Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi


Download 454.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana10.02.2023
Hajmi454.11 Kb.
#1186057
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK

 
 
Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish 
choralari 
 mintaqa mamlakatlarining suv resurslariga haqiqiy talablarini ta‘minlay 
oladigan yangi, samarali ishlashga qodir boshqaruv organlari va ularning 


tashkilotlarini yaratish yo‗li bilan havzaning suv resurslarini boshqarishning 
tashkiliy strukturasini yaxshilashni davom ettirish; 
 xozirgi sharoitlarda mintaqa mamlakatlari o‗rtasida suv resurslari 
rejalashtirish, boshqarish va ulardan foydalanish, shuningdek, Orol dengizi 
xavzasida iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash masalalari bo‗yicha mavjud 
bitimlarni yaxshilash va yangilarini ishlab chiqish;
 suv xo‗jaligini boshqarishning milliy tashkiliy tuzilmasini muntazam 
takomillashtirish. Buning uchun Tojikiston va Turkmanistonda suv xo‗jaligini 
boshqarishning ma‘muriy-territorial tamoyilidan Qozog‗iston, Qirg‗iziston va 
O‗zbekistondagi kabi havzaviy tamoyilga o‗tkazish;
 suv resurslarini boshqarishning eng quyi pogonalarida - xo‗jalik ichki 
kanallari, suv iste‘molchilari uyushmalari va fermer xo‗jaliklarida - suv resurslarini 
boshqarishni takomillashtirish.
Suv resursalrini muhofaza qilish organlarining vazifasi - istiqbolning faqat 
bir ssenariysi uchun rejalashtirishdan noaniqroq, ammo extimolning turli darajasini 
aks ettiruvchi extimoliy ssenariylarning butun qatoriga ta‘sirlanuvchi rejalardan 
foydalanishga o‗tishdir. Bu yangi paradigmada texnik mutaxassislar, davlat 
raxbarlari va umuman jamiyat o‗rtasidagi o‗zaro samarali hamkorlik zarur.
Tashqi ta‘sirlarga javob tariqasida suv resurslarini integratsiyalashgan holda 
boshqarish o‗z ichiga boshqarishga adaptatsiyali yondoshuvini ham olishi kerak. 
Boshqa yondoshuv, - preventiv, iqtisodiyot va optimallashtirish sohasida suv 
resurslarini boshqarishda foydalaniladigan qarorlarni qabul qilishning amaldagi 
qoidalarini qayta ko‗rib chiqishni talab etmaydigan ishonchli loyixa yoki 
strategiyalarni izlash orqali extimoliy variantlarning yanada maqbul diapazonini 
shakllantirish uchun bugun harakat qilishni ko‗zda tutadi.
Bunday ishonchli strategiyalar yanada aniqroq axborot olingani sari qayta 
ko‗rib chiqiladi, bunda gipotezalar, variant va imkoniyatlarni interaktiv o‗rganish 
uchun kompyuter taxlili o‗tkaziladi.
Suv 
resurslarini 
integratsiyalangan 
boshqaruvi 
borgan 
sari 
adaptatsiyalanayotgan bir vaktda yanada faol ko‗p sektorli hamkorlikka bo‗lgan 


extiyoj orta boradi. Bundan tashqari, an‘anaviy tarzda suv resurslarini boshqarish, 
deb xisoblangan tushuncha doirasidan tashqariga chiqish va uni yer resurslarini 
boshqarish, qishloq xo‗jaligi, tog‗-kon sanoati va energetika kabi boshqa 
bog‗langan soxalarda qabul qilinadigan qarorlar bilan bog‗lash kerak. 

Download 454.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling