Iii bob. Boks taktikasi


Download 85.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana06.10.2023
Hajmi85.08 Kb.
#1694284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
БОКС НАЗАРИЯСИ ВА УСЛУБИЁТИ Lotincha печат 2015

Himoya harakatlarini bokschi, agar raqibning tezkor va shiddatli hujumidan
yoki qarshi hujumidan himoyalanishi lozim bo‘lganda, ya’ni hujumni aniqlashga
ulgurmaganda, jang masofasini o‘zgartira olmaganda, raqibni toliq-tirish va ma’naviy
ta’sir ko‘rsatishni uddalay olmaganda, raqibning bo‘sh joyla-rini topolmaganda,
berilgan kuchli zarbadan so‘ng dam ololmaganda, qarshi hujumlarni tayyorlay
olmaganda, to‘xtovsiz hujumlarga qarshi taktik maqsadda bir qator himoya
harakatlarini qarshi qo‘ya olmagan hollarda qo‘llaydi.
75


Himoya harakatlari, bulardan tashqari, bokschiga qarshi va javob qarshi
hujumlarining ta’sirini, ya’ni raqibning tashabbusni egallab olishga bo‘lgan urinishini
bartaraf etib, to‘xtovsiz hujum qilish imkonini beradi. Himoyala-nishlar manyovr
qilish bilan birga raqibga faol yaqinlashish va o‘rta hamda yaqin masofani saqlash
vositasi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga bu himoyalar uzoq masofani saqlab
qolishga yordam beradi. Himoyalanishlarni manyovr bilan birga amalga oshirish
masofani o‘zgartirish uchun ham qo‘llaniladi.
Himoya harakatlariga nafaqat shaxsan himoyalanishlar (to‘sishlar, og‘ishlar va
sho‘ng‘ishlar), balki agar ular qarshi hujum sifatida rivojlantirilmasa va raqibning
shiddatli hujudaqi to‘xtatish hamda uni toliqtirish uchun qo‘llanilmasa, ayrim qarshi
va javob zarbalari ham kiradi. U yoki bu bokschining hujumkor harakatlariga
kiruvchi yoki asosiy hujum vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi qarshi hujumlarni himoya
harakatlari qatoriga kiritish kerak emas.
3.2. Individual jang olib borish uslublari va ularga qarshilik ko‘rsatish usullari
(jangni rejalashtirish)
Mamlakatimiz boks maktabi xususiyatlari, shuningdek, sportchining individual-
ligi, uning gavda tuzilishi, jismoniy rivojlanishi, temperamenti, irodasi, harakat imk-
oniyatlari va boshqalarga qarab, bokschida o‘zining, faqat unga xos bo‘lgan indivi-
dual jang olib borish uslubi, demak, individual taktika shakllanadi.
Jang olib borish uslubi va u ko‘proq qaysi masofalarda o‘tishiga qarab, olishuv
faol hujumkor yoki poziitsion (faol himoyalanish) xususiyatiga ega bo‘ladi.

Download 85.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling