Iii bob. Boks taktikasi


Download 85.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana06.10.2023
Hajmi85.08 Kb.
#1694284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
БОКС НАЗАРИЯСИ ВА УСЛУБИЁТИ Lotincha печат 2015

Uzoq masofadagi jang o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bokschi qaddi rostlangan
holda tik turib, oyoqlari uchida (oyoqlar tekis, keng kerilgan) ring bo‘ylab yengil
siljib harakatlanadi va har doim siljib yurish turlari hamda raqibgacha bo‘lgan
70


masofani o‘zgartirib, hujumdan qarshi hujumga tez va silliq o‘tishga tayyor turadi.
Uzoq masofada jang olib boruvchi bokschi asosan to‘g‘ridan zarbalardan
foydalanadi, yengil, chalg‘ituvchi zarbalarni shiddatli va keskin zarbalar bilan birga
qo‘shib bajaradi, ko‘proq orqaga va yon tomonga qadam tashlab himoyalanishlar,
shuningdek, to‘sishlar yordamida turli himoya-lanishlarni qo‘llaydi. To‘g‘ridan
zarbalar va ajoyib tarzda siljib yurishlar bilan birga fintlardan foydalana bilish uzoq
masofada jang olib boruvchi bokschining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Biroq
uzoq masofadagi jang texnikasi faqat shu xususiyatlar bilan cheklanib qolmaydi.
Uzoq masofada jang olib boradigan past bo‘yli, jismonan baquvvat bokschilarda
o‘zlarining texnikasi shakllangan. Bu bokschilar, ring bo‘ylab ancha yumshoq va
oyoq uchida o‘ta ko‘tarilmasdan siljib yurib, ring bo‘ylab harakatlanishlarni
gavdaning aldamchi harakatlari hamda gavdani bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazish
harakatlari bilan doimo birga bajaradilar. Ularning eng sevgan zarbalari – oldinga
“sakrash” bilan va zarba berayotgan qo‘lga qarama-qarshi oyoqda qadam tashlash
bilan yondan hamda pastdan zarbalar.
O‘rta masofadagi jang yoki hujum yoxud qarshi hujum harakatlarining
rivojlanishi, yoki bokschining taktik vazifalariga kiruvchi yoxud uning individual
jang olib borish uslubiga xos bo‘lgan jangovor harakatlarning ma’lum bir uslubi
hisoblanadi. O‘rta masofada, xuddi yaqin masofadagi kabi, agar raqib jangning
rivojlanishiga halaqit berishi mumkin bo‘lgan qarshilikni ko‘rsatmasa yoki u hujum
qilayotganga faol qarshilik ko‘rsatsa, jang rivoj topishi mumkin.
Agar raqib harakatlarni o‘rta masofada rivojlantirishga imkoniyat bermasa,
ushbu holda keskin qarshi jang yuzaga keladi, unda hujum qilayotgan tashabbus va
ma’naviy ustunlikka erishish uchun kurashishi lozim. Bunday olishuvda odatda
hujumlar va raqib qarshi hujumlaridan himoyalanish hamda raqib qarshi hujumlariga
qarshi hujumlar birlashgan holda amalga oshiriladi. 
O‘rta masofa uchun yana uzoq masofadagiga nisbatan vaqt chegarasining
kamligi xosdir. Bu bokschilarning texnikasi va taktikasida aks etadi. O‘rta masofada
taktik ko‘rsatmaning xususiyati shundan iboratki, bokschi zarbalar seriyasi bilan
raqib qarshi hujumidan ilgari harakat qilishga intiladi. Raqibning mumkin bo‘lgan
71


qarshi zarbalarini oldindan ko‘zlay olgan hollarda u sho‘n-g‘ishlar, og‘ishlar,
to‘sishlar bilan avtomatlashgan himoyalanish seriyalarini qo‘llaydi va keskin zarbalar
beradi. O‘rta masofadagi jang vaqt oralig‘ida qat’iy chegaralanganligi sababli, uning
eng muhim xususiyatlaridan biri – raqib zarbalariga doimo tayyor turish, ularni
oldindan ko‘zlay bilish.
O‘rta masofadagi jang texnikasi uchun guruhlashgan tik turish, ring bo‘ylab
cheklangan harakatlanishlar paytida gavdani siljitish xosdir. Ushbu masofada ko‘proq
avtomatlashgan zarbalar va himoyalanishlar seriyalari (tanlangan zarbalar hamda
himoyalanishlar seriyalari bilan bir qatorda) hamda bittalik urg‘u berilganzarbalar
qo‘llaniladi. Zarbalar (to‘g‘ridan, pastdan, yondan qisqa zarbalar) asosan gavdaning
aylanma harakatlari hisobiga, sho‘n-g‘ish, to‘sish va og‘ishlar bilan himoyalanishdan
foydalangan holda beriladi.
O‘rta masofa reaksiya va harakatlarning tezkorligiga yuqori talablar qo‘yadi.
Jangovor harakatlarning yuqori zichligi va tezligi ishlayotgan mushak-larning
qisqarishidan ularning bo‘shashtirilishiga, va aksincha, bir zumda o‘tishni talab
qiladi. Bokschi shiddatli jang vaziyatida o‘rta masofada, birin-chidan, yuqori
darajada mustahkam diqqatga ega bo‘lishi, ikkinchidan, diqqatni zarbalardan
himoyalanishga, va aksincha, juda tez o‘tkaza olishi lozim.

Download 85.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling