Iii analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi va guruh reagent ta’siri
Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar
Download 85.1 Kb.
|
Dildora
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Ammoniy oksalat (NH 4 ) 2 C 2 O 4
- 4.Ammoniy karbonat bilan ochish.
- 5.Alangani bo‘yash reaksiyasi
- Reagentlar Ca 2+
- III analitik guruh kationlarining sistemali analiz Bosqichlari
- II.2. Natijalar tahlili.
- IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
2.Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar.
Bariy kationi bilan oq kristall cho‘kma hosil qiladi. Cho‘kma kislotalardaerimaydi. BaCl2+K2SO4= BaSO4↓+ 2KCl Ba2++SO42- = BaSO4↓ 3.Ammoniy oksalat (NH4)2C2O4 Ba2+ tuzlariga ta’sir ettirilganda oq cho‘kma hosil bo‘ladi: BaCl2 +(NH4)2C2O4 = BaC2O4 ↓+ NH4Cl Ba2+ +C2O42- = BaC2O4 ↓ Probirkadagi 1-2 tomchi bariy tuzi eritmasiga ammoniy oksalat tuzi eritmasidan shuncha tomchi qo‘shiladi. Oq BaC2O4 cho‘kmasi CaC2O4 dan farqli sirka kislotada eriydi. 4.Ammoniy karbonat bilan ochish. BaCl2 + (NH4)2CO3 → BaCO3↓ + 2NH3Cl Ba2++CO32-→ ВаCО3↓ Probirkaga 2-3 tomchi BaCl2 tuzi eritmasidan solinadi va uning ustiga 3-4 tomchi (NH4)2CO3 eritmasidan qo`shiladi. Oq kristall cho`kma hosil bo`ladi. 5.Alangani bo‘yash reaksiyasi. Bariyning uchuvchan tuzlari (BaCl2, Ba(NO3)2)gazning rangsiz alangasiga kiritilsa, alanga sarg‘ish yashil tusga kiradi. III guruh kationlarining reaksiyalari 5-jadval
III analitik guruh kationlarining sistemali analiz Bosqichlari 6-jadval
II.2. Natijalar tahlili. Biz kalsiy kationini aniqlash uchun kalsiy xlorid va kalsiy nitrat eritmalaridan foydalandik. Kalsiy xloridni ammoniy oksalat bilan ta’sirlashtirganimizda oq kristall cho’kma hosil bo’lishini ko’rdik. CaCl2+(NH4)2C2O4=CaC2O4 + 2NH4Cl Bu reaksiyaning bajarilish tartibi dastlab probirkaga 3 tomchi CaCl2 eritmasi solinadi,ustiga 1 tomchi sirka kislota eritmasi solinadi, so’ngra 3 tomchi ammoniy oksalat va 1-2 tomchi ammiak eritmasi qo’shiladi. Kalsiy oksalatning oq kristal cho’kmasi hosil bo’ladi. Stronsiy tuzi eritmasi bilan gpisli suv ( CaSO4 ning to’yingan eritmasi )ni ta’sirlashtirganimizda oq rangli cho’kma tushishini kuzatdik. Sr2+ + SO42- =SrSO4(ch) Reaksiyaning bajarilish tartibi: Probirkaga 4 tomchi stronsiy tuzlari eritmasiga 5-6 tomchi gpisli suv qo’shiladi. 10-15 minut suv hammomida isitiladi. Oq mayda kristall cho’kma hosil bo’ladi. Bariy xlorid eritmasini Kaliy xromat va Kaliy dixromat eritmasi bilan ta’sirlashtirganimizda sariq kristall cho’kma hosil bo’ldi. BaCl2 + K2CrO4 = BaCrO4 + 2KCl 2BaCl2 + K2Cr2O4 + H2O = 2 BaCrO4 + 2KCl+2HCl Reaksiyani bajarilish tartibi: Probirkaga 3 tomchi bariy xlorid yoki bariy nitrat eritmasidan solib ustiga kaliy xromat yoki kaliy dixromat eritmasidan 3 tomchi qo’shiladi. Bunda bariy xromatning sariq rangli kristall cho’kmasi hosil bo’ladi. Bariyning uchuvchan tuzlari ( bariy xlorid, bariy nitrat ) gazning rangsiz alangasiga kritilsa alanga sarg’ish yashil tusga kiradi. III. Xulosa. Analitik kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Analitik kimyo nazariy va amaliy muammolarni yechishda katta ahamiyatga ega. Kimyo fanining rivojlanishi ham analitik kimyo bilan bevosita bog’liq. Moddalarning molekulyar massasini aniqlash, ekvivalentini topish, molekulyar formulalarini keltirib chiqarish analitik kimyo usullari yordamida amalga oshiriladi. Analitik kimyo bilan agranomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, veterinariya, zoogigiena, qishloq xo’jaligi hayvonlarini oziqlantirish fanlari bevosita bog’liq. Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologik jarayoni nazorat qilinmaydigan birorta ham kimyoviy korxona yo’q. Kimyoviy analizsiz xom ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish ishlab chiqarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas. Ekinlardan mo’l hosil olish va chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish vazifasi tuproq tarkibini o’rganish, o’g’itlar, yem-hashak tarkibini mukammal bilishni talab etadi. Bu muammoni hal etishda bevosita analitik kimyo usullaridan foydalaniladi. Chorvachilik fermalarida va komplekslarida, sanitariya va gigiena laboratoriyalarida, ishlab chiqarish binolaridagi havoning tarkibini va uning ifloslanish darajasini aniqlashda, ichimlik va oqar suvlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini analiz qilishda analitik kimyo usullari qo’llaniladi. Veterinariyada qon, siydik, me‘da shirasini analiz qilish vrachga kasallikni to’g’ri aniqlash va davolash imkonini beradi. Dorivor moddalarning organizmga ta‘siri ham analizlar vositasida o’rganiladi. Hozirgi davrda atrof-muhitni himoya qilish masalasi muhim muammolar qatorida turadi. Analitik kimyo usullarisiz bu borada birinchi qadamni qo’yish ham mumkin emas. Chunki suv, atmosfera havosi tarkibidagi o’zgarishlarni aniqlamasdan ularni tozalashga kirishib bo’lmaydi. Analitik kimyodan yetarli darajada bilimga ega bo’lgan agronomlar, zootexniklar va veterinarlarga ilmiy izlanishlar o’tkazayotganda biologik protsesslar mohiyatini to’liq tushuna olish imkonini ham analitik kimyo beradi. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Файзуллаев О. Аналитик кимё асослари. –Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халк, мероси 2003: 2. Васильев В.П. Аналитическая химия. В 2 кн. – М.: Дрофа, 2002. 3. Мусакин А.П. Таблицы и схемы аналитической химии. – Л.: Химия, 1979. 4. Алексеев В.Н. Ярим микрометод билан қилинадиган химиявий анализ курси.–Тошкент.Ўқитувчи,1975. 5. Лурье Ю.Ю. Справочник по аналитической химии. 6-изд., перераб. и доп. –М.:Химия,1989. 6. Фритц Дж. Шенк Г. Количественный анализ./Пер. с англ. Под ред. Ю.А. Золотова.–М.:Мир,1978. 7. Пятницкий И.В. Теоретические основы аналитической химии. Киев: Вища школа,1978. 8. Миркомилова М. Аналитик кимё.– Тошкент: Ўзбекистон, 2002. 9. Gulamova M.T., Turobov N.T., Tojimuhammedov X.S. Kationlarning sifat analizi usullari. Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun o‘quv- metodik qo‘llanma–Toshkent 10. Fayzullaеv O. Turabov N., Ro‘ziev E., Quvatov A., Muhamadiev N. Analitik kimyo. Laboratoriya mashg‘ulotlari. Toshkеnt, «Yangi asr avlodi», 2006,448b. 11. Mavlyanov X.N., Analitik kimyo sxema va jadvallarda: оliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ma’lumotnoma. BuxDU: Ziyo Rizograf,2009–276b. 12. Nasirdinov S.D., Fatxullayeva M., Saydaliyeva A.Q. Analitik kimyo Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma Toshkent-2010 13. К.Р.Расулов Аналитик кимё Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, Тошкент 2004, 554 б. 14. www.ziyouz.com 15. www.orbita.uz Download 85.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling