Iii bob. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirishni tadbiq etgan holda loyihalash


Ma’lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash


Download 417.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana21.11.2023
Hajmi417.04 Kb.
#1790866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Relyatsion ma\'lumotlar bazasi

Ma’lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash 
Ma’lumotlarni kontseptual modeli bo‘yicha maqsadli, MBBT 
tipini hisobga olgan holda biror bir jismonan aspektga tadbiq qilish 
modelini yaratish. 
Ishlab chiqilgan kontseptual model bog‘lanishlarini tanlangan 
aniq MBBT ga tadbiq qilishning imkoni bo‘lmasligi mumkin. Shuning 
uchun, kontseptul model tanlangan aniq MBBT uchun qaytadan ishlab 
chiqiladi va u mantiqiy model deyiladi.
Mantiqiy 
loyihalashning 
maqsadi 
predmet 
sohaning 
o‘rganilayotgan qismi kontseptul modeliga asoslangan holda aniq bir 
MBBT uchun mantiqiy bog‘lanishlarga ega bo‘lgan mantiqiy modelni 
qurishdan iboratdir.
Bu bosqichda aniq bir MBBT uchun MB jadvallari, jadvallarining 
tuzilishi va jadvallar orasida bog‘lanishlar yaratiladi. Jadvallarni 
yaratishda me’yorlashtirish talablarining bajarilishiga rioya qilinadi. 


50 
Quyida biz Boys-Kodd normal shaklini ham о’z ichiga olgan
birinchidan beshinchisigacha bо’lgan normal shakllarni kо’rib 
chiqamiz. Normal shakllarni belgilash uchun 1NSH, 2NSH, 3NSH, 
4NSH, BKNSH, 5NSH, qisqartmalari qо’l-laniladi. Birinchi (1NSH), 
ikkinchi (2NSH), uchinchi (3NSH) normal shakllar dastlabki 
(birlamchi) bо’lmagan atributlarning kalitga bog‘liqligini cheklaydi. 
Boys-Kodd normal shakli (BKNSH) ham dastlabki (birlamchi) 
atributlarning bog‘liqligini cheklaydi. Tо’rtinchi normal shakl (4NSH) 
quyida muhokama etiladigan kо’p mazmunli bog‘liqliklarning 
turlariga cheklashni shakllantiradi. Beshinchi normal shakl (5NSH) 
bog‘liqliklarni birlash-tirish bog‘liqliklari deb nomlangan boshqa 
turlarini kiritadi.
Munosabatni normallashtirish darajasi uning semantikasiga 
bog‘liq bо’lib, qisman ayni paytda ma’lumotlar bazasida mavjud 
bо’lgan ma’lumotlar bilan aniqlanishi mumkin emas. Bu shuni 
anglatadiki, semantika funksional bog‘liqliklar yordamida kiritilgan 
bо’lishi zarur.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik MB relyatsion modelga muvofiq 
loyihalashtiriladi. Shuning uchun, loyihalashda Koddning 12 ta 
qoidasiga rioya qilish talab qilinadi. 

Download 417.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling