Iii bob. Boks taktikasi


Download 85.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana06.10.2023
Hajmi85.08 Kb.
#1694284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
БОКС НАЗАРИЯСИ ВА УСЛУБИЁТИ Lotincha печат 2015

Yaqin masofadagi jang bokschilar bir-birlariga deyarli juda yaqin turgan
paytlarida yoki guruhlashgan tik turishda ular bir-biriga tegib turgan vaqtlarda olib
boriladi. Yaqin masofadagi jangning taktik vazifasi – gavdaga zarba berish uchun
qulay holatni egallash, zarbalar bilan raqibni toliqtirish yoki uning zarbalarini bog‘lab
qo‘yish. Bu masofada jang ko‘pincha atletik xususiyatga ega bo‘ladi.
Agar o‘rta masofadagi jang uzoq masofali jangning ajralmas bir qismi bo‘lsa
(chunki uzoq masofadan turib beriladigan har qanday zarba o‘rta masofada tugaydi),
unda yaqin masofadagi jang har doim ataylab yoki majburan yuzaga keladi. Jismonan
baquvvat, past bo‘yli, ko‘proq qisqa zarbalarni qo‘llaydigan, raqiblari uchun qulay
bo‘lmagan yaqin masofada va aynan muvaffaqiyatga erishishlarini (ochko
jamg‘arish, raqibni toliqtirish) biladigan bokschilar yaqin masofadagi jangdan ataylab
foydalanadilar. Ba’zi hollarda bokschilar dam olish, raqibning o‘rta masofadagi
72


zarbalaridan qochish uchun ham yaqin masofada bo‘lishdan foydalanadilar. Bu
masofada, boshqalarga qaraganda, zarba berish yanada kam, raqib yaqin turganligi va
jangovor holat xususiyatlari sababli, bokschi zarbalarga asosan to‘sishlar va ustma-
ust qo‘yish bilan reaksiya qilishga ulguradi. Yaqin masofada raqib yaqin turganligi
tufayli uning harakatlarini ko‘rish orqali idrok etish cheklanganligi sababli, va
bokschi raqibi nima qilayotganligi, uning qaysi joylari ochiq ekanligini ko‘ra
olmasligi bois, jangda asosan mushak va sezgi hislariga tayanishga to‘g‘ri keladi.
Ularning yordamida raqibning gavda, yelka, qo‘llarining holati, gavda burilishlari,
qo‘llarining uzatilishi, ularning harakat yo‘nalishi, mushaklarning zo‘riqishi va
bo‘shashtirilishi idrok qilinadi.
O‘rta masofada bokschilar guruhlashgan tik turishda bo‘la turib, jangovor
harakatlarni olib boradilar, yelkalari bilan tegib va hatto bir-birlariga suyanib, yana
ham mustahkam holatni egallashga intiladilar. Qisqa zarbalar ustma-ust qo‘yish va
to‘sishlar yordamida himoyalanishlar bilan birga bajariladi. Yaqin masofada turib
jang olib borish bokschidan yuqori darajada rivojlangan mushak-harakat sezgilaridan
tashqari, bo‘shashishni va o‘z raqibini his qila bilishni hamda katta maxsus
chidamlilik va matonatni taqozo etadi.

Download 85.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling