2. Ammoniy oksalat (NH4)2C2O4 Sr2+ tuzlariga ta’sir ettirilganda oq cho‘kma hosil bo‘ladi:
SrCl2 + (NH4)2C2O4 = SrC2O4↓ + 2NH4Cl
Sr2+ + C2O42- = SrC2O4 ↓
Probirkadagi 1-2 tomchi stronsiy tuzi eritmasiga ammoniy oksalat tuzi eritmasidan shuncha tomchi qo‘shiladi. Oq SrC2O4 chokmasining tushishi kuzatiladi.
3.Gipsli suv bilan reaksiyasi. Stronsiy tuzi eritmasiga suyultirilgan sulfat kislota yoki eruvchan sulfatlar ta’sir ettirilsa, oq cho‘kma, stronsiy sulfat hosil bo‘ladi:
Sr2++SO2-4= SrSO4 (ch)
Stronsiy tuzi eritmasiga gipsli suv (kaltsiy sulfatning to‘yingan eritmasi) qo‘shilsa va isitilsa, shu zaxoti, past temperaturada esa biroz vaqtdan so‘ng cho‘kma hosil bo‘ladi. Bariy kationi bu reaksiyani ochish uchun xalaqit beradi.
Reaksiyani bajarish tartibi:
Probirkaga 4 tomchi stronsiy tuzlari eritmasiga 5-6 tomchi «gispli suv» qo‘shiladi. 10-15 min suv hammomida isitiladi. Oq mayda kristall cho‘kma hosil bo‘ladi.
4.Alangani bo‘yash reaksiyasi. Gazning rangsiz alangasini stronsiy tuzlari och qizil rangga kiritadi.
3.3.Bariy Ba2+ kationlarining xususiy reaksiyalari Ba2+ ioni reaksiyalarini o‘rganishda bariy xlorid BaCl2 yoki bariy nitrat Ba(NO3)2 eritmalari qo‘llaniladi.
1.Kaliy xromat K2CrO4 yoki kaliy dixromat K2Cr2O7 Ba2+ kationlari bilan sariq kristall cho‘kma hosil qiladi:
BaCl2+K2CrO4= BaCrO4↓+ 2KCl Ba2++CrO42- = BaCrO4↓
2BaCl2+ K2Cr2O7 + H2O = 2BaCrO4↓+ 2KCl +2HCl
2Ba2++Cr2O72- + H2O = 2BaCrO4↓+ 2H +
Probirkaga 3 tomchi bariy xlorid yoki bariy nitrat eritmasidan solib, ustiga kaliy xromat K2CrO4 yoki kaliy dixromat K2Cr2O7 eritmasidan 3 tomchi qo‘shiladi va suv hammomida isitiladi. Bunda bariy xromat BaCrO4 ning sariq kristall cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |