Iii bob. Boks taktikasi


 Taktikada takomillashish


Download 85.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana06.10.2023
Hajmi85.08 Kb.
#1694284
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
БОКС НАЗАРИЯСИ ВА УСЛУБИЁТИ Lotincha печат 2015

3.3. Taktikada takomillashish
Taktikada takomillashish ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha olib borilishi lozim.
Birinchidan, bu shaxsiy individual taktikani takomillashtirish (kuchli zarba taktikasi,
sur’at taktikasi, aldash taktikasi yoki ularning uyg‘unliklari), o‘zining jang uslubini
raqibga taklif qilish ko‘nikmasi, o‘z taktik rejasini, o‘zining jang usullarini amalga
oshirish ko‘nikmasini takomillashtirish. Ikkin-chidan esa, raqib uslubini, uning kuchli
va bo‘sh tomonlarini topish hamda anglay olishda, uning kuchli tomonlarini yo‘q
qilish hamda bo‘sh tomonlaridan foydalanishga qaratilgan o‘zining taktik rejasini
qarshi qo‘ya olishda takomillashish.
Bu, o‘z navbatida, “ko‘rgazmali-ta’sirli” va “ko‘rgazmali-ijodiy” fikrlashni
rivojlantirishni, individual texnik-taktik vositalar doirasi (o‘z hujudaqi o‘tkazish
maqsadida) va jang rejasini oqilona tuza bilish hamda uni turli raqiblar bilan
uchrashganda amalga oshira olish maqsadida katta hajmdagi tayyorlov, hujum-kor
hamda himoya harakatlarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Shunday qilib, taktikada takomillashayotib, uchta asosiy mashqlar guru-hidan
foydalanish maqsadga muvofiq:
1) hujum va qarshi hujum usullarini amalga oshirish taktikasida takomillashish
uchun mashqlar (usulni amalga oshirish uchun ma’lum bir jangovor vaziyatni
yaratish);
2) tayyorlov, hujumkor va himoya harakatlarida takomillashish uchun mashqlar
(bir xildagi jangovor vaziyatlarni o‘rganish vaa munosib harakatlarni qarshi qo‘yish);
3) musobaqa jangini modellashtiruvchi jang sharoitlarida tez va to‘g‘ri taktik
fikrlashda takomillashish.
83

Download 85.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling