Guruh reagenti. Kationlarning analitik guruhlarga bo‘linishi
Sistemali analiz qilishda ionlar murakkab aralashmadan ayrim-ayrim holda emas, guruh-guruh tarzida ajratiladi. Bundaularni guruh reagenti deb ataluvchi ba’zi reaktivlar ta’siriga birxil munosabatda bo'lishidan foydalaniladi. Guruh reagentiga
quyidagi talablar qo'yiladi: kationlami amalda to'liq cho'ktirishi;
keyingi analizlami o'tkazish uchun hosil bo'lgan cho'kma kislotalarda oson eriydigan bo'lishi; ortiqcha qo'shilgan reagent eritmada qolgan ionlami topishga xalal bermasligi kerak. Kationlaming analitik guruhlarga bo'linishining bir nechausullari bor. Ulardan eng qulayi va ko'proq tarqalgani — vodorod sulfidli va kislota asosli usullar bilan tanishamiz.Vodorod sulfidli usul. Bu usulni 1871 -yilda N.A.Menshutkin taklif qilgan.
I-g u r u h : Na+, K+, NH4+ , Mg2+ kationlari, guruh reagentga ega emas.
II g u r u h ; Ba2+, Sr2+, Ca2+ kationlari, guruh reagenti ammoniy karbonat (NH4)2C03, ammiakli bufer eritma (NH4OH+ NH4C1) ishtirokida, harorat 70-80C.
III g u r u h : Fe2+, Fe3+, Cr3+, Al3+, Mn2+, Zn2+, Co2+, Ni2+ kationlari, guruh reagenti ammoniy sulfid (NH4)2S, ammiakli bufer eritma (NH4OH va NH4C1) ishtirokida, harorat 70—80 °C.
IV g u r u h : Cu2+, Cd2+, Hg2+, Bi3+, Sn2+, Sn4+, Sb3+, Sb5+ kationlari, guruh reagenti kislotali muhitda vodorod sulfid H2S.
V g u r u h : Ag+, [Hg2]2+, Pb2+ kationlari, guruh reagentixlorid kislota.
Vodorod sulfidsiz usulini guruhlarga klassifikatsiyalashning bir necha usullari (kislota-ishqorli, asetat-amidli, ammiak-fosfatli) mavjud bo‘lib, shulardan kislota-ishqorli klassifikatsiyalash usulini ko‘rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |