Ii. Qonun loyihasini tayyorlash


-modda. Qonun loyihasining moliyaviy-iqtisodiy asoslari


Download 45.97 Kb.
bet7/9
Sana04.04.2023
Hajmi45.97 Kb.
#1328276
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
qonun

25-modda. Qonun loyihasining moliyaviy-iqtisodiy asoslari
Moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonun loyihasini tayyorlashda unga moliyaviy-iqtisodiy asoslar ilova qilinadi, mazkur asoslarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kelishuv uchun majburiy tartibda yuboradi. Javob O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilishi kerak.
Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi bo‘lishi zarur. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilishi kerak.
IV. Qonunlar loyihalarini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan
Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi

26-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumida muhokama etiladi va uni Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi O‘RQ-631-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son)
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputati va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan tayyorlangan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi qaror har bir qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan alohida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili ko‘rsatiladi, u qonun loyihasini Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish chog‘ida ishtirok etadi. Qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida ma’ruza bilan so‘zga chiqadigan vakili ham ko‘rsatiladi (bundan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti shaxsan so‘zga chiqadigan hollar mustasno).
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi O‘RQ-631-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son)
Qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi. Bir vaqtning o‘zida ularning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin.

Download 45.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling