Ii. Mikro еhm 4 III. Shkning asosiy bloklari va ularning vazifalari 8
Download 245.78 Kb.
|
PENTIUM MPLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHK KONSTRUKCIYASI ЕLEMENTLARI
- MIKROPROSESSORLAR Mikroprotsessor
- Adres kengligi
Uzilishlar nazoratchisi uzulish jarayonlariga xizmat ko’rsatadi, tashqi qurilmalardan uzulishga so’rovni qabul qiladi, bu so’rovni muhimlilik darajasini aniqlaydi va MP ga uzulish xabarini beradi. MP, bu xabarni olib, joriy dasto’rning bajarilishini to’xtatadi va tashqi qurilma so’ragan uzulishning maxsus xizmat ko’rsatish dasturini bajarishga o’tadi. Xizmat ko’rsatish dasturi bajarilgandan so’ng uzilgan dasto’rni bajarilishi qayta tiklanadi. Uzilishlar nazoratchisi dasturlanadigan hisoblanadi.
SHK KONSTRUKCIYASI ЕLEMENTLARI Konstrukciya jihatdan SHK markaziy tizim bloki ko’rinishda bajarilgan, bu blokka raz’yomlar — ulanish joylari orqali tashqi qurilmalar: xotiraning qo’shimcha bloklari, klaviatura, displey, printer va b. ulanadi. Tizim bloki odatda o’z ichiga tizim platasi, manba bloki, disklardagi yig’uvchilar, qo’shimcha qurilmalar va nazoratchilar bilan kengaytirish platalari — tashqi qurilmalar adapterlarini oladi. Tizim platasida (ko’pincha uni bosh (onalik) plata — motherboad deb atashadi) o’z navbatida quyidagilar joylashadi: • mikroprotsessor; • matematik soprotsessor; • taktli impulslar generatori; • TЕQQ, va DЕQQ, modullari (mikrosxemalar); • CMOS — xotira mikrosxemasi; • klaviatura, QDODY va ЕMDY adapterlari; • uzulishlar nazoratchisi; • taymer va b. Ularning hammasi bosh plataga raz’yomlar (slotlar) yordanida ulanadi. IV.MIKROPROTSESSORLARMIKROPROSESSORLAR Mikroprotsessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU), — dasturli boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funkcional tugallangan qurilma bo’lib, u bitta yoki bir nechta katta (KIS) yoki juda katta (JKIS) integral sxemalar ko’rinishda tayyorlangan. Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi: •asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o’qish va deshifrlash (ochish); • ma’lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining registrlaridan o’qish; • so’rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK, larga xizmat ko’rsatish uchun qabul qilish va qayta ishlash; • ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK, adapterlarining registrlariga yozish; • SHK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish. Mikroprotsessor qiymatlar shinasining razryaoliligi SHK ning razryadliligani aniqlaydi; MP adreslar shinasini razryadliligi uning adres kengligini aniqlaydi. Adres kengligi — bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni bo’lib, u bevosita mikroprotsessor tomonidan adreslanishi mumkin. Birinchi MP 4004 mikroprotsessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprotsessorlar chiqarilmoqda, lekin еng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga o’xshash firmalarning mikroprotsessorlaridir. Barcha mikroprotsessorlarni 3 ta guruhga bo’lish mumkin: — CISC tipidagi (Complex Instruction Set Command) to’liq to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP; — RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP; — MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal to’plamli buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi). Download 245.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling