Iii bob. Artterapiya va shaxs kreativligini rivojlantirish
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Bo\'riyeva Zebiniso
2.3-
§ . Depressiya va uni profilaktika qilishda art terapiya. Barchamiz ba’zida qayg‘uga botib qolamiz va o‘zimiz qozongan g‘alabalarga shubha qilamiz. Kelajakda bizni yaxshi kunlar kutayotganidan umidimizni uzamiz. Bunday damlarda biz «depressiyadan aziyat chekayotgan bo‘lsak kerak,” deb taxmin qilamiz. Ammo vaqt o‘tishi bilan hammasi yaxshilanadi va kayfiyatimiz yana o‘z maromiga qaytadi. Dunyo bizga yana bir bor o‘z rang barangligi bilan kulib boqadi va kuch quvvat bizga qaytadi. Biz o‘z o‘zimizni depressiyadan qutqardik, bu esa maqtovga loyiq, shunday emasmi? Bizning nazdimizda bu «kasal”dan jabrlanganlarning aksariyati to‘shakda yotib nolishdan va 43 antidepressant ichishdan boshqa narsaga yaramaydigan dangasalardir. Bundan tashqari ular “shunchaki o‘zlarida iroda va qat’iyat bo‘lmagan zaif odamlar bo‘lsa kerak,»-deb o‘ylaymiz. “Depressiyani yengish juda oson, inson o‘z irodasini qo‘lga olsa bas» deb fikr yuritamiz. Ammo, aslini olganda, ruhiy tushkunlikning bunday turini yengib o‘tish shunchalik osonmi? Albatta yo‘q. Haqiqat, har doimgidek, birinchi qarashda ko‘ringaniga qaraganda ancha murakkabroq. Depressiya ko‘pchilik tomonidan jiddiy qabul qilinmaydi va e’tiborga loyiq tashxis sifatida qaralmaydi. Hamma gap shundaki, bizning ongimiz uchun bu so‘z shunchaki yomon kayfiyat bilan bog‘liq bo‘lib qolgan. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra: «agar kimdir xafa bo‘lsa bu uning mas’uliyatsizligi uchun bahona bo‘la olmaydi». Albatta, bu gaplar qaysidir ma’noda rostdir. «Depressiya o‘zi nima?» degan savolga javob olishga harakat qilamiz. Amerikadagi “ National Institute of Mental Health » massasining ta’rifiga ko‘ra: Depressiya (asosiy depressiv kasallik yoki klinik depressiya) keng tarqalgan tashxis bo‘lib, jiddiy tus olgan kayfiyatning buzilishidir. Bu holat sizning hissiyotlaringiz, fikrlash qobiliyatingiz, uxlash, ovqatlanish yoki ishlash kabi kundalik harakatlaringizga ta’sir qiladigan o‘zgarishlarga olib keladi. Depressiya tashxisini qo‘yish uchun, ushbu alomatlar kamida ikki hafta davomida kuzatilayotgan bo‘lishi kerak. Ya’ni depressiyaning oddiy kayfiyat buzilishi va vaqtinchalik mahzunlikdan farqi katta. Vaqti-vaqti bilan xafa bo‘lish inson hayotining bir qismidir. Bunday hollarda, qayg‘u hissi tezda o‘tib ketadi va siz kundalik hayotingizni avvalgidek davom ettirasiz. Depressiya dardiga chalingan insonlar esa kundalik vazifalarini to‘liq bajara olmaydilar. Ularning turmush tarzida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Shu holat 2 haftadan uzoq kuzatilayotgan bo‘lsa, ular shifokor tashxisi uchun moyil bo‘ladilar. Vaqt o‘tgan sari bemor o‘zini o‘zi qutqara olish ehtimoli juda qiyinlashadi. 44 Tibbiyot tarafidan qaraydigan bo‘lsak, depressiv spektrga kiradigan buzilishlarning ko‘rinishi va turlari juda ham ko‘pdir. Ko‘pincha klinik depressiya bilan yaqinlarni yo‘qotgandan keyin paydo bo‘ladigan g‘amlikni, kayfiyatsizlikni hayotning mazmunini surishtirishdan hosil bo‘ladigan ruhiy bezovtalik (ekzistensial inqiroz) bilan adashtiriladi. Bunday shikoyatlarning ayrimlari o‘zi o‘tib ketadigan holatdir, va boshqalari umuman kasallik hisoblanmaydi. Bu holatlarning ayrimlariga psixologik yordam kerak, ammo ularni klinik depressiya deb atab bo‘lmaydi. Chunki u hollarda bemorlar og‘ir aziyat chekmaydilar va ma’lum vaqtdan keyin o‘zlari yaxshilanadilar. Klinik turdagi depressiya kasalligini esa bir nechta xarakterli xususiyatlar bilan ajratib olish mumkin. Hissiy darajada bemor depressiyaning uch xususiyatini o‘zida his qiladi: o‘z o‘ziga bo‘lgan hurmatning o‘ta pastligi, boshqa odamlar haqida xira fikrlash va kelajakka katta umidsizlik bilan boqish. Bundan tashqari, bemor jismoniy jihatdan to‘liq holdan toyadi va o‘zida ijobiy his-tuyg‘ularni his qilish qobiliyatini umuman yo‘qotadi. Ya’ni xursand bo‘lish yoki ma’lum faoliyatdan zavq olish jarayoni keskin darajada qiyinlashadi. Muammo shundaki, hech qachon bunday holatga tushmagan inson depressiya bilan og‘rigan bemorning boshidan o‘tayotgan fojiani tushunmaydi va uning og‘ir holatini tasavvur ham qila olmaydi. Hozirda depressiya dunyoda eng keng tarqalgan ruhiy tashxislardan biri bo‘lib, unga har birimiz hayot davomida to‘qnashishimiz mumkin. Bundan kelib chiqib, depressiya haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish o‘zimiz va atrofdagilar uchun maqsadga muvofiqdir. Fursat kelganda yordamga muhtoj kimsaga yordam qo‘lini vaqtida cho‘za olishimiz juda muhim. Bu illat shunchaki «zaif irodaga ega bo‘lgan yangi yoshlar uchun zamonaviy tashxis turi,» -deb yondashish jamiyatda noto‘g‘ri stigmalarning rivojlanishiga olib keladi. Bemorga yordam berish o‘rniga uni sharmanda qilish, hech kimga foyda keltirmaydi. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, depressiv holatlar tibbiyotga Gippokrat davridan buyon ma’lum bo‘lgan. XX asrgacha ko‘p jihatdan zamonaviy tashxisni 45 eslatadigan — melanxoliya atamasi tibbiyotda keng qo‘llanilib kelgan. Melanxoliyaning birinchi ilmiy tadqiqotlari XVI asrda paydo bo‘lib, keyinchalik ushbu kasallikning yana bir muhim xususiyatini kashf etilgan. Melanxoliya uzoq vaqtlardan beri qirollarning kasalligi deya e’tirof etilgan. Nima uchun deysizmi? Birinchi tadqiqotchilar o‘zlari bilmagan holda kasallikning rivojlanishi uchun turtki bo‘ladigan ba’zi psixologik-sosial omillarni aniqlaganlar. Yolg‘izlik, barcha asosiy ehtiyojlarning qondirilganligi, og‘ir dindorlik, ko‘ngilochar hayot tarzi – bularning barchasi o‘sha davrda keng kuzatilgan melanxoliyaning doimiy hamrohi edi. Qo‘polroq qilib aytganda, «agar siz kuni bo‘yi oilangizni boqish tashvishi bilan band bo‘lmasangiz va barcha ehtiyojlaringiz qondirilgan bo‘lsa, u holda, siz abadiylik ustida bosh qotirib tushkunlikka tushishga moyil bo‘lasiz»- deb o‘ylashgan. Ammo hozirgi kunda shu aniq bo‘ldiki, depressiya kasalligi nafaqat rivojlangan davlatlarning ichida, balki rivojlanayotgan yoki kambag‘al davlatlarda yashaydigan fuqarolar orasida ham kuzatiladi. Bugun past va o‘rtacha daromadli mamlakatlarda ham depressiya kasalligi katta muammo bo‘lib, uning tarqalishi yuqori daromadli mamlakatlardan keskin farq qilmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo miqyosida turli yoshdagi 246 millionga yaqin odam depressiya bilan kasallangan. Agar bu fenomenning jiddiyligini hali ham shubha ostiga olayotgan bo‘lsangiz, bilingki, ushbu tashxis haqqoniyligini miyaning magnit-rezonans tomografiyasida aniq ko‘rish mumkin. Bunday bemorlarning markaziy asab tizimida neyronlar orasida uzatiladigan signal bilan bog‘liq aniq muammolar kuzatiladi. O‘zimda bunday muammolar yo‘qmikan deb qiziqayotgan bo‘lsangiz, eng oddiy va eng mashhur depressiyani aniqlovchi ushbu so‘rovnomadan o‘tishingiz mumkin. Ushbu kasallikning boshlang‘ich bosqichida shifokor ko‘rigidan o‘tish ko‘proq samara beradi va holatingiz bundan-da keskinlashib ketishining oldini oladi. Axir bu kasallik nafaqat shaxsiy martaba va professional faoliyatni balki, 46 hayotingizni ham garovga qo‘yishga qodir. Afsuski, depressiyaning o‘ta og‘ir ko‘rinishi bilan og‘rigan bemorlar ko‘pincha o‘z jonlariga qasd qilish bilan yakunlaydilar. Shifokorlar depressiya tashxisini birinchi navbatda kasallikning alomatlari (simptomlari)ga qarab qo‘yishadi. Bunday simptomlarga olib keladigan sabablar turli-xil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu kasallikning tasnifi bir-biridan keskin farq qiladi. Depressiyaning o‘nlab turlari mavjud. Eng keng tarqalganlari- asosiy depressiv buzilish, somatogen va formakogen turlari. Ushbu kasallikni yaxshi tushunib olishimiz uchun, eng oson va eng oddiy bo‘lgan — formakogen turi bilan tanishamiz. Ya’ni bunda tushkunlik ma’lum bir kimyoviy modda yoki dorini iste’mol qilgandan keyin kuzatiladi. Misol uchun Parkinson kasalligida qo‘llaniladigan mashhur levodopa yoki xolesterin miqdorini pasaytirish uchun ishlatiladigan statin dorilarida ushbu holatni kuzatishingiz mumkin. Depressiyaning ushbu ko‘rinishining yechimi nisbatan osonroq. Bemor dori iste’molini to‘xtatgach odatda bu holat o‘zi o‘tib ketadi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki spirtli ichimliklar nafaqat jigar uchun balki, asab tizimi uchun ham zarardir. Spirtli ichimliklar nafaqat depressiyani qo‘zg‘atishi mumkin, balki bu ruhiy holatni yanada kuchaytirib yuboradi. Shunisi qiziqki, ba’zi bemorlar o‘z ahvollarini yengillashtirish uchun spirtli ichimliklardan foydalanadilar va natijada dardlarini yanayam og‘irlashtiradilar. Biz ko‘rib chiqadigan depressiyaning keyingi turi – somatogen. U ham asab tizimining buzilishi bilan bevosita bog‘liq emas va depressiyaning bunday ko‘rinishi boshqa organda muammo bo‘lganda uchraydi. Odatda bu turning eng keng tarqalgan ko‘rinishi gipoterioz, ya’ni qalqonsimon bez funksiyasining yetishmasligidan bo‘ladi. Agar qalqonsimon bezi yetishmovchiligiga chalingan odam o‘zini davolatish o‘rniga «shaxsiy rivojlanish va hayotdan zavq olish» treninglariga qatnaydigan bo‘lsa, ertaga uning ruhiy sog‘lig‘i qattiq ziyon ko‘rishi ehtimoli baland. 47 Ko‘p hollarda depressiyani doimiy bosh og‘rig‘i bilan taqqoslash mumkin. Ya’ni bu holatning og‘irligi bizga kundek ravshan, ammo, u mustaqil ravishda kuzatilishi ham mumkin va boshqa kasalliklarning simptomi sifatida yuzaga chiqayotgan bo‘lishi ham mumkin. Depressiyani chaqiradigan bunday kasalliklarning o‘nlab turi mavjud. Ayrim hollarda siz shifokorga yomon kayfiyatingizdan shikoyat qilib borasiz, ammo shifokor sizdan diabet, yurak kasalligi, shizofreniya yoki travmatik miya shikastlanishi kasalliklariga o‘xshash holatlarni topishi mumkin. Ammo depressiyaning klinik jihatdan en ko‘p gapiriladigan va yer yuzida eng ko‘p tarqalgan turi — asosiy depressiv buzilishdir (Major Depressive Disorder). Psixiatrlar va tadqiqotchilar bir vaqtlar depressiyani Lotin tilidan olingan endogen («ichkaridan” degan ma’noni anglatadi) va psixogen/eksogen (“tashqaridan» degan ma’noni anglatadi) atamalarini ishlatib tasniflaganlar. Ushbu nomlar kimningdir depressiyasi ichki sabablardan (masalan, genetika) yoki tashqi sabablardan (stressli yoki jarohatli voqea) tufayli kelib chiqqanligini aniqlash uchun mo‘ljallangan edi. Avvalgi e’tiqodga ko‘ra depressiyaning ichki yoki tashqi turini ajratish unga qo‘llanishi kerak bo‘lgan muolajani ajratish uchun kerak edi. Ammo hozirgi ilmiy hamjamiyatning fikriga ko‘ra, depressiyaning endogen yoki ekzogen turidan qat’iy nazar ularni davolash bosqichlari va muolajalari bir xil. Ammo biz asosiy depressiv buzilishning klinik sabablarini ko‘proq tushunish uchun, uni ichki va tashqi omillarini qayd etgan holda ko‘rib chiqamiz. Psixogen/ekzogen depressiya asab tizimiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar ta’siri ostida paydo bo‘ladi deb qaralgan. Bu omillar yakka yoki takroriy bo‘lishi mumkin. Bunday tashqi omilga istagan hodisangizni kiritishingiz mumkin. Masalan, boshqa yurtga ko‘chish, qarindoshlar bilan uzoq davom etadigan mojaro, ishdagi muvaffaqiyatsizliklar, jamiyat me’yorlarini qabul qila olmaslik va cheksiz boshqa sabablar. Psixogen depressiya sizning miyangizga qilishi mumkin bo‘lgan eng yomon hazillaridan biri – atrofingizda hech kim sizga yordam berishni istamaydi degan 48 qat’iy ishonch. Ya’ni, kasallikning o‘zi sizni uni davolashdan to‘sadi. Bunday tuzoqqa ilinmang. Har doim sizga yordam berishni istaydigan odamlar topiladi, hech bo‘lmaganda psixoterapevt va pixologlar bunga tayyor bo‘lishadi. Endogen depressiya esa xavfli bo‘lib u hech qanday sababsiz va tashqi omillarsiz to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin. Uning paydo bo‘lish sabablari hali to‘la aniq emas. Olimlar uni markaziy asab tizimining o‘ziga xos tuzilishiga aloqador deb taxmin qiladilar. Bir ilmiy taxminga ko‘ra, muammo- serotonin neyrotransmitter moddasining biologik yetishmovchiligda. Yoki bu modda miyada kam ishlab chiqariladi, yoki bemorning organizmida uning so‘rilishi uchun reseptorlar kam. Ammo bugungi kunda bu nazariyaning hali hech qanday ilmiy isboti yo‘q. Gap shundaki, bu nazariya nima uchun serotonin miqdori kam bo‘lgan barcha odamlarda depressiya kuzatilmasligini tushuntirib bera olmaydi. Bundan tashqari, agar bu haqiqat bo‘lganida, antidepressantlar hozirda ancha samaraliroq bo‘lishi kerak edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, irsiyat katta xavf omillaridan biri hisoblanadi. Agar sizning qarindoshlaringizda ushbu ruhiy tushkunlikning turi kuzatilgan bo‘lsa, siz ham bunday hujumga duchor bo‘lishingiz mumkin. Asosiy depressiv buzilishdan aziyat chekadigan bemorlar ish faoliyatga e’tibor berish qobiliyatini yo‘qotadilar va intellektual topshiriqlarni yomonroq bajaradilar. Ular doim xavotir oladilar va tashvishda bo‘ladilar. Ularni o‘zlarining va qarindoshlarining farovonligi qiziqtirmaydi. Ular o‘zlarini samarasiz deb o‘ylaydilar va ularda to‘siqlarni yengib o‘tish uchun rag‘bat bo‘lmaydi. Afsuski bunday bemorlar hamma muammolarning yechimi o‘z joniga qasd qilishga urinishda deb o‘ylashni boshlaydilar. Ko‘pincha bunday istak ongsiz intilish bo‘lib, bemor o‘ziga e’tibor jalb qilishga urinadi. Ammo bunday intilish u yordamga muhtoj emasligini anglatmaydi. Albatta, asosiy klinik depressiyada jinsiy-psixologik omillarni ham rad etib bo‘lmaydi. Bu yerda qiziqarli jinsiy tafovutlar mavjud: ayollar ruhiy 49 tushkunliklardan erkaklarga qaraganda ikki baravar ko‘proq aziyat chekishadi. Nega bunday bo‘lishiga hozirda aniq javob yo‘q. Ayollar biologik jihatdan ushbu dardga ko‘proq moyildirlar. Undan tashqari ko‘p mamlakatlarda ayollarga bo‘lgan madaniy munosabatlar ham katta rol o‘ynaydi. Keng tarqalgan taxminlarga ko‘ra dunyoda bemorlar sonining kundan kunga ko‘payib borayotgani aslida kasallikning o‘zi ko‘payotganidan emas, balki odamlar o‘zlarining ruhiy sog‘liqlariga ko‘proq e’tibor berishni boshlaganlari bilan bog‘liq. Albatta bunday taxminga ma’lum asoslar bordir. Siz AQSH kabi rivojlangan mamlakatlarda depressiya kasali juda keng tarqalganligini eshitgansiz. 2017 yilgi statistika va matematik taxminlarga binoan, AQSHDA 4.1% foiz aholida ushbu ruhiy holat kuzatilgan. Umumjahon taxminlarga ko‘ra yer yuzining 6% aholisida ushbu holat kuzatiladi. Nega AQSH kabi rivojlangan davlatlarda ushbu tashxis Rossiyaga qaraganda ko‘proq degan savol tug‘iladi. Bundan kelib chiqdiki, amerikaliklar ruslarga qaraganda ko‘proq tushkunlikka berilganmi? Albatta yo‘q. Ushbu statistika ayrim davlatlarda tashxis qo‘yish jarayoni keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. Bunday davlatlarda tashxis jarayoni tibbiyotdan ko‘ra qonuniy ahamiyatga ega. Agar biror kishi kasallik alomatlariga ega bo‘lib, unga tashxis qo‘yilishi mumkin bo‘lsa, psixiatr qonun bo‘yicha unga tashxis qo‘yishi shart. Aks holda shifokor o‘z faoliyatida jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Ko‘p hollarda tashxis qo‘yilib, ma’lum bir dori (antidepressantlar) buyuriladi. Ammo bunday tizimning ham o‘z kamchiliklari mavjud. Antidepressantlar o‘ziga xos kimyoviy birikmaga ega bo‘lib, ular mustaqil ravishda sizning kayfiyatingizni ko‘tara olmaydi. Bunday dorilarning samarasi dardning og‘irligiga bog‘liq. Agar sog‘lom odam antidepressantlarni qabul qilishni boshlasa, u ko‘ngil aynish va ba’zi hollarda ochlik hisi kamayganini sezishi mumkin. Ammo his-tuyg‘u fonida hech narsa o‘zgarmaydi. Ammo paradoksal bir 50 qoidaga ko‘ra, sizning depressiyangiz qanchalik og‘ir bo‘lsa unga buyurilgan dori- darmonlar shunchalik o‘z samarasini beradi. Har bir kishining jismoniy va ruhiy holati o‘ziga xos ravishda individual bo‘lgani uchun, to‘g‘ri davolanish sxemasini topish va uni qo‘llash bir necha oylarga cho‘zilib ketishi mumkin. Psixiatr yordamisiz to‘g‘ri darmon tanlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bunday dorilarning ta’siri darhol bilinmaydi. Birinchi oy davomida bemor hech qanday o‘zgarish sezmasligi mumkin, yoki undan ham yomoni, faqat nojo‘ya ta’sirlarini sezishi mumkin. Shuning uchun ham klinik depressiya holatida shifokorga murojaat qilmasdan, bu darddan mustaqil qutila olmaysiz. Afsuski bizning o‘lkalarda psixiatr kasbiga bo‘lgan o‘ziga xos jirkanish mavjud. Bizning miyamizga u davrlardagi psixo-neyro-dispanserlar ichkilikka berilgan yoki giyohvandlarga yordam beradigan, «jinnixona» degan taassurot o‘rnashib qolgan. Bunday joydan tashxis olish odamni butun umr baloga giriftor qiluvchi «spravka» olish bilan birdek gap bo‘lgan. Bunday mutaxassislarga odamlar murojaat qilishdan qo‘rqishi – asosiy muammolardan biridir. Ammo zamonaviy dunyo bu borada bizga yangi imkoniyatlar yaratib berdi. Xususiy psixiatrlar ushbu dardni samarali davolash uchun maxsus bilimga egalar. Ular to‘g‘ri dori-darmon buyurib tashxisingizni boshqalardan sir saqlay oladilar. Xo‘sh, bu holatning terapiyasi haqida gaplashadigan bo‘lsak, bu yerda faqat tabletkalar bilan davolanib bo‘lmaydi. Bu dardning davosi dorilar va psixo- terapiya birikmasi bilan birga qilinadi. Ayrim odamlar psixologiya yo‘nalishi to‘g‘risida noto‘g‘ri xulosaga ega bo‘ladilar. Ular «psixologiya ilm-fan doirasiga kirmaydi» -deb o‘ylashadi. Ammo depressiyani davolashga bag‘ishlangan tadqiqotlarga nazar solsak, oxirgi matematik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, psixo- terapiyaning samaradorligi juda katta. Ayniqsa kognitiv fe’l atvorni o‘zgartirishga qaratilgan terapiya katta natija ko‘rsatadi. Psixoterapiyaning o‘nlab ko‘rinishi va bunday muolajalarning yuzlab usullari mavjud. Ba’zilari qaysidir holatlarda ko‘proq yordam beradi, ba’zilari esa kamroq. 51 Ba’zi usullar ilmiy jihatdan yaxshiroq asoslab berilgan, ba’zilari esa yo‘q. Ammo, kognitiv fe’l atvorni o‘zgartirishga qaratilgan terapiyaning samaradorligi psixoterapiyada eng ko‘p isbotlangandir. Uning yordami bilan asosiy klinik depressiyaning yengil turlarini davolash mumkin. Og‘ir turlarida esa bunday muolajadan foydalanish davolashdan erishilgan yutuqlarning uzoqroq muddat davomida cho‘zilishiga olib keladi. Ya’ni agar sizga klinik depressiya tashxisi qo‘yilsa-yu siz faqat dori ichib yaxshi bo‘lgan bo‘lsangiz, bunday depressiyaning qaytib kelishi ehtimoli katta. Depressiyadan davolash kursini to‘rt bosqichga bo‘lib chiqish mumkin. Birinchi bosqichda psixoterapevt sizga depressiya muammosining kelib chiqishini tushuntiradi. U sizga miyangizda qanday jarayonlar sodir bo‘layotganini, ushbu davolanish muolajalaridan nimani kutishingiz kerakligini tushuntiradi. Bu bosqich boshlang‘ich tanishuv deb ataladi. Uning vazifasi bemor davolanishi uchun to‘g‘ri kayfiyat hosil qilishdir. Ikkinchi bosqich depressiyaning shafqatsiz siklini uzishga qaratilgan. Gap shundaki, ushbu kasallikda bemor o‘ta befarqlikni his qiladi va kundalik ishlarni bajarishga unga energiya yetishmaydi. Ya’ni bunday odam tom ma’noda o‘zi bilan hech nima qila olmaydi. Shuning uchun bunday bemorlarda bajarilmagan vazifalar va ado etilmagan va’dalar to‘planib qoladi. Ulardan paydo bo‘lgan tushkunlik bemorga qo‘shimcha yuk bo‘ladi. Bunday odam deyarli barcha vaqtini yoqimsiz his-tuyg‘ularni boshdan kechirishga sarflaydi. Ushbu cheksiz aylanadigan charxpalakdan bemorni olib chiqish uchun shifokor muntazam ravishda bajarilishi kerak bo‘lgan kundalik ishlar ro‘yxatini tuzadi. Bu bosqichda rag‘bat yoki g‘ayrat masalasi chetga surilib turadi. Ya’ni bemor buni istaydimi yoki yo‘q, bu ishlarni baribir bajarishi shart. Ushbu ishlar bemorda depressiv zanjir reaksiyasini to‘xtatib, o‘z-o‘ziga bo‘lgan hurmatning qaytib kelishiga yordam beradi. Uchinchi bosqichda fikrlash tizimini qayta ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi. Depressiyada inson hayotning faqat salbiy tomonlarini ko‘ra boshlaydi va ijobiy 52 tomonlarni umuman unutadi. Psixoterapevtning vazifasi ushbu disbalansni to‘g‘rilashdir. Va nihoyat oxirgi bosqichda shifokor bemorning o‘zi haqidagi chuqur salbiy fikrlari ustida ishlaydi. Bunday e’tiqodlar bolalik davrida shakllangan fundament bo‘lib, inson dunyoqarashiga ta’sir qiladigan ilk poydevordir. Bunday e’tiqodlarga quyidagi g‘oyalar kiradi: «men omadsizman”, «men muvaffaqiyatsizlikka uchrashim tayin», “menday odam butun umr yolg‘izlikka giriftor bo‘lishi kerak». Albatta bu bosqichlar murakkab davolanish jarayonining juda sodda va qo‘pol shaklda keltirilgan tavsifi. Ammo, hech bo‘lmaganda siz davolanish jarayoni qanday ko‘rinishga egaligidan xabardor bo‘ldingiz. Afsuski, asosiy depressiv buzilishning aksariyatini davolash jarayoni kamida bir yilga cho‘ziladi. Depressiyaning endogen turidan esa butunlay qutulishning hozirda iloji yo‘q. Chunki uning ortidagi mexanizmlar hali to‘liq o‘rganilmagan. Ammo anti-depressantlar va psixologik terapiya orqali bunday depressiyani boshqarish oson bo‘ladigan remissiya bosqichiga olib chiqish mumkin. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling