Ii-qism Toshkent-2010
Download 1.29 Mb.
|
Физика маъруза ELEKTR lotin 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- MODDALARNING KORPUSKULYAR TO’LQIN DUALIZMI
- Тayanch so`z va iboralar
- Geyzenbergning noaniqlik munosabati.
Nazorat savollari
Atom spektrlari xaqida tushuncha. Atom spektridagi seriyalar. Atomni spektridagi qonuniyatlar. Atomni Tomson modeli. Rezerford tajribalari. Atomni yadro modeli. Bor postulotlari. Frank va Gers tajribalari. 14 - Ma’ruza MODDALARNING KORPUSKULYAR TO’LQIN DUALIZMI Reja Moddalarning korpuskulyar to`lqin dualizmi. De-Broyl formulasi. Geyzenbergning noaniqlik munosabati. Shredenger tenglamasi va uni tatbig`i. Kvant mexanikasida vodorod atomi. Paramagnit rezonans Majburiy nurlanish. Lazerlar. O`tao`tkazuvchanlik hodisasi. Тayanch so`z va iboralar: elektron, ichki energiya, diskret qiymat, kulon kuchi, potensial energiya, yorug`lik chastotasi, ikki yoqlama xarakter,to`lqin, difraksiya, foton, mikrozarra, sababiyat prinsipi, tezlik, impuls, energiya. Moddalarning korpuskulyar-to`lqin dualizmi. De-Broyl formulasi. Yorug`likning tabiati xaqidagi bilimlarimizning chuqurlashishi natijasida-optikaviy hodisalarda o`ziga xos dualizm (ikki yoqlama xarakteri) birligi anqilanadi. Yorug`likning to`lqin tabiatini bevosita ko`rsatuvchi xususiyatlari bilan birgalikda shunday xususiyatlari ham borki, ular yorug`likning korpuskulyar tabiatini bevosita ko`rsatadi. 1924 yilda Fransuz fizigi de-Broyl dualizm faqat optikaviy hodisalarga xos xususiyat bo`lmay, balki u universal axamiyatga ega degan ajoyib gipotezani ilgari surdi. De-Broyl moddaning zarralari korpuskulyar xususiyat bilan birga to`lqin xususiyatga ham ega deb faraz qilib, modda zarralariga yorug`lik uchun o`rinli bo`lgan bir manzaradin ikkinchisiga o`tish qoidalarini o`lladi. Ma’lumki foton (1) energiya va (2) impulsga ega De-Broyl g`oyasiga asosan elektron xarakati to`lqin uzunligi (3) De-Broyl gipotezasi tez orada eksperemental ravishda tasdiqlandi. 1927 yilda Devisson va Jermer kristall plastinkada sochilayotgan
Bu tajribalar natijalari to`lqin xususiyatlar uchun ham tegishlidir degan xulosaga keldilar. 1926 yilda M.Born elektromagnit nurlanish hamda xarakatlanayotgan mikrozarralar dualistik holatlarining umumiyligiga asoslanib de-Broyl to`lqinining fizik ma’nosini statistik tarzda izoxlab berdi. Хaqiqitan ham fazoning biror nutasidagi yorug`lik to`lqin amplitudasining kvadrati ayni nuqtaga tushayotgan yorug`lik fotonlarining soniga, ya’ni yorug`lik intensivligiga proporsional edi. Boshqacha aytganda, fazoning biror nuqtasiga fotonlarning tushish extimolligi ayni nuqtadagi yorug`lik to`lqin amplitudasining kvadrati (E2m) bilan aniqlanar edi. Bunga qiyos qilib M.Born harakatlanayotgan mikrozarralar bilan bog`liq bo`lgan de-Broyl to`lqin amplitudasining kvadrati fazoning ayni nuqtasidagi mikrozarrani qayd qilish extimolligini xarakterlaydi, deb tushuntiradi. Demak, elektronlar difraksion sodir bo`lgan tajribalarda ekranning difraksion maksimum kuzatilgan sohalaridagi nuqtalarda de-Broyl to`lqin amplitudasining kvadrati maksimal qiymatga erishadi. Aksincha de-Broyl to`lqin amplitudasining kvadrati minimal qiymatlarga ega bo`lgan ekranning nuqtalarida esa difraksion minimum kuzatiladi. Geyzenbergning noaniqlik munosabati. Harakatlanayotgan mikrozarralarda to`lqin xususiyatlarining namoyon bo`lishi klassik mexanika tushunchalarini mikrozarralarga qo`llashda qandaydir chegaralashlar mavjudligidan dalolat beradi. Klassik mexanikada jismning biror ondagi holati ma’lum bo`lganda uningixtiyoriy keyingi vaqtlardagi holatlarini oldindan aniq, aytib berish mumkin. Masalan massasi m bo`lgan jism x0 balandlikdan og`irlik kuchi ta’sirida erkin tushayotgan bo`lsin. Kuzatish boshlangan vaqtda (t=0) jismning tezligi nolga teng (0=0) kuzatish boshlangandan ixtiyoriy vaqt o`tgach makrozarraning o`rnini formula orqali, impulsini esa formula orqali oldindan aniq aytib berish mumkin. Mikrozarralar misolida esa ahvol butunlay boshqacha. Avvalo mikrozarralar to`lqin xususiyatiga ega, shuning uchun ular aniq trayektoriya bo`yicha harakat qilmaydilar. Bunday holda mikrozarralarning koordinatilari va impulslarini bir vaqtda aniq o`lchash mumkin emas. ( to`lqin soni u holda ) Mikrozarraning koordinatasi aniroq (zarracha o`tayotgan tirqish kengligi x kichikro) bo`lsa, uning impulsi r ni kamroq aniqlik bilan o`lchash mumkin bo`ladi, bunda Plank doimiysi barcha fizik o`lchamlarda chegaraviy faktor bo`lib xizmat qiladi: (1) Bundan tashqari mikrozarraning energiyasi va vaqtni o`lchashdagi noaniqliklar uchun quyidagi munosabat o`rinli (2) (1) va (2) munosabatlar 1927 yilda V.Geynzenberg tomonidan aniqlandi va uning nomi bilan Geyzengberg noaniqligi deyiladi.(1) ifoda koordinata va unga mos keluvchi impuls noaniqliklarning ko`paytmasi h tartibidagi kattalikdan kichik bo`la olmasligini bildiradi. Bu kattaliklardan biri x yoki Px qanchalik aniq topilgan bo`lsa, ikkinchi kattalikning noaniqligi shunchalik katta bo`ladi. Zarraning shunday holatlari ham bo`ladiki, kattaliklardan biri aniq qiymatga ega bo`ladi, lekin bu vaqtda ikkinchi kattalik butunlay noaniq bo`ladi. Noaniqliklar munosabati mikrozarralarning ikkiyolama korpuskulyar-to`lqin tabiatini aks ettiradi. Bu munosabat elektronning atom yadrosiga tushuntirishga, shuningdek oddiy atom o`lchamini va bunday atomdagi elektronning minimal energiyasini baholashga imkon beradi. Agar elektron nuqtaviy yadroga tushsa uning koordinatasi va impulsi aniq (nol) qiymati qabul qilgan bo`lar edi, bu esa noaniqlik munosabati prinsipiga to`g`ri kelmasligini ko`rsatadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling