Iii bob. Boks taktikasi


Download 85.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana06.10.2023
Hajmi85.08 Kb.
#1694284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
БОКС НАЗАРИЯСИ ВА УСЛУБИЁТИ Lotincha печат 2015

Taktik harakatlar
Taktik harakatlar tayyorlov, hujum va himoya harakatlariga bo‘linadi.
Tayyorlov harakatlari – bu bevosita hujum va himoyadan oldingi harakatlar.
Ularga razvedka, aldamchi va manyovr qilish harakatlari kiradi.
Razvedka harakatlari raqibning yaxshi ko‘rgan kombinatsiyalari, uning kuchli
zarba berish masofasi, individual jang olib borish uslubi xususiyatlari, jismoniy
tayyorgarligini va h.k. aniqlash uchun zarur hamda aldamchi harakatlar va jang bilan
razvedka qilish yordamida amalga oshiriladi.
Aldamchi harakatlar fintlar (zarbalar imitatsiyasi va bo‘sh joylarni yolg‘ondan
ochib berish) hamda yolg‘on (yengil) zarbalar yordamida bajariladi. Ularning
maqsadi: a) raqibning jang olib borish uslubini aniqlash uchun uni faol harakatlarga
73


chorlash; b) o‘zining hujum va qarshi hujum harakatlaridan raqibni chalg‘itish hamda
uni chorlash.
Manyovr qilish harakatlari faol harakatlar uchun qulay dastlabki holat va
paytni tanlash maqsadida siljib yurishlar hamda himoyalanishlar yordamida amalga
oshiriladi. Taktik vazifalarga qarab, masofali (pozitsiyali), yalpi va qanotli manyovr
qo‘llaniladi.
Masofali manyovr – uzoq himoyalanish va zarba berish masofalarida manyovr
qilish. U uzoq masofani saqlab qolish uchun chekinishlar (orqaga, yon tomonlarga)
va sayd-steplar (yon tomonga qadam qo‘yib orqaga, chapga, o‘ngga burilish) bilan
himoyalanishlar yordamida amalga oshiriladi.
Yalpi manyovr – faol hujum qilayotgan raqibni orqaga chekintirish yoki u bilan
yaqinlashish maqsadida manyovrni (oldinga harakatlanishni) himoyala-nishlar bilan
(to‘sishlar, og‘ishlar, sho‘ng‘ishlar yoki kombinatsiyalashgan himoyalanishlar
yordamida) birga bajarish.
Qanotli manyovr – harakatchan raqibning erkin harakatlanishini cheklash
maqsadida uni ring arqoni va burchaklariga (zarba berishga tahdid solib oldinga va
yon tomonlarga qadam tashlash orqali) “qisib qo‘yish”.

Download 85.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling