Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi


Suv resurslarining Sovet hukumati davridagi boshqaruvi


Download 454.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana10.02.2023
Hajmi454.11 Kb.
#1186057
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK

 


Suv resurslarining Sovet hukumati davridagi boshqaruvi 
Orol dengizining qurib borishi – suv resurslarini sovetchasiga 
boshqaruvning kechirilmas xatosi oqibatidir. Kattaligi bo‗yicha qachonlardir 
dunyoda to‗rtinchi o‗rin egallagan ko‗l ayanchli ahvolga tushib qoldi. 1960-
yillardan beri suv satxi 27 metrga pasaydi. Atrofidagi xududlarda 4 millionga 
yaqin aholi yashagan xududlar zaxarlangan bo‗shlik yerlarga aylanib qoldi. 
Suvning sho‗rligi 1960 yildagiga nisbatan 10 barobardan ko‗pga ortib ketdi. Qurib 
qolgan dengiz tubidagi tuz va zaxarli chang shamolda to‗zib, katta xududlarni 
qishloq xo‗jaligi uchun yaroqsiz ahvolga keltirmokda. Tuz, shuningdek, sog‗likka 
xam jiddiy ziyon etkazadi, va u borgan sari issiq va quruq bo‗lib borayotgan 
mintaqaning iqlimiga xam og‗ir ta‘sir ko‗rsatmoqda.
Sobiq Sovet rejimining Orol dengizini qutqarish bo‗yicha ishlagan loyihalari 
shubxa uyg‗otardi. Masalan bir sxema bo‗yicha Sibir daryolari Ob va Irtish 
suvlarini Markaziy Osiyoga burish rejalashtirilgan edi. Ammo, 1980 yillarning 
oxirida olimlar, yozuvchi va ekologlar bosimi ostida bu loyixani rad etishga to‗g‗ri 
keldi.
Boshqa reja Markaziy Osiyoning muzliklarini eritib, ko‗lni suvga to‗ldirish
uchun yadroviy kurol ishlatishga chorlar edi. Bunday g‗oyalar tabiatga mohirona 
muxandislik inshootlari yordamida boshqarish mumkin bo‗lgan ob‘ekt sifatida 
qarashlarni aks ettiradi. Sobiq SSSR davrida butun Markaziy Osiyoda to‗g‗on va 
kanallar qurishga milliardlab mablag‗lar sarf etilgan, sug‗orma maydonlarni, bu 
xatto ekologik xolatga zarar etkazsa xam, kengaytirish an‘anasi mavjud edi.
XX- asrning 60 yillaridan boshlab daryolarning yuqori qismida sug‗orma 
yerlarning haddan ortiq ko‗payganligi bois paydo bo‗lgan o‗sib boruvchi suv 
tanqisligining yuzaga kelishi asosiy muammo bo‗lib qoldi. Orol dengizi Sirdaryo 
va Amudaryo oqimlarining oxirida joylashgan. Bu daryo suvlarining katta qismi 
yuqorida sug‗orish va turli boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Shuning uchun 
mavjud suv resurslarining faqat ozgina qismi Orol dengiziga etib boradi. Bu 
zonaga keladigan suvning tarkibida esa tuz mikdori ko‗p, shu tufayli u tuproqning 
ikkilamchi sho‗rlanishi va hosildorlikning kamayishiga olib keladi.


Garchi suv bilan ta‘minlash tejamli bo‗lmas va uzoq vaqtli ekologik ta‘sirni 
xisobga olmasa-da, bu tizim, o‗z mantiqiga tayanib, baribir ishlar edi. Limitlar 
Moskvadagi melioratsiya va suv xo‗jaligi vazirligining qat‘iy rahbarligi ostida 
energetika vazirligi bilan yaqin o‗zaro xamkorlikda belgilanar va amalga oshirilar 
edi.
Shunga qaramay suv resurslarini markazlashgan tarzda sovetcha boshqarish 
merosi, Markaziy Osiyo davlatlari o‗rtasidagi suv nizolariga yo‗l ochdi. 
Qirg‗iziston va Tojikiston o‗z gidroenergetik potensialini oshirishga intildilar. 
Ammo, bu qarorlar daryolarning quyi qismlarini bahor va yozda etarli mikdordagi 
sug‗orma suv bilan ta‘minlash zaruriyatiga zid bo‗ldi. Buning uchun Sirdaryo va 
Amudaryoning yuqori oqimi hududida joylashgan yirik suv omborlarida suv 
zaxiralarini kuz va qishda – yilning sovuq davrida, Qirg‗iziston va Tojikistonda 
elektr energiyasiga extiyoji cho‗qqisiga etgan davrda to‗plash kerak bo‗ldi. 

Download 454.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling