Iii bob. Boks taktikasi


Download 85.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana06.10.2023
Hajmi85.08 Kb.
#1694284
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
БОКС НАЗАРИЯСИ ВА УСЛУБИЁТИ Lotincha печат 2015



III BOB. BOKS TAKTIKASI
3.1. Umumiy qoidalar
Taktika – boks nazariyasi bo‘limi bo‘lib, unda jang olib borish uslubi turli xil
bo‘lgan raqiblar bilan olishish shakllari, turlari, uslublari va variantlari o‘rganiladi.
Bokschining taktik mahorati jangning to‘g‘ri tashkil qilinishi va uning boshqarilishi
bilan belgilanadi.
Bokschining taktik mahorati raqibning kuchli tomonlarini bartaraf etish, uning
bo‘sh tomonlaridan foydalanish va shu bilan bir vaqtda individual jang olib borish
uslubini qo‘llay bilishida namoyon bo‘ladi. Jangni boshqarish, uni olib borish san’ati
jang rejasini amalda qo‘llay olish, unga aniqlik kiritish, zarur hollarda esa jang
davomida uni o‘zgartira olishdan iborat. Jangni boshqarish ko‘nikmasi bokschining
jangovor tez fikrlashiga, uning irodaviy sifatlariga bog‘liq.
Jang rejasini tuzish bokschining chuqur fikrlash, raqib harakatlarini tahlil qilish
va sintezlash qobiliyatiga, shuningdek, texnik-taktik vositalarning egallanganlik
darajasiga bog‘liq. Ular qancha turli-tuman bo‘lsa, jangni rejalashtirish variantlari
shuncha ko‘p bo‘ladi.
Olishuvni rejalashtirish va uni boshqarish bokschining turli xil jang shakllarini
qay darajada mukammal o‘zlashtirib olganligi bilan chambarchas bog‘liq. Jang olib
borishning uchta turi mavjud: razvedka, hujumkor va himoya.
Razvedka shaklidagi jang uning rejasini tuzish paytida raqib to‘g‘risida
ma’lumotlar olish vositasi sifatida mustaqil hisoblanadi. Hujum yoki himoya
harakatlarini tayyorlashda u yordamchi shakl bo‘lib xizmat qiladi.
Hujumkor shakldagi jang – tashabbusni olib qo‘yishni nazarda tutuvchi raqib
bilan olishishning faol shakli. U uzoq, o‘rta va yaqin masofalardagi hujum, qarshi va
javob harakatlari yordamida amalga oshiriladi.
Himoya shaklidagi jang tashabbusni tortib olgan raqibdan himoyalanish shakli
hisoblanadi, bunda u mustaqil va yordamchi bo‘g‘in bo‘lishi hamda hujumning
rivojlanishida birga amalga oshirilishi mumkin.
69


Zamonaviy jang – turli masofalarda bajariladigan siljishlar, zarba va himoya
harakatlarining murakkab uyg‘unligidir.
Raqiblar jangovor harakatlarini olib boradigan masofa ko‘p hollarda bokschilar-
ning texnikasi xususiyatlarini, jangda u yoki bu jismoniy va irodaviy sifatlarning
namoyon bo‘lishini belgilab beradi. Har bir masofadagi olishuv turli-tuman sharoit-
larda o‘tadi va o‘zining qonuniyatlariga ega.
Zarbalarni berish va himoyaga o‘tish vaqti raqiblar o‘rtasidagi masofaga bog‘liq.
Jangovor masofa qancha qisqa bo‘lsa, zarba shuncha tez va sezilmasdan nishonga
yetib boradi hamda undan himoyalanish shuncha qiyin bo‘ladi. Va, aksincha, masofa
qancha uzoq bo‘lsa, bokschi raqibi zarbalaridan shuncha osonlikcha himoyalanadi.
Har bir masofa uchun zarbalardan himoyalanish imkoniyatini belgilab beruvchi vaqt
chegarasi (limit) mavjud. 
Bokschida uzoq masofada o‘rta masofaga qaraganda, o‘rta masofada esa yaqin
masofaga qaraganda himoyalanish uchun yaxshi sharoit mavjud. Uzoq masofada
o‘rta masofaga nisbatan harakatlarni bajarish uchun vaqt ko‘p bo‘lishiga qaramasdan,
u baribir sekundlarda hisoblanadi. Shuning uchun zarbadan himoyalanayotganlar
uzoq masofada turganliklariga qaramasdan, raqib harakatlariga o‘z vaqtida reaksiya
qilish uchun yetarlicha tez reaksiya va harakatga ega bo‘lishlari lozim.
Turli masofalardagi vaqt chegarasi tegishli texnika, taktikani tanlashni belgilab
beradi, reaksiya va fikrlash tezligining, tezkorlik va harakat koordina-tsiyasi, diqqat
va boshqa sifatlarning turli darajada rivojlanishini taqozo etadi. 
Uzoq masofada, o‘rta masofaga qaraganda, bokschi har doim hujum boshlashga
qiynaladi, chunki zarba berish doirasidan tashqarida turgan raqib boshlang‘ich
harakatlarni nisbatan osonlik bilan qabul qiladi va ularga himoya-lanish bilan
reaksiya qila oladi. Hujum va qarshi hujum raqib uchun kutilma-ganda bo‘lishi uchun
bokschi, zarbani tayyorlayotib, uning diqqatini masofani doimo o‘zgartirib turish va
aldamchi harakatlar bilan chalg‘itishi lozim.

Download 85.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling