Ii. Qonun loyihasini tayyorlash


-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribani hisobga olish


Download 45.97 Kb.
bet3/9
Sana04.04.2023
Hajmi45.97 Kb.
#1328276
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
qonun

15-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribani hisobga olish
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari hisobga olinadi, shuningdek qonun bilan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasi o‘rganiladi.
16-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda jamoatchilik fikrini o‘rganish
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritguniga qadar jamoatchilik fikrini o‘rganishni, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida o‘rganishni tashkil etishga haqlidir. Qonun loyihasi bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish tartibi va shakli qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan belgilanadi.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining yangi turlarini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkaziladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash ular huquqiy ekspertizadan o‘tkazilguniga qadar amalga oshiriladi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
17-modda. Qonun loyihasini taqriz uchun yuborish
Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga, shuningdek manfaatdor davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuborilishi mumkin.
Qonun loyihasi faqat qonun loyihasi borasidagi ishlar tugallanganidan va u bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilganidan keyin qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan taqriz uchun yuboriladi.

Download 45.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling