Himoya
harakatlari, bulardan tashqari, bokschiga
qarshi va javob qarshi
hujumlarining ta’sirini, ya’ni raqibning tashabbusni egallab olishga bo‘lgan urinishini
bartaraf etib, to‘xtovsiz hujum qilish imkonini beradi. Himoyala-nishlar manyovr
qilish bilan birga raqibga faol yaqinlashish va o‘rta hamda yaqin masofani saqlash
vositasi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga bu himoyalar
uzoq masofani saqlab
qolishga yordam beradi. Himoyalanishlarni manyovr bilan birga amalga oshirish
masofani o‘zgartirish uchun ham qo‘llaniladi.
Himoya harakatlariga nafaqat shaxsan himoyalanishlar (to‘sishlar, og‘ishlar va
sho‘ng‘ishlar), balki agar ular qarshi hujum sifatida rivojlantirilmasa va raqibning
shiddatli hujudaqi to‘xtatish hamda uni toliqtirish uchun qo‘llanilmasa, ayrim qarshi
va javob zarbalari ham kiradi. U yoki bu bokschining
hujumkor harakatlariga
kiruvchi yoki asosiy hujum vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi qarshi hujumlarni himoya
harakatlari qatoriga kiritish kerak emas.
3.2. Individual jang olib borish uslublari va ularga qarshilik ko‘rsatish usullari
(jangni rejalashtirish)
Mamlakatimiz boks maktabi xususiyatlari, shuningdek, sportchining individual-
ligi, uning gavda tuzilishi, jismoniy rivojlanishi, temperamenti, irodasi, harakat imk-
oniyatlari va boshqalarga qarab, bokschida o‘zining, faqat unga xos bo‘lgan indivi-
dual jang olib borish uslubi, demak, individual taktika shakllanadi.
Jang olib borish uslubi va u ko‘proq qaysi masofalarda o‘tishiga qarab, olishuv
faol hujumkor yoki poziitsion (faol himoyalanish) xususiyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: