Ii. Mikro еhm 4 III. Shkning asosiy bloklari va ularning vazifalari 8
VI. TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
Download 245.78 Kb.
|
PENTIUM MPLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
VI. TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI1) Komp'yuterni ishlatish va elektr xavfsizligi qoidalari bo`yicha yo`riqnoma olgan shaxslargagina komp'yuterda ishlashga ruhsat beriladi. 2) Erga ulanish himoya tizimiga ega bo`lmagan komp'yuterlarda ishlash qat'iyan man etiladi. 3) Komp'yuterda ishlashni boshlashdan oldin komp'yuter tashqi qobig`ining yer bilan ulanish himoya tizimining soz holatda ekanligini tekshirish lozim. 4) Komp'yuterni umumiy elektr ta'minoti tarmog`iga ulanishi ximoyali elektor ta'minoti uzaytirgich (PIP) orqali amalga oshirish lozim. 5) Ishni boshlashdan avval : Komp'yuterlarda va ish joyida elektr simlarining ochilib qolgan joylari yo`qligini tekshirib qo`yish. Stulning balandligi unda o`tirib ishlaydigan kishining bo`yiga shunday moslashtirilishi kerakki, u monitor ekrani markaziga to`g`ri qarasin. Ushbu masofa belgilanganidan kam bo`lsa, ishchining ko`zi tez charchaydi. Har 1,5-2 soat ishlagandan keyin 10-15 daqiqa dam olish kerak. Bunda monitor qarshisida o`tirmaslik tafsiya etiladi 6) Komp'yuterda ishlayotgan vaqtda: Komp'yuterda odatdagidan tashqari ovoz chiqsa, kuygan xid chiqsa yoki o`z o`zidan o`chib qolsa, elektr tarmog`idan uzib, (texnik xizmat ko`rsatish) muxandislarga zudlik bilan xabar qilish lozim Komp'yuterda ishlayotgan vaqtda bukchaymasdan oldinga salgina engashgan xolda to`g`ri o`tirib ishlashi kerak. Klaviaturadan ma'lumotlar kiritilayotganda klavishlar yumshoq bosilishi ularga qattiq urmaslik kerak. Komp'yuterni yoqish (ishga tushirish) tartibi: 1) Protsessor 2) Monitor 3) Printer Komp'yuterni o`chirish tartibi: 1) Monitor 2) Protsessor 3) Printer Komp'yuterlarni noto`g`ri ulash, elektr toki bilan og`ir jaroxatlanishga olib kelishi, apparatlarning quyishiga sabab bo`lishi mumkin. Maktab bo`linmalarida qimmat turadigan va extiyotkorlik bilan ishlashni talab qiladigan komp'yuterlar, printerlar va boshqa texnik vositalar o`rnatilgan bo`lib, ulardan nihoyatda extiyotkorlik bilan foydalanish lozim. O`zbekiston Respublikasining Mehnat qonuniga binoan komp'yuter texnikasining buzilishiga aybdor bo`lgan o`quvchilar intizomiy va moddiy javobgarlikka tortiladilar. Quyidagilar qat'iy man etiladi - Komp'yuter yo`riqnomasi bilan tanishmay unda ishlash - oldin tayyorgarlik ko`rmasdan komp'yuterni yoqish, ishga tushirish, o`chirish shuningdek unda ishlash - apparatlarni yoqayotganda biriktiruvchi kabellar razyomiga tegish - ekranga va klaviaturaning ichkari tomoniga tegish - monitor, klaviatura va protsessor ustiga disklar, kitoblar va boshqa narsalar qo`yish - nam kiyim va xo`l qo`llar bilan ishlash - protsessorni o`chirgandan keyin darxol uni yoqish - Komp'yuter yoqilmagan bo`lsa, klaviaturadan foydalanish mumkin emas - Komp'yuter texnikasi joylashgan xonalarda ovqatlanish qat'iyan man etiladi Yodingizda tuting ! Kuygan xid chiqishi bilan darxol ishni to`xtating, apparatni o`chiring, bu xaqida komp'yuterlarni ta'mirlash bo`limiga telefon orqali xabar bering. Zarur xollarda o`t o`chirish choralarini ko`ring, har bir kishi o`t o`chirish vositalaridan foydalanishni bilishini lozim. Xar bir komp'yuter xonasi yong`in chiqqan holda ovoz signali va o`t o`chirish vositasi OU-5 bilan jihozlangan bo`lishi shart. FOYDALANILGAN ADABIYOTLARM.Aripov, A.Haydarov "INFORMATIKA ASOSLARI" 2. S.S. G`ulomov A.T.Shermuxamedov B.A.Begalov "IQTISODIY INFORMATIKA" 3. V.L. Broydo "OFIS TEXNIKASI" 4. A.Axmedov, Taylaqov "INFORMATIKA" 5. WWW.Markaz.uz 6. WWW.BILIM.UZ 7. A.A.Abduqodirov, A.G`.Hayitov, R.R.Shodiyev "AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" 8. Skott Myuller "MODERNIZATSIYA I REMONT PK" Download 245.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling