Iii bob. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirishni tadbiq etgan holda loyihalash


Download 417.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana21.11.2023
Hajmi417.04 Kb.
#1790866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Relyatsion ma\'lumotlar bazasi

Atributni funksional bog‘liqligi 
Ma’lumotlarni me’yorlashtirish shakllari nazariyasi bo‘yicha 
relyatsion MB sxemasi tuzilmali va semantik axborotlarga ega 
bo‘ladi. Tuzilmali axborotlar munosabatlarning paydo bo‘lishiga 
bog‘liqdir. 
Semantik 
axborotlar 
esa 
sxemada 
ifodalangan 
munosabatlar atributlari orasidagi ko‘plab funktsional aloqalarda 
ifodalanadi. Biroq, ba’zi funktsional aloqalar qo‘shimcha ta’sirlar yoki 
MB ni modifikatsiyalashda kelib chiqadigan noto‘g‘ri shakl 
(anomaliya)lar tufayli qo‘llanilmasligi mumkin. Shu munosabat bilan 
taklif etilayotgan sxemaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi savol 
to‘g‘iladi. Noto‘g‘ri funktsional aloqalari bo‘lmagan sxema to‘g‘ri 
hisoblanadi. Aks holda, dekompozitsiya (bo‘laklarga ajratish) deb 
nomlangan tadbirga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Unda ko‘plab 
munosabatlar biri ikkinchisiga almashtiriladi (ularning soni ortib 
ketadi). Bu tadbirning maqsadi — noto‘g‘ri shakliy bog‘liqlik 
(anomaliyalar)ni bartaraf etish bo‘lib, u me’yorlashtirish jarayonining 
mohiyatini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, me’yorlashtirish — 
berilgan sxema (yoki munosabatlar yig‘indisi)ni munosabatlari 
ko‘proq oddiy va doimiy tuzilmaga ega bo‘lgan boshqa sxema bilan 
qadamba-qadam almashtirish jarayonidir. 
Dekompozitsiyada yo‘qotishlarsiz bog‘liqliklarni saqlab qolish
ushbu sxemadagi barcha ehtimol tutilgan funktsional bog‘liqliklarni 
bilishni talab qiladi. 
Me’yorlashtirish uchun bir necha bog‘liqlik tushunchalari 
ishlatiladi, ya’ni: 

Funktsional bog‘liqlik: Agar ixtiyoriy vaqtda A atributning har 
bir qiymatiga 


57 

B atributning mavjud qiymatlaridan yagona bir qiymat mos 
kelsa, u holda A va B atributlar orasidagi bog‘liqlik funktsional 
bog‘liqlik deyiladi. 

Masalan, bir daryo faqat bir dengizga qo‘yiladi va bir dengizga 
bir necha daryo qo‘yilishi mumkin.

To‘liq funktsional bog‘liqlik: Agar B atribut qiymati A tarkibiy 
atributning qiymatiga funktsional bog‘liq, ammo A tarkibiy atribut 
qiymatining biror bir qismiga funktsional bog‘liq bo‘lmasa, u holda A 
tarkibiy atribut bilan B atribut to‘liq funktsional bog‘liq deyiladi. 

Ko‘p qiymatli funktsional bog‘liqlik: Agar ixtiyoriy vaqtda A 
atributning har bir qiymatiga B atributning ko‘pqirrali mos qiymati 
mavjud bo‘lsa, u holda A atribut B atributni bir jinsli aniqlaydi va bu 
ko‘p qiymatli funktsional bog‘lanish deyiladi. 

Download 417.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling