4. Sulfat kislota bilan mikrokristalloskopik reaksiyasi
Kaltsiy kationining konsentrlangan eritmasi sulfat kislota bilan xarakterli kristall gips CaSO4·2H2O ni hosil qiladi: Ca2++SO2+4+2H2O = CaSO4·2H2O
Reaksiyani bajarish uslubi:
Buyum oynachasiga 1 tomchi kaltsiy tuzi eritmasidan tomizib, ustiga 1 tomchi sulfat kislota eritmasi qo‘shiladi. So‘ngra suv hammomida kristall cho‘kmalar hosil bo‘lguncha bug‘latiladi. Yulduz shaklidagi ninasimon kristallarni mikroskopda ko‘riladi va shakli laboratoriya daftariga chiziladi. CaSO4·2H2O
kristallari to‘yingan ammoniy sulfat eritmasida eriydi. Bu reaksiyadan Ca2+ni Sr2+ va Ba2+ kationlaridan ajratishda foydalaniladi.
4. Alangani bo‘yash reaksiyasi. Platina yoki nixrom simdagi kaltsiy tuzlari
gazning rangsiz alangasiga kiritilsa alanga qizil-g‘isht rangga kiradi, bunday rang
kaltsiy kationiga xosdir.
3.2.Stronsiy Sr2+ kationining xususiy reaksiyalari
Reaksiyalarni bajarishlarida stronsiyning eruvchi tuzlari stronsiy xlorid va
nitratlardan foydalaniladi.
1. Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar. Sr2+ kationi bilan SrSO4 ning oq
cho‘kmasini hosil qiladi:
SrCl2 + (NH4)SO4 = SrSO4↓+ 2NH4Cl
Sr2+ + SO2-4 = SrSO4↓
Probirkaga 4 tomchi stronsiy xlorid yoki nitrat eritmasi solinib, ustiga bir necha tomchi ammoniy sulfat eritmasi qo‘shiladi, oq cho‘kmaning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Reaksiyani bajarish tartibi:
-Cho‘ktirishni ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasi bilan olib borish kerak.
-Eritmada Ca2+ ning bo‘lishi stronsiy kationini ochishga halaqit bermaydi.
-Cho‘kma birdaniga hosil bo‘lmasligi mumkin, shu sababli reaksion aralashmani
5-6 soatgacha qoldirib, keyin hulosa chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |