Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi


-tamoyil. Chuchuk suv - hayot va atrof muhitni saqlash va


Download 454.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana10.02.2023
Hajmi454.11 Kb.
#1186057
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK

 
1-tamoyil. Chuchuk suv - hayot va atrof muhitni saqlash va 
rivojlantirish uchun muxim bo‘lgan tugallanadigan va nozik resurs 
Chuchuk suv cheklangan resursdir va bu fakt global gidrologik siklning 
miqdoriy tahlili natijalari bilan tasdiqlanadi. Bundan kelib chiqadiki o‗rtacha yillik 
kesimda suvning belgilangan ma‘lum hajmi mavjud. Bu hajmni inson faoliyati 
natijasida keskin ko‗paytirish imkoni yo‗q, garchi u antropogen ifloslanishi 
natijasida qisqartirilishi mumkin va ko‗pincha shunday ham bo‗ladi. Chuchuk suv 
zahiralari uning xisobiga ta‘minlanadigan zarur suv xo‗jaligi xizmatlarini 
kafolatlab saqlash zarur bo‗lgan tabiiy resurs hsoblanadi. Ushbu tamoyil suv turli 
maqsadlar uchun zarurligini ko‗rsatadi. Shuning uchun suv resurslarini boshqarish 
yaxlit (integratsiyalangan) bo‗lishi va resursga bo‗lgan talabni qondirish imkoni 
kabi, uning saqlanishi yoki ortiqcha olish xavfini xisobga olinishi kerak. Bu 
tamoyilga muvofiq daryo havzasi yoki uning suv to‗plash maydoni suv resurslarini 
boshqarishning birligi sifatida xizmat qilishi kerak. Bu esa suv resurslarini 
boshqarishni tashkil etishda gidrografik yondashuvga asos bo‗ladi. 
 
2-tamoyil. Suv xo‘jaligini rivojlantirish va boshqarish - iste’molchilar, 
rejalashtirish tashkilotlari xodimlari va barcha darajalarda siyosiy qarorlar 
qabul qiluvchi shaxslarni jalb qiluvchi serqirra yondashuvga asoslanishi 
kerak. 


Suv-xar bir sub‘ekt unga nisbatan manfaatdor tomon bo‗ladigan resursdir. 
Real ishtirokchi manfaatdor tomonlar qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish, 
yoki juda bo‗lmaganda uning ustidan nazorat qilish jarayoniga jalb etiladilar. 
Barcha manfaatdor tomonlar ishtirokidagi yondoshuv - uzoq muddatli kelishuv va 
umumiy korporativ bitimga erishish uchun eng yaxshi vositadir. Ishtirok etish 
ma‘suliyatni qabul qilish, iqtisodiyotning berilgan sektori tadbirlarining boshqa 
suvdan foydalanuvchilarga va suv ekotizimlariga ta‘sir etishini tan olish, 
shuningdek, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va resurslarni barkaror 
rivojlantirish bo‗yicha majburiyatlarni qabul qilish ekanini bildiradi. Ammo 
umumiy ishtirok imkonining mavjudligi - bu to‗g‗ri ma‘noda bema‘nilik, bu 
tamoyilning amalga oshirilishi demokratik asosda tuziladigan, guruhli, xududiy 
yoki boshqa jamiyat manfaatlarini aks ettiruvchi e‘tiborli nodavlat, maxalliy va 
ishlab chiqarish tashkilotlarini shakllantirish orqaligina sodir bo‗lishi mumkin. 
Aytish kerakki, ishtirok etish doim xam konsensusga (o‗zaro kelishuv) olib 
kelavermaydi, shuning uchun yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan ziddiyatlarni xal 
etish uchun arbitraj yoki boshka mexanizmlar kerak bo‗ladi.
Xukumatlar barcha manfaatdor tomonlarning, jamiyatning aloxida zaif 
ijtimoiy guruxlarining ishtiroki uchun imkoniyatlar yaratishga yordam berishlari 
kerak. tan olish zarurki, xozirgi kunda ishtirok etish uchun oddiy imkoniyat 
yaratish aholining qashshoq guruxlari uchun (agar ularning ishtirok etish 
imkoniyatlari ijtimoiy safarbarlikning real mexanizmlari, strukturalari va tizimlari 
bilan ta‘minlanmasa) xech narsa bermaydi. Qaror qabul qilishni suvdan 
foydalanuvchilarning 
eng 
so‗nggi quyi darajasigacha detsentralizatsiya 
(markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‗tish) qilish suv resurslari 
atrofidagi muammolarni xal etishda jamiyat ishtirokini kuchaytirish uchun yagona 
strategiya xisoblanadi. Barcha manfaatdor sub‘ektlarning ishtiroki qashshoq 
mamlakatlarning rivojlanishi uchun yordam beradigan yo‗ldir. Chunki bu 
mamlakatlardagi axborot etishmasligi yoki zarur axborotga erishishning 
cheklanganligi rivojlanish yulini to‗suvchi omil xisoblanadi. Jamiyatning ishtiroki 


imkonlari, potensiali va motivlari (sabablari) keyingi tadqiqotlar va qo‗llab-
quvvatlashni talab etadi.
3.4-rasm. 

Download 454.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling