Iii bob. Boks taktikasi
Download 85.08 Kb. Pdf ko'rish
|
БОКС НАЗАРИЯСИ ВА УСЛУБИЁТИ Lotincha печат 2015
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarshi hujum
Hujum harakatlari tayyorlov harakatlari va bevosita hujum harakatlaridan
tashkil topadi. Ular hujum va qarshi hujumga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, yo‘l-yo‘lakay himoyalanishlar, turli masofalardagi hujum, qarshi hujum va javob zarbalarini o‘z ichiga oladi. Shu hamma taktika elementlarining qo‘llanilish ketma- ketligi turlicha va jangovor vaziyat talablari, raqib harakatlari xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘rta va yaqin masofalardagi hujum harakatlari zarba seriyalari bilan rivojlantiriladi hamda himoyalanishlar, manyovrlar, jangdan qisqa muddatga chiqish va masofani ko‘p marta o‘zgartirish bilan birga qo‘shib bajariladi. Hujum – boksdagi eng asosiy jangovor vosita bo‘lib, u turli xil taktik maqsad-larga xizmat qiladi. Tezkor, kutilmagan hujum tashabbusni qo‘lga olish va hal qiluvchi zarbani berish uchun qo‘llaniladi. Uzoq masofadan turib hujum qilishdan raqib himoyalanishidan oldin zarba berish orqali ochkolardagi ustun-likka erishish maqsadida ham 74 foydalaniladi. Hujumlar jang olib borish uslubining asosi hisoblanadi va hujumkor harakatlarning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uzoq masofadan turib jang olib boradigan bokschilar manyovr yordamida hujum tayyorlaydilar, so‘ngra esa qulay paytda bitta, ikkita, uchta, kam hollarda ko‘proq zarba berib, undan keyin raqib zarbalari doirasidan uzoqlashadilar. Ayrim hujumlar yolg‘ondan bo‘lishi mumkin. Uning maqsadi – raqibni hujum yoki qarshi hujumga o‘tishga chorlash, shuningdek, keyingi harakatlar uchun qulay dastlabki holatni yaratish. Uzoq masofadagi hujum, keyinchalik o‘rta yoki yaqin masofada rivojlantiriladigan jangovor operatsiya-ning bir qismi, masalan, boshlanishi bo‘lishi mumkin. Hujumlar juda turli-tumandir. Ular bittalik yoki qo‘shaloq (jumladan, takroriy) zarbalardan yoxud zarbalar seriyalaridan iborat bo‘lishi mumkin va ham o‘ng qo‘ldan, ham chap qo‘ldan boshlanishi mumkin. Qarshi hujum uzoq masofadan turib manyovr qilishda bokschining asosiy jangovor harakatlariga kiradi va himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Qarshi hujum har xil taktik maqsadlarda qo‘llaniladigan alohida mustaqil jangovor harakatlar bo‘lishi mumkin. Qarshi hujum yordamida ochkolar sonida ustun-likka erishiladi va ko‘p hollarda u hal etuvchi g‘alabaga olib keladi. U yoki bu bokschining butun jangi qarshi hujum asosiga qurilishi mumkin. Bunday bokschilar qarshi hujumni ochilishlar, yolg‘ondan hujumlar, poylash yordamida tayyorlaydilar, shu orqali raqibni hujumga chorlaydilar va bir zumda uni himoyalanish bilan birga qarshi hamda javob zarbalari bilan kutib oladilar. Bunday uslubda jang olib boruvchi bokschilar reaksiya hamda jangovor hara-katlar tezligi bilan ajralib turadilar. Download 85.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling