Iii bob. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirishni tadbiq etgan holda loyihalash


Download 417.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana21.11.2023
Hajmi417.04 Kb.
#1790866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Relyatsion ma\'lumotlar bazasi

Munosabatlarni normal shakllari 
Ma’lumotlarning relyatsion bazasida sxema ham tuzilmali 
(strukturali) va semantik axborotlarga ega bo‘ladi. Tuzilmali 
axborotlar munosabatlarning paydo bo‘lishiga bog‘liqdir. Semantik 
axborotlar esa sxemada ifodalangan munosabatlar atributlari orasidagi 
ma’lum ko‘plab funksional aloqalarda ifodalanadi. Biroq ba’zi 
funksional aloqalar qo‘shimcha effektlar yoki ular ma’lumotlar 
bazasini modifikatsiyalashda keltirib chiqaradigan anomaliyalar 
tufayli qo‘llanilmasligi mumkin. Shu munosabat bilan taklif 
etilayotgan sxemaning to‘g‘ri noto‘g‘rililigi haqidagi savol tug‘ilishi 
mumkin. Noo‘rin funksional aloqalari bo‘lmagan sxema to‘g‘ri 
hisoblanadi. Aks holda, dekompozitsiya (bo‘laklarga ajratish) deb 
nomlangan tadbirga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Unda ko‘plab 
munosabat ma’lumotlari birinchisining proyeksiyalari bo‘lgan boshqa 
ko‘plab munosabat ma’lumotlariga almashtiriladi (ularning soni ortib 
ketadi). Bu tadbirning maqsadi - noo‘rin funksional bog‘liqlik
(demakki anomaliyalar)ni ham bartaraf etish bo‘lib, u normallashtirish 
jarayonining 
mohiyatini 
tashkil 
etadi. 
Boshqacha 
aytganda 
normallashtirish - berilgan sxema (yoki munosabatlar yig‘indisi)ni
munosabatlari ko‘proq oddiy va regulyar tuzilmaga ega bo‘lgan 
boshqa sxema bilan qadamma-qadam almashtirish jarayonidir. 
Normal shakllar nazariyasida munosabatlarning yo‘l qo‘yiladigan 
funksional bog‘liqliklarining tipini cheklaydigan turli normal shakllar 


58 
aniqlanadi. Aytib o‘tilganidek, munosabatlarni biror bir normal 
shaklga keltirish uchun dekompozitsiyaga murojaat etiladi. Bunda biz 
qaytarish, ya’ni dastlabki sxemaning qayta tiklanishi muammosiga 
duch kelamiz. Bu shuni anglatadiki, bir sxemani boshqasiga 
almashtirayotganimizda dekompozitsiya sxemalar ekvivalentligini 
saqlab qolishi zarur. Sxemalar ekvi-valentiligini ta’minlash uchun 
yo‘qotishlardan holilik va bog‘liqlikni saqlab qolishni kafolat 
beruvchi dekompozitsiya zarur bo‘ladi. Yo‘qotishlardan xoli 
dekompozitsiya qaytarilishni ya’ni munosabatlarning dastlabki ko‘pli-
giga ularning loyihalarni tabiiy birlashtirishning davomiyligini 
qo‘llashni kafolatlaydi. Bunda xato birlashtirish oqibati bo‘lgan, ilgari 
mavjud bo‘lmagan kortejlar natija munosabatda paydo bo‘lmasligi 
kerak. Bog‘liqlikni saqlab qolish - funksional bog‘liqliklarning 
dastlabki ko‘pligi yangi sxema munosabatlarida bajarilishini 
anglatadi. 
Dekompozisiyada yo‘qotishlarda xolilik va bog‘liqliklarni saqlab 
qolish ushbu sxemadagi barcha ehtimol tutilgan funksional 
bog‘liqliklarni bilishni talab qiladi. Avvaliga faqat ularning kichik 
ko‘pliklari ma’lum. Yoki yuqorida sanab o‘tilgan funksional 
bog‘liqliklarni keltirib chiqarish qoidalaridan foydalanib boshqa 
ko‘pliklarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Kalit tarkibiga kiruvchi atribut dastlabki (birlamchi) deyiladi
aksincha bo‘lgan hollarda dastlabki bo‘lmagan atribut deb ataladi. 
A

V funksional bog‘liqlik, to‘liq funksional bog‘liqlik deyiladi, agar 
V A atributning qismlariga (ko‘pliklari) emas balki barcha A atributlar 
guruhlariga tegishli bo‘lsa,. Masalan, agar A=A
1
, A
2
, ... A
k
va A
1
,
A
2

V bo‘lsa u holda V ning Aga funksional bog‘liqligi to‘liq 
bo‘lmaydi. 
Quyida biz Boys-Kodd normal shaklini ham o‘z ichiga olgan, 
birinchidan beshinchisigacha bo‘lgan normal shakllarni ko‘rib 
chiqamiz. Normal shakllarni belgilash uchun 1NSH, 2NSH, 3NSH, 
4NSH, BKNSH, 5NSH, qisqartmalari qo‘l-laniladi. Birinchi (1NSH), 
ikkinchi (2NSH), uchinchi (3NSH) normal shakllar dastlabki 
(birlamchi) bo‘lmagan atributlarning kalitga bog‘liqligini cheklaydi. 
Boys-Kodd normal shakli (BKNSH) ham dastlabki (birlamchi) atri-
butlarning bog‘liqligini cheklaydi. To‘rtinchi normal shakl (4NSH) 
quyida muhokama etiladigan ko‘p mazmunli bog‘liqliklarning 


59 
turlariga cheklashni shakllantiradi. Beshinchi normal shakl (5NSH) 
bog‘liqliklarni birlash-tirish bog‘liqliklari deb nomlangan boshqa 
turlarini kiritadi.
Munosabatni normallashtirish darajasi uning semantikasiga 
bog‘liq bo‘lib, qisman ayni paytda ma’lumotlar bazasida mavjud 
bo‘lgan ma’lumotlar bilan aniqlanishi mumkin emas. Bu shuni 
anglatadiki, semantika funksional bog‘liqliklar yordamida kiritilgan 
bo‘lishi zarur.

Download 417.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling