Iii bob. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirishni tadbiq etgan holda loyihalash


Download 417.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana21.11.2023
Hajmi417.04 Kb.
#1790866
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Relyatsion ma\'lumotlar bazasi



48 
III BOB. RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASINI 
LOYIHALASH 
Relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirishni tadbiq etgan 
holda loyihalash 
MB ni ko‘rishdan maqsad predmet soha ma’lumotlarini saqlash 
va ularni qayta ishlashdan iboratdir. MB ni ko‘rish, uni loyihalashdan 
boshlanadi. Loyihalashda predmet soha ma’lumotlari guruhlanadi va 
ular guruh shaklida MB da saqlanadi. Relyatsion MB da guruh sifatida 
jadval nazarda tutiladi. Demak, loyihalashda MB jadvallari tanlangan 
relyatsion MBBT talablariga muvofiq me’yorlashtirilgan holda 
yaratilishi lozim. 
Ikkinchi yondashuvda predmet sohasi o‘rganiladi, uning 
ma’lumotlari tahlildan o‘tkaziladi va predmet sohasining bir turdagi 
obyektlari belgilanadi. 
Amaliyotda har ikkala yondashuvning birikmasi ma’qulroqdir. 
Chunki, odatda dastlabki bosqichda barcha masalalar haqida to‘liq 
ma’lumotlar bo‘lmaydi, natijada MB ni loyihalash va yaratishni 
barcha masalalarni tuzish bajarilgunga qadar kechiktirishga to‘g‘ri 
keladi. Bu texnologiya qo‘llanilsa, ishlab chiqish jarayonining 
xohlagan bosqichida MB ga o‘zgartirishlar kiritish va uning tuzilishini 
ilgari kiritilgan ma’lumotlariga ziyon etkazmasdan turib modifikatsiya 
qilish (yangilash)ga imkon beradi. Bu texnologiya MB dan turli 
axborotlarni olish zaruriyati haqidagi dastlabki ma’lumotlardan 
foydalanishni ko‘zda tutadi. 
MB ni yaratish uchta asosiy bosqichdan iborat: 

kontseptual; 

mantiqiy; 

jismoniy. 
Ma’lumotlar bazasini kontseptual loyihalash 
Ma’lumotlarni biror bir jismonan aspektda tadbiq qilishni 
ko‘zlamagan holda, tashkilotda foydalanilayotganligiga muvofiq 
modelini yaratish. 
Kontseptual loyihalashda predmet sohasi ma’lumotlarining 
axborot-mantiqiy modeli qurilishi (loyihalanishi) lozim. Bu modelni 
ishlab chiqish predmet sohasini tekshirish natijasida olingan tavsifga 


49 
asoslanadi. 
Dastlab 
predmet 
sohaning 
MB 
bo‘lg‘usi 
foydalanuvchilarining 
kontseptual 
talablari 
o‘rganiladi 
va 
aniqlashtiriladi. 
MB 
saqlashi 
kerak 
bo‘lgan 
ma’lumotlar, 
foydalanuvchilarning zarur so‘rovlari, masalalari hamda ilovalarni 
bajarishni ta’minlashi lozim bo‘lgan predmet sohasi ma’lumotlari 
tarkibi va tuzilishi o‘rganiladi. Bu ma’lumotlar odatda turli hujjatlar, 
qoidalar, ishlov berish shartlari asosida tahlil qilinadi. Ba’zi bir 
foydalanuvchilarning xususiy talablari umumiy talablarga zid bo‘lsa, 
ular e’tiborga olinmaydi. Aniqlangan ma’lumotlarning tahlili, axborot 
obyektlarni ajratish uchun qo‘llanuvchi rekvizitlarning funktsional 
bog‘liqligini bilish hamda obyektlar orasidagi tuzilmaviy aloqalarni 
aniqlash axborot-mantiqiy modelini qurishga imkon beradi. Axborot-
mantiqiy model axborot obyektlari bogliqligining ierarxiyasini aks 
ettiruvchi namunali ko‘rinishda berilish lozim. Natijada predmet 
sohani 
ma’lumotlarining, 
ularning 
jismoniy 
saqlash 
usuli 
ko‘rsatilmagan shakldagi o‘zaro bog‘langan kontseptul modeli 
yaratiladi.
Bu modelda ma’lumotlar tashkilotda qanday tartibda mavjud va 
ishlov berilayotgan bo‘lsa, xuddi shu holati bo‘yicha tavsiflanadi. Bu 
tavsifning foydalanuvchi ishlatayotgan holatga muvofiqligi doimiy 
ravishda tekshirib boriladi. 

Download 417.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling