Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi


Sobiq SSSR ning tugatilish bosqichida mintaqada


Download 454.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana10.02.2023
Hajmi454.11 Kb.
#1186057
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK

 
Sobiq SSSR ning tugatilish bosqichida mintaqada
suv xo‘jaligini boshqarish 
Havza darajasida suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish va asrash 
zaruriyati mintaqa davlatlari mustakillikka erishishlaridan ancha oldin asoslangan 
edi. Garchi sobiq SSSR ―Melioratsiya va suv xo‗jaligi‖ vazirligining suv 
taqsimlashning markazlashtirilgan tizimi beshta respublika xukumatlari bilan 
maslaxatlashish asosida amalga oshirilgan bo‗lsa-da, 1974-75 yillar va ayniqsa
1982 yillar suv tanqisligi oqibatlari tahlili, mintaqada ekologik jihatdan maqbul 
bo‗lgan va qattiq nazorat qilinadigan suv resurslarini boshqarish yondashuvni 
amalga oshirishni barcha mamklakatlarining muvofiqlashtirilgan xarakatlarisiz 
imkoni yo‗q ekanligini ko‗rsatdi. SHuning uchun, respublikalar bilan kelishilgan 
va sobiq ittifoq ―Melioratsiya va suv xo‗jaligi‖ vazirligi tasdiqlagan qoida va 
grafiklarga muvofik suv resurslarini boshqara oladigan xavzaviy tashkilotlar tuzish 
tavsiya etildi. Tashkilot tuzilmasi 1986 yilda tasdiqlandi va natijada ikkita 
xavzaviy suv xo‗jaligi tashkiloti - «Amudaryo» havza suv xo‗jaligi tashkiloti 
(XSXT), (shtab-kvartirasi Urganch shahrida) va «Sirdaryo» XSXTi (shtab-


kvartirasi Toshkent shahrida) tashkil etildi. Xukumatning 1110 raqamli Qaroriga 
ko‗ra, daryolar va asosiy suv okimlaridagi barcha 10 m
3
/s va undan katta suv 
sarfiga ega bo‗lgan bosh suv xo‗jalik inshootlari mazkur HSXTlari ixtiyoriga 
topshirilishi belgilab qo‗yildi.
HSXTilarni mablag‗ bilan ta‘minlash sobiq ittifoq byudjetidan ―Melioratsiya 
va suv xo‗jaligi‖ vazirligi orqali amalga oshirilgan. Markaziy Osiyo respublikalari 
gidrometeoxizmatlari tomonidan tayyorlanadigan bashoratlar asosida «Amudaryo» 
va «Sirdaryo» XSXTlari havza doirasida suv omborlaridan suv chiqarish va suv 
berish jadvallarini o‗z ichiga oladigan, respublikalar bilan kelishilgan yillik 
rejalarni tayyorlab, yiliga ikki marta sobiq ittifoq ―Melioratsiya va suv xo‗jaligi‖ 
vazirligiga taqdim etishgan.
Xar bir respublika uchun beriladigan suv ulushi sobiq ittifoq Davlat plani 
tasdiqlagan suv taksimoti limitlariga muvofiq belgilangan. Eng muxim 
komponentini asosiy ko‗p yillik boshqariluvchi suv omborlaridagi (Toktogul, 
Andijon, Chorvoq, Nurek) suv zaxiralari tashkil etgan yillik rejalar sobiq ittifoq 
―Melioratsiya va suv xo‗jaligi‖ vaziri o‗rinbosari tomonidan tasdiqlanar edi. O‗sha 
vaqtda suv taqsimotida ikkita yondoshuv shakllangan: sug‗iladigan maydonga 
proporsional yoki xar bir ekin va har bir viloyat uchun belgilangan talabga 
proporsional. Gidrologik bashoratlardan farqli ravishda HSXTlar xar bir mamlakat 
uchun limitlarni 10% chegarasida ko‗paytirish yoki kamaytirish huquqiga ega 
edilar. Ular suv sifatini nazorat qilmaganlar va xar bir mamlakatdagi suvdan 
foydalanishga mas‘ul bo‗lmaganlar. Orol dengizi va Orolbuyi mintaqasiga suv 
berilishi esa «qolgani shu» tamoyili asosida amalga oshirilgan.

Download 454.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling