Ii. Qonun loyihasini tayyorlash


-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar


Download 45.97 Kb.
bet8/9
Sana04.04.2023
Hajmi45.97 Kb.
#1328276
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
qonun

27-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1) qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
Oldingi tahrirga qarang.
2) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi;
(27-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi kerak bo‘lgan qonunosti hujjatlarining ro‘yxati;
Oldingi tahrirga qarang.
31) xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonunchiligining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qo‘llanilishining maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda ko‘rsatilgan tahliliy qiyosiy jadval.
(27-modda birinchi qismining 31-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda mazkur organlarning qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi tegishli qarori taqdim etilishi kerak.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qonun loyihasi matnining hamda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan materiallarning nusxalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvardagi 368-III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 116-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”ning 6-moddasi.

Download 45.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling