgan barcha asosiy xotiraga to’g’ridan to’g’ri murojaat qilish (qo’shimcha drayverlarsiz), uning bajarilayotgan dasturlar o’rtasida avtomatik taqsimlanishi va mos ravishda uni, begona dasturlar tomonidan murojaat qilinishidan himoyalash ta’minlanadi;
• 80386 va undan yuqori MP larda virtual mashinalar tizimi rejimini qo’llab-quvvatlash.
Virtual mashinalar tizimi ko’p masalali ish rejimining yanada rivojlanishi bo’lib, unda har bir masala o’zining operatsion tizimi boshqaruvi ostida bajarilishi mumkin, ya’ni bitta MP da guyo, parallel ishlaydigan va turli xil operaciey tizimlarga еga bo’lgan bir nechta kompyuterlar modellashtiriladi.

V. PENTIUM MIKROPROCESSORLARI


80586 (R5) mikroprotsessorlari Intel firmasi tomonidan patentlantan Pentium tavar markasi bo’yicha ko’proq ma’lumdir (boshqa firmalarning 80586 MP boshqacha belgilanishga еga: AMD firmasida K5, Cyrix firmasida Ml va b.).
Bu mikroprotsessorlar besh pag’onali konveyerli strukturaga еga bo’lib, u ketma-ket buyruqlarning bajarilish taktlarini ko’p marotaba birgalikda ishlashini ta’minlaydi va yana boshqarishni shartli uzatish buyruqlari uchun kеsh-buferga еga bo’lib, u dasturlarni tarmoqlanish yo’nalishini oldindan aytish imkonini beradi; samarali tezkorligi bo’yicha ular har bir buyruqni go’yoki bir takt ichida bajaradigan RISC MP lariga yaqinlashadi. Pentium 32 razryadli adresli shinaga va 64-razryadli ma’lumotlar shinasiga еgadir. Tizim bilan qiymatlarni almashish sekundiga 1 Gbayt tezlik bilan bajarilishi mumkin.
Hamma Pentium MP larida har biriga 16 Kbaytdan alohida buyruqlar uchun, alohida ma’lumotlar uchun sozlangan kеsh-xotira va 2-darajali kеsh-xotiraning sozlangan nazoratchisi (bu nazoratchini MP ning ichki chastotasida ishlashini ta’minlaydi) bor; maxsuslashgan konveyerli apparatli qo’shish, ko’paytirish va bo’lish bloklari bor bo’lib, ular siljib yuradigan nuqtali amallarning bajarilishini jiddiy tezlashtiradi.

Download 245.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling