Ii. Mikro еhm 4 III. Shkning asosiy bloklari va ularning vazifalari 8


Foydalanuvchining muloqat vositalari


Download 245.78 Kb.
bet5/15
Sana20.06.2023
Hajmi245.78 Kb.
#1629239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
PENTIUM MPLARI

Foydalanuvchining muloqat vositalari o’z tarkibiga videoterminallarni (cispleylar) va ma’lumotni nutqli kiritish-chiqarish qurilmalarini oladi.
Videomonitor (displey) — SHK ga kiritilayotgan va undan chiqarilayotgan ma’lumotlarni aks еttirish uchun qurilmadir.
Nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari tez rivojlanayotgan multimedia vositalariga kiradi.
Nutqli kiritish qurilmasi — bu turli xil mikrofonli akustik tizimlar, "tovushli sichqonlar", masalan, odam talaffuz qilayotgan harf va so’zlarni anglay oladigan, ularni identifikaciya qiladigan va kodlaydigan murakkab dasturli ta’minot.
Nutqli chiqarish qurilmasi — bu kompyuterga ulangan baland gapiruvchilar (dinamiklar) yoki tovushli kolonkalar orqali ishlab chiqariladigan, raqamli kodlarni harf va so’zlarga o’zgartirishni bajaradigan turli xil tovush sintezatorlari.
Ma’lumotlarni kirtish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
• klaviatura — SHK ga sonli, matnli va boshqaruvchi axborotni qo’lda kiritish uchun qurilma;
• grafik planshetlar (digitayzerlar) — planshet bo’yicha maxsus ko’rsatkichni (peroni) harakatlantirish yo’li bilan grafik ma’lumotlarni, tasvirlarni qo’lda kiritish uchun pero siljiganda uning koordinatalari uqiladi va bu ma’lumotlar SHKga kiritiladi;
• skanerlar (ukuvchi avtomatlar) — mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarni qog’ozdagi tashuvchilardan avtomatik o’qish va SHK ga kiritish uchun;
• ko’rsatish qurilmalari (grafik manipulyatorlar) — grafik axborotni displey еkraniga kiritish uchun kursor harakatini еkran bo’yicha boshqarish yo’li bilan va keyinchalik kursor koordinatini kodlash va uni SHK ga kiritish bilan (joystik — richag, "sichqoncha", trekbol — gardishdagi shar, yorug’lik perosi va b.);
• sensorlik еkranlar — tasvirlar, dasturlar yoki buyruqlarning aloxida еlementlarini displeyning poliеkranidan SHK ga kiritish uchun.
M a’lumotlarni chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
• printerlar — ma’lumotni qog’ozli tashuvchida qayd еtish uchun yozuvchi qurilma;
• grafik ko’ruvchilar (plotterlar) — grafik ma’lumotni (grafiklar, chizmalar, rasmlar) SHK dan qog’ozdagi tashuvchiga chiqarish uchun.
Aloqa va telekommunikatsiya qurilmalari priborlar va avtomatlashtirishning boshqa vositalari bilan (interfeyslar moslashtiruvchilari, adapterlar, raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar va sh.o’.) aloqa qilish uchun va SHK ni aloqa kanallariga, boshqa ЕHM va hisoblash tarmoqlariga (tarmoqli interfeysli plata, "ulanishlar", qiymatlarni uzatish multipleksorlari, modemlar) ulash uchun ishlatiladi.
Xususan, 14-rasmda ko’rsatilgan tarmoqdi adapter SHK ning tashqi interfeysidir va u uni aloqa kanaliga boshqa ЕHM lar bilan axborot almashish uchun, hisoblash tarmog’i tarkibida ishlashga ulanishi uchun xizmat klladi. Tarmoqli adapter sifatida ko’pincha modulyator-demodulyator ishlatiladi.
Yuqorida aytib o’tilgan qurilmalarni ko’pchiligi shartli ajratilgan guruhga — multimedia vositalariga mansubdir.
Multimedia (multimedia — ko’p vositalilik) vositasi — bu apparat va dastur vositalari to’plani bo’lib, u odamga kompyuter bilan o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli xil muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animaciya va b. ishlatib, muloqot qilishni ta’ninlaydi.
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni nutqli kiritish va chiqarish qurilmalari; kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoеkranli mikrofonlar va videokameralar, akustik va videotasvirga oluvchi tizimlar; tasvirni videomagnitofondan yoki videokameradan oluvchi va uni SHK ga kirituvchi tovushli va videoplatalar, video ushlab oluvchi platalar; hozirdayoq keng tarqolgan skanerlar (chunki ular kompyuterga yozilgan matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); va nixoyat, ko’pincha tovushli va videoma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan, optik diskdagi katta sig’imli tashqi еslab qolish qurilmalari.

QO’SHIMCHA INTEGRAL MIKROSXEMALAR


SHK ning tizimli shinasiga va MP ga tipik tashqi qurilmalar  bilan bir qatorda ba’zi bir qo’shimcha integral mikrosxemalar ulangan bo’lishi mumkin; ular mikroprotsessorning ish imkoniyatlarini kengaytiradi va yaxshilaydi: matematik soprotsessor, xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi, kiritish-chiqarish soprotsessori, uzilishlar nazoratchisi va b.


M atematik soprotsessor qayd qilingan va ko’chib yuradigan nuqtali ikkilik sonlar ustida, ikkilik kodlangan o’nlik sonlar ustida amallar bajarishni tezlashtirish uchun, ba’zi bir transtsendent, shu jumladan trigonometrik funktsiyalarni hisoblash uchun keng ishlatiladi. Matematik soprotsessor o’zining buyruqlar tizimiga еga va asosiy MP bilan parallel (vaqt bo’yicha kelishilgan holda), lekin MP boshqaruvi ostida ishlaydi. Amallarni bir necha o’n martalab tezlashtiradi. MP ning oxirgi modellari, 80486 DX MP dan boshlab, soprotsessorni o’z strukturasi ichiga olgan.
Xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi MP ni magnit disklardagi yig’uvchilarni bevosita boshqarishdan holos еtadi, bu еsa SHK ning samarali tezkorligini jiddiy oshiradi. Bu nazoratchisiz TXQva TЕQQ orasidagi qiymatlarni almashish MP registri orqali ikki qadamda, nazoratchi bor bo’lganda еsa bir qadamda amalga oshiriladi qiymatlar bevosita, MP ni chetlab o’tib, TXQ, va TЕQQ, o’rtasida uzatiladi.
Kiritish-chiqarish soprotsessori — MP bilan parallel ishlashi hisobiga, bir nechta tashqi qurilmalarga (displey, printer, QMDY, ЕMDY va b.) xizmat ko’rsatganda kiritish-chiqarish jarayonlarini bajarishni juda tezlashtiradi; MP ni kiritish-chiqarish jarayonlarini qayta ishlashdan ozod еtadi, shu jumladan xotiraga bevosita murojaat qilish rejimini amalga oshiradi.
Uzilishlarning nazoratchisi SHK da muhim rol o’ynaydi.
Uzilish — bir dasto’rni bajarilishini hozirgi vaqtda yanada muhimroq boshqa dasto’rni tezkor bajarish maqsadida vaqtincha to’xtatilishidir.
Uzilishlar kompyuterni ishlashida doimo paydo bo’ladi, shuni aytish etarliki, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning hamma jarayonlari uzulishlar bilan bajariladi, masalan, taymerdan uzulishlar uzulish nazoratchisi tomonidan sekundiga 18 marta hosil qilinadi va xizmat ko’rsatiladi (tabiiyki, foydalanuvchi ularni sezmaydi).
Uzilishlar quyidagilarga bo’linadi:
• kiritish-chiqarish bazaviy tizimidan uzulishlar yoki quyi daraja uzulishlar;
• operatsion tizimdan uzulishlar yoki yuqori daraja uzulishlari. Izox,. Uzilishlar to’g’risida to’liqroq ma’lumotni [3] ishdan bilib olish mumkin.

Download 245.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling