Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi
Suv resurslarini boshqarish usullari evolyusiyasi
Download 454.11 Kb. Pdf ko'rish
|
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK
3.4 Suv resurslarini boshqarish usullari evolyusiyasi
Suv resurslari mintaqa xududi bo‗ylab o‗ta notekis tarqalgan. Intensiv xo‗jalik faoliyati natijasida suv resurslari tanqisligi yildan yilga oshib bo‗lib bormoqda. Xozirgi vaqtda va yaqin istiqbolda chuchuk suv tanqisligi suv iste‘molini kamaytirish yo‗li bilan suvni tejash xisobiga pasayishi mumkin (sanoatni aylanma suv ta‘minotiga, aloxida soxalarida esa suvsiz texnologiyalarga o‗tish; sug‗orishning yangi progressiv usullarini qo‗llash, sug‗orish tizimlari foydali ish koeffitsientlarini oshirish; yer osti va yer yuzi suvlarini vaktda qayta taqsimlash (oqimni boshqarish); suv resurslarini makonda qayta taqsimlash (oqimni ko‗chirish); sho‗r va sho‗rroq suvlarni chuchuklashtirish; muzlik va tog‗ ko‗llaridagi suv resurslarining 100 yillik zaxiralarini ishlatish (O‗rta Osiyo muzliklaridagi suv xajmi taxminan 2,3 ming km 3 ni tashkil etadi; suv kam yillarda bu zaxiralarning 1% ning sun‘iiy ishlatilishi, Orol dengizi xavzasidagi suv ta‘minoti keskinligini pasaytirishi mumkin edi); yog‗inlar xosil bo‗lishi jarayonlarga faol ta‘sir o‗tkazish (fakat kichik ya‘ni 100 km 2 maydonlarda va yog‗inlar xosil bo‗lishining tabiiy sharoitlariga yaqin bo‗lganidagina samarali bo‗lishi mumkin). Shunday qilib suv tankisligi sharoitlarida suv xo‗jaligi masalalari resurslar kabi talablarga xam ta‘sir o‗tkazish yo‗li bilan hal qilinadi. Suv resurslariga ta‘sir o‗tkazishni asosan texnik usullar bilan amalga oshiriladi (oqimni boshqarish, ko‗chirish, ko‗shimcha maxalliy resurslardan foydalanish). Hisob davri uchun umumiy balans musbat bo‗lsa, suv manbasi tartibi shundayki, aloxida davrlarda suv etarli bo‗lmagan xolatlarda suv oqimini vaktda qayta taqsimlash zarur (boshqarish). Agar umumiy balans salbiy bo‗lsa va suv manbasi tartibi qoniqarsiz bo‗lsa, oqimni vaqtda xam makonda ham qayta taqsimlash zarur (boshqa xavzadan suv o‗tkazish). Talabga ta‘sir o‗tkazishni (suv resurslaridan oqilona foydalanish va tejash) suvlarni saqlash va ulardan foydalanish qonunlariga, shuningdek me‘yoriy xujjatlar talaboariga mos ravishda amalga oshiriladi. Bunday xujjatlar tarkibiga standartlar, chegara belgilari, ko‗rsatmalar, qoidalar, me‘yorlar, cheklovlar, ruxsatnoma va litsenziyalar, ma‘muriy (yagona, regional va maxalliy suv xo‗jaligi boshqaruvi tizimlarini yaratish), iqtisodiy (suv uchun va oqava suvlar chiqarish uchun to‗lov, oqava suvlarni chiqarishning belgilangan me‘yorlarining buzilganligi uchun jarimalar, ifloslangan suv bilan etkazilgan zarar o‗rnini qoplash, oqava suvlarni tozalash bo‗yicha tadbirlariga dotatsiya va subsidiyalar ajratish, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini tadbiq etish uchun fond ajratish va ba‘zi boshqa usullar) ko‗rsatmalarni kiritish mumkin. Download 454.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling