1.Ammoniy oksalat (NH4)2 C2O4 Ca2+ kationi bilan oq kristall cho‘kma hosil qiladi;
CaCl2 + (NH4)2C2O4 = CaC2O4↓ + 2NH4Cl
Ca2+ + C2O42- = CaC2O4↓
Probirkaga 3 tomchi CaCl2 eritmasi solinadi, 1 tomchi sirka kislota eritmasi
qo‘shiladi, so‘ngra 3 tomchi ammoniy oksalat va 1-2 tomchi ammiak eritmasi
qo‘shiladi. Kaltsiy oksalatning oq kristall cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
Bu reaksiyani olib borish sharoiti:
-cho‘ktirishni avval pH=5-6 da olib borib, so‘ngra oxirida pH=7-8 da olib borilsa yaxshi natija beradi;
-isitish cho‘kma tushishiga yordam beradi, shu sababli eritma qaynash haroratigacha isitiladi;
-Ba2+ va Sr2+ kationlari reaksiyaning bajarilishiga halaqit beradi, chunki ular
ham oz eruvchan oksalat cho‘kmalari hosil qiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Ca2+, Sr2+, Ba2+ kationlari oksalatlarining sirka kislotada eruvchanligi turlichadir. Kaltsiy oksalat sirka kislotada erimaydi, bariy oksalat sirka kislotada stronsiy oksalatga nisbatan birmuncha ko‘p darajada eriydi.
2. Ammoniy karbonat bilan ochish.
CaCl2 +(NH4)2CO3 → CaCO3↓ + 2NH4Cl
Ca2++CO32- → СаCО3↓
Probirkaga 2-3 tomchi CaCl2 eritmasidan solib, ustiga 3-4 tomchi (NH4)2CO3 eritmasidan qo`shiladi. Oq cho‘kma hosil bo`ladi.
3. Kaliy geksasianoferrat (II) K4[Fe(CN)6] Ca2+ tuzlari eritmalariga ammiakli
buffer aralashma ishtirokida ta’sir qilib, oq kristall cho‘kma hosil qiladi:
CaCl2 + 2NH4Cl + K4[Fe(CN)6] = Ca(NH4)2[Fe(CN)6] ↓ +4 KCl
Ca2+ +2NH4+ + [Fe(CN)6]4- = Ca(NH4)2[Fe(CN)6] ↓
Probirkadagi 1-2 tomchi kaltsiy tuzi eritmasiga 1 tomchidan ammoniy gidroksid va ammoniy xlorid eritmalaridan qo‘shiladi, eritma isitiladi va 3-4 tomchi K4[Fe(CN)6] ning to‘yingan eritmasi qo‘shiladi, oq cho‘kma hosil bo‘lishi
kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |