Iii bob. Tutash avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli
Download 439.43 Kb.
|
2-мавзулар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4-rasm. OLG modeli: umumiy holat.
- 3.5-rasm. Tutash avlodlar modeli : keltirilgan kapitalning fazaviy traektoriyasi.
- 3.6-rasm. Tutash avlodlar modeli : 1 va 2 vaqt oraliqlarida keltirilgan iste’molning fazaviy traektoriyasi.
3.3-rasm. OLG modeli: keltirilgan kapital dinamikasi.
Umumiy holatlarda bir nechta statsionar echimlar, beqaror statsionar holatlar va statsionar echimlarning mavjud emasligi holatlarini ham kuzatishimiz mumkin. 3.4-rasm. OLG modeli: umumiy holat. Aytaylik, tutash avlodlar modeli tenglamalari tizimi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lsin: Bu yerda model o‘lchamlari quyidagiga teng: a = 0.3; p= 0.4; 0 = 0.5; gg = 0.02; g = 0.01. Ushbu holatda keltirilgan kapital va iste’molning fazaviy yo‘nalishlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 3.5-rasm. Tutash avlodlar modeli: keltirilgan kapitalning fazaviy traektoriyasi. Bevosita ko‘rish mumkinki, ushbu traektoriyalar ko‘rib chiqilayotgan tizimning statsionar nuqtasiga mos keladigan muvozanat qiymatlariga yaqinlashadi. 3.6-rasm. Tutash avlodlar modeli: 1 va 2 vaqt oraliqlarida keltirilgan iste’molning fazaviy traektoriyasi. Xulosa o‘rnida biz tutash avlodlar modeli uchun dinamik samarasizlik tushunchasiga e’tibor qaratamiz. Shuni yodga olish lozimki, oltin qoidaga ko‘ra, keltirilgan iste’molni maksimallashtiradigan kapital miqdori quyidagi nisbatni qondiradi: Agar k* > kcR bo‘lsa, u holda iqtisodiyot ortiqcha kapitalga egalik qiladi va dinamik jihatdan samarasiz hisoblanadi, ya’ni bunda uzoq muddatli istiqboldda keltirilgan iste’molni oshirish mumkin bo‘ladi. Solou modelida jamg‘arish me’yori haddan tashqari oshirilgan holatda ushbu vaziyat o‘rinli bo‘lsa (amalda mumkin bo‘lmagan holat), Ramsey modeli uchun k* < kcR, ya’ni dinamik samarasizlik mumkin bo‘lmaydi. Inson omili va inson kapitaliYangicha iqtisodiy munosbatlarning qaror topishi sharoitida inson kapitalining milliy iqtisodiyotni barqaror taraqqiyotini ta’minlashdagi o‘rnini aniqlash, undan samarali foydalanish borasida tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalalari mamlakatlarning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni, aholining munosib hayot kechirishi va barqaror rivojlanishini ta’minlash jihatidan ilmiy izlanishlarning muhim yo‘nalishlaridan birini tashkil qiladi. Bu borada ilmiy tadqiqotlarda inson kapitali rivojlanganlik darajasining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tadqiq etish, inson kapitali tarkibiy unsurlarining o‘zaro munosabatini baholash, innovatsiyalarning joriy etilishi va tarqalishiga ta’sirini aniqlash, inson kapitalini rivojlantirishning samarali usullarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Innovatsion rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar qatoriga hududiy sharoitda o‘zgarishlarning ko‘lami, tezligi va chuqurligidagi farq ham kiradi. Turli ziddiyatlarning vujudga kelishi asnosida nomutanosibliklarning o‘sishi hududlarning innovatsion taraqqiyotida farqlanishlarni keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida innovatsion rivojlanish darajasini belgilab beruvchi omillarni har jihatdan o‘rganishni taqozo etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 sonli “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida 52-maqsad sifatida: “Global innovatsion indeksda qayd etilgan past indikatorlar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilash. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha yo‘nalishlarda keng imkoniyatlarni yaratish, tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish” -belgilab berilishining o‘ziyoq, innovatsion iqtisodiyotni qaror toptirish masalasi milliy iqtisodiyot uchun naqadar muhimligidan dalolat beradi. Bugungi kunda har qanday davlatda mamlakatning o‘ziga xos va etarlicha samarali bo‘lgan milliy innovatsion tizimini barpo qilish muhim vazifa hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, innovatsion taraqqiyotning yangi modeliga o‘tish birdaniga to‘planib qolgan salbiy jarayonlarni engib o‘tish va iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish imkonini bermaydi. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning yangi innovatsion modelini qaror toptirishda innovatsion salohiyatdan foydalanishni jadallashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, innovatsion xo‘jalik tizimlarining samarali faoliyat ko‘rsatishiga imkon beruvchi yangi institutsional tuzilmalarni yaratishga alohida urg‘u berish talab qilinadi. Hozirda jahonda biznes, fan va davlatning o‘zaro aloqalariga asoslangan innovatsion taraqqiyotning to‘rtta modeli mavjud bo‘lib, mamlakatlar muayyan shart-sharoit va omillarni hisobga olgan holda, u yoki bu modelni tanlashni ma’qul ko‘radilar. Download 439.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling