Iii-bob. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana16.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1278659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-BOB. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni

Texnik shartlar - muayyan mahsulotlarga (modellarga, tovar belgilariga) 
talablarni belgilaydigan me’yoriy va texnik hujjat.  
Sertifikatlash - bu mahsulotning muayyan standartlarga (asosan xalqaro - 
ISO 9000 seriyasiga) yoki texnik shartlarga muvofiqligini aniqlash va tegishli 
hujjat (sertifikat) berish. 
Sertifikatlashtirish mahsulotni takomillashtirishning eng muhim omili, uning 
sifatini boshqarishning samarali mexanizmi bo‘lib, uning raqobatbardoshligini, 
yaroqliligini va atrof-muhitga zararli talablarga muvofiqligini xolisona baholashga 
imkon beradi.
Sifat ustidan davlat nazorati standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari - standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonada ishlab chiqarishdagi texnik nazorat, texnik nazorat bo‘limi 
tomonidan amalga oshiriladi, uning asosiy vazifasi har bir mahsulotni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tekshirish va uni tashkil etuvchi shart-sharoitlar va omillarga maqsadli 
ravishda ta’sir ko‘rsatish orqali me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan talab 
qilinadigan sifat darajasini ta’minlashdan iborat.
Hozirgi bosqichda korxonada mahsulot sifatini boshqarishning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat:


- mahsulot sifati darajasini tizimli ravishda vujudga keladigan yoki prognoz 
qilinayotgan bozor extiyojlariga, shuningdek extiyojlarning rivojlanishiga 
maqsadli ta’sir ko‘rsatish;
- ichki va tashqi bozorlarda mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlash;
- mahsulotlarni modernizatsiya qilish va yangi turdagi mahsulotlarni yaratish 
bo‘yicha vazifalarni aniqlash;
- maqsadli dasturlarning tarkibini aniqlash va boshqalar.
 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun nazorat savollari 
1. Korxonanaing ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari nimalar kiradi? 
2. Ishlab chiqarish jarayoni deb nimaga aytiladi? 
3. Korxona ishlab chiqarish jarayonining eng muhim qismlariga nimalar kiradi? 
4. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish deganda nimani tushunasiz. 
Avtomatlashtirish darajasi qanday aniqlanadi?
5. Ishlab chiqarish bosqichi deganda nimani tushunasiz? 
6. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillari nimalar kiradi?
7. Korxonada ishlab chiqarini tashkil etish prinsiplari, turlari, shakllari va usullarini 
tushuntirib bering? 
8. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati deganda nimani tushunasiz? 
9. Korxonaning ishlab chiqarish hajmi deganda nimani tushunasiz? 
10. Korxonaning ishlab chiqarish hajmi qanday omillarga bog‘liq . Ulardan eng 
muhimlarini tushuntirib bering? 
11. Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashning qanday usullari mavjud? 
12. Optimal ishlab chiqarish hajmi deganda nimani tushunasiz? 
13. Mahsulot sifati nima va sifat belgilarini ko‘rsatib bering? 
14. Korxonaning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini aniqlash uchun qanday 
ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi?

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling