Iii «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masalalari


Download 30.63 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi30.63 Kb.
#99703
Bog'liq
“Lison ut-tayr”da tasavvuf g‘oyalari.


III.3. «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masalalari

Tasavvuf g’ayritabiiy olamga iloxlar va ilohiy kuchlarga, odamning iloxlar bilan bevosita aloqa qila olishga ishonishdan iborat diniy e`tiqod. Olimlar tasavvufning adabiyot bilan yaqinlashiish sabablarini ko’proq sufiylarning raqsu samo` majlislari bilan bog’laydilar. Tasavvuf shayxlari muridlariga ta`sir etish uchun ruboiy, g’azal kabi kichik she`riy janrlardan foydalanganlar. Ba`zan o’zlari so’fiyona g’oyalarga moe asarlar ijod qilib aksar, aksar holda esa xalq orasida yurgan og’zaki ijod namunalari va mashhur shoirlarning she`rlaridan foydalanib suhbatlarini qizitganlar, so’zlarga yangi ma`no berib, so’fiyona g’oyalar ruhida talqin va tafsir qilib eshituvchilarni hayajonga solganlar. Tasavvuf g’oyalari keng tarqalgandan keyin u gumanistik shoirlarning qalbini rom etdi. Tasavvufning pok ilohiy ishq haqidagi, Haq va haqiqat, najib insoniy xislatlar, kamolot kasb etish haqidagi g’oyalari she`riy g’oyalarga aylandi shoirlar qizg’in bir ruh, ko’ngil amri bilan irfoniy g’oyalarni kuyladilar, hisobsiz lirik she`rlar, jaxonga mashhur dostonlar, qissalar yaratildi. Tasavvufning bexudlik va ishq kontseptsiyasi, soflik, adolat va haqiqat timsoli Mutlaq ilohga muhabbat zavqi ijod axdiga qattiq ta`sir etdi, insoniyat g’ami bilan qalbi dardga to’lgan isyonkor ruxdagi shoirlarni bir ohanraboday o’ziga tortib, o’rtanilishi, his hayajonga serob ajoyib she`riyatni vujudga keltirdi. So’fiyona adabiyotning tasvir mavzui tariqat yo’li bilan poklanayotgan va tinmay komillik sari taraqqiy etayotgan Inson bo’lgani uchun ana shu soliq yo’lovchi Insonning dunyoqarashi, estetikasi, kechinmalar olami muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Tasavvufiy adbiyotning barcha ko’rinishlari, janrlarida ana shu soliq Insonning tuyg’ulari, tushunchasi tasvirga olinadi, uni tarbiyalash, unga Haqni va o’zligini tushuntirish, turli rivoyat va hikoyatlar keltirish, o’git nasihatlar qilish bilan uning ongi va qalbiga yo’l topish bosh masala qilib olinadi. Alisher Navoiyning fikricha, shoirda darveshlik xislati bo’lmasa, uning iste`dodi ulug’ maqsadga xizmat qila olmaydi, shuning isboti sifatida biz tasavvufiy g’oyalarni, qarashlarni, atamalarni «Lison ut-tayr» asarida ko’rishimiz mumkin. Mansur halloj VIIIXI asrda yashab ijod etgan ulug’ sufiylardan bo’lib, o’zini barkamollik cho’qqisida ko’rgan, ruhan ozod kishi edi. «Lison ut tayr» asarida ham Alisher Navoiy Mansur Halloj haqida so’z yuritib «Mansur tavhidda yuqori darajaga erishib, uning tilida doimo analhaq» «analmen, haq xudo»(407 b) Ingliz tiliga bu ran. "Mansur achieved much in oneness, and used to cotinually repeat am truth" (138 p) Bu misolda «anal haq» ning aynan tarjimasi "I am analmen, truth haq xudo" «Suqra, suqrmast demakdir, (1146 tasavvuf) tasavvuf ta`limotiga ko’ra haq vaslidan sarxushlik, ilohiy jazavasiga tushish payti. «Bir kuni suqr vaqtida uning nazari bir itga tushdi» (350 b) "One day, when the shaikh was drunk, a dog cought his eye" (81p) Suqr, bu misolda drunk, mastlik tarzida ifodalangan. Lekin ichimlikdan maet bo’lish va olloh vaslida maet bo’lish bir biridan mutlaqo farq qiladi. Kitobxonda, bu jumla orqali shayxlar turli hil ichimliklar ichib ko’chalarda maet xolda yurishgan ekan degan xulosa paydo bo’lishi mumkin. Balki suqr so’zini transkriptsiya orqali berib unga izoh berilgnda edi, yuqoridagidek xatoga yo’l qo’yilmas edi. Navoiyning «Lison ut-tayr» asaridagi Shayx San`on hikoyatidagi Shayx San`on ilmlari va Kur`onning xotirasidan ko’tarilishi, bu ilohga etish uchun barcha dunyoviylikdan, dunyoviy ilmlardan xoli bo’lish, akldan va akdiy narsalardan qutilish, o’zligini unutishga ishoradir. Uning xotirasining qaytishi bo’lsa «suqra» dan qaytishdir. Tasavvufda sufiy, darvesh, solih kabi atmalar mavjud bo’lib, ular quyidagi ma`nolarni anglatadi. Tilanchi, gado bilan darvesh yoki sufiyning ijtimoiy ahvoli, yurish turishida o’xshashlik bor. Sufiy ham gado dunyo mol mulkidan xoli bo’lgan janda to’nidan boshqa narsasi yo’q qashshoq odam. Ammo sufiyning darveshligi ongli ixtiyoriy sayyu qo’shilish natijasidir, darveshlik uning e`tiqodi, u tariqat maslagini qabul qilib shu yo’lda jonini, borlig’ini fido etadi. Sufiy darveshlar ham tilanchi lekin uning tilanchiligi bilan gadoning tilanchiligi orasida eru osmoncha farq bor. O’ o’zini hak yo’liga bag’ishlab, dunyodan yuz o’girgan boylik, oltin, javohirga bepisand qarab, insoniy sha`nu sharaf hikmat va ma`naviy ganjani har qanday zaru zevardan ustun qo’ygan. Darvesh forscha gado, kambag’al demakdir. YA`ni darveshlik benavolik, qashshokdik kamtar, xoksor bo’lish, o’zini haqiru zabun hisoblash darveshning asosiy fazilati deb karalgan. Darveshlar zohiran aftodahol, janda kiyimda ko’rinsalarda, lekin botinan ilm ma`rifatli, zakiy, xozirjavob va mard hamiyatli kishilar bo’lganlar. Solih deganda sohibdil fazilati bilan birga rahm shafqatli, karamli bo’lish ham nazarda tutiladi yahshilik qilishga qobil, ichki dunyosi but iymon e`tiqodi kishilarga nisbatan solih so’zi ishlatiladi. Solih darveshlar xalq moliga ko’z olaytirmasdan, o’z mehnatlari bilan kun ko’radilar, birovning haqqini eyishdan hazar qiladilar. Ular nafsini jilovlaganlari uchun birovga bog’liq emaslar amal mansabga intilmaydilar va shuning uchun ham erkin yashaydilar. «Lison ut-tayr» asarida ham yuqoridagi atamalar berilgan.

«Shu sifat bilan yana o’zingni yaxshi fikrli to’g’ri ish tutuvchi deb hisoblaysiz bir biringizni yana darvish deb ham ataysiz» (3396). "With such qualities you considered your ideas good and called each other dervish as one's who do right deeds."(69 p)

Ingliz tilida «darvesh» so’zining aynan tarjimasi bo’lib u quyidagicha ma`no anglatadi. Dervisha member of a Muslim religious group whose members make a pomise to stay poor and lively dance as a part of their worship. Ingliz kitobxoni darvesh musulmonlarda faqirlikda va tanholikda yashaydigan kishilar ekanligini, faqat olloh vasli bilan yashashini biladilar. «Karaxtlikdan dang qotgan bir qalandar bo’lar edi» (364 b) "There lived a wandering dervish who was famous for his indolence" (96 p).

QalandarDiniy g’azallar o’qib musulmon dinini targ’ib qilib darbadar kezuvchi tarki dunyo qilgan darvesh, to wandermove or go about from place to place with out any special purpose or destination. Qalandarwandering dervish maqsadsiz bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yuruvchi tarzida o’girilgan. Agarda kitobxon darvesh so’zini ma`nosini anglab etsa, unda qalandar ham biror bir yumush bajaradigan, kandaydir vazifani uddalaydigan darveshligini tushunadi. «Sayr qilayotgan soliq shu bilan yo’lni nihoyasiga etkazadi» (3946). "The travelers who are spiritually pure will finish here" (126p).

«U erda etti iklimni zabd etgan qahramon shoh ham bir gado ga tengdir» (403 b)"The heroic shah who was able to conquer seven coutries is equel to a simple. Gadotilanchilik bilan kun kechiradigan odam, tilanchi, kambag’al, qashshoq. Beggarone who lives by begging (for food, clothes, money) one who begs for others. By misolda ham biz ingilz tilida «gado» so’zining muqobilini ko’rishimiz mumkin. Bunday muqobillarning mavjudligi tarjimani engillishtirib yanada tushunarli qiladi. «Tariqat piri yo’lda davom etar. 3246» "Tariqat's elder continued down the road (53p) Bu misolda tarjimon tarjimaning «polu kal’ka» uslubidan foydalangan, ya`ni asliyatdagi birinchi so’z shundayligicha saqlanadi «tariqattariqat» undan keyingi keladigan so’z esa o’sha tilga o’tiriladi, «pirelder». Bundan tashqari saqifa ostida Tariqatsufizmning bir yo’nalishi deb tushuntirish berilgan. Tariqat — the way of Sufism. Bu ham bo’lsa tarjimaning eng samarali usullaridan biri.

«U biron g’amgin kishi haqiga duo qilmoqchi bo’lsa malaklar qo’l ochib omin derdi 3236» "If he wanted to bless a depressed person he would open angelic hands and say an Amen (52 p)"

«Ishq uning jism ila joniga o’t yoqqan, kufr dinu imoniga o’t solgan edi 3276» "Love lit his body and soul and put his blasphemy religioun, and faith of fire. 57p".

«Ey do’st maqsading nedur?» deb so’ralganida u tangri muftiga uzrxoqlik qilib, osiy ummatingni gunohidan o’tishini istagani keldi. Unda ehson ko’pu lutf qammaga etarlidir, unga lutf haddan ziyodu xalqi esa sahiy edi. (407 b)

"O friend, when is your desired intention? There he begged God"s forgiveness, as he desired for the sins of his guilty community to be forgiven. He had enough alms and graces for all. He had more than enough graces for his people and he was generaus" (138 p) «G’usl qilish kerak, u ko’ngilni pok etishdan tashqari g’amdan qutqaradi. 329 6»"You should do the observance and wash all the parts of your body since to purifies the soul and dispels sorrow. 59 p" G’usl ustidan suv quyib yuvinish, cho’milish. Ingliz tilida g’uslni yuvinib poklanish vazifasi, ya`ni qalb va tanani poklash marosimi sifatida talqin etiladi. Garchan «g’usl» so’zi boshqa so’z orqali ifodalangan bo’lsada asliyatdagi ma`noni etkazib bera olgan. «Shayxning bir foniy muridi bo’lar edi.338» "The shaikh once had a pupil marked by selfabandement.68 p".

«Shunday qilib, bu sodiqlik va ixloslikdan ikkinchi fanoga erishish yorni ularga oshno qildi.4266» "Therefore, their loyalty and devotion brought them to the second nothingness. 156p" Telba aytgan bu so’zlar garchand nomaqbul bo’lsada muhabbat tufayli sodir bo’lgani uchun maqbul edi.382r» "Although what the crazy man said was unpleasant in one sense it was considered acceptable because of his love.H5p".

«Bu shaytonning ishi. Undan kishi faqat zikr tushish yo’li bilangina qutiladi.3296» "This is Satan's doing. If you do the ritual dances like him you will be able to get rid of him. 59p. " ZikrMusulmonlarning biror ruhiy etakchiligida davra qurib hudo va aziz avliyolarning nomlarini baland ovoz bilan tilga olib, g’ayritabiiy xarakatlar va jazava bilan o’tkazadigan marosim. Zikr tushmoqshunday marosimlarda qatnashmoq. Zikr tushmoqRitual dances tarzida berilgan. Ritual dance, ya`ni biror bir dininy marosimda qatnashib, o’tirish va shu marosimda raqsga tushishi. «Shayxning bir foniy muridi bo’lar edi»

"The shaikh once had a pupil marked by self abondonment who drank on immodarate amount of wine from the bowl of love. 68p. " «Qiyomat kuni har kim o’z qabridan bosh ko’tarib, chiqar ekan. Zohid ham, fosih ham, gado ham mahshar tomon yo’l olar ekan. 375» "On Judgement day averybody rose from their tombs. Both erements and evildoer; both beggers and the affluent all stood before the Judge on that day. 110 p" Zohid Tarki dunyo qilib, toat ibodatga berilgan odam, sufiy. Fosih. Yomon gunohli ishlar bilan shug’ullanuvchi, yomon yo’lga yuruvchi axdoqsiz. Eveldoerone who does evil. Erementsone who helps people. Garchand ingliz tilida tasavvuf atamalarining aynan tarjimalari bo’lmasada tarjimon ingliz tilida asliyat ma`nosini anglatuvchi so’zlar orqali bu atamalarning g’oyasini aynan ifodalashi mumukin bo’lgan so’zlarni topib, ularni qo’llagan. Va yaxshi natijaga erishgan.




III.4. «Lison ut-tayr» asaridagi nomlar va ismlar tarjimasi

Bizga ma`lumki Alisher Navoiy o’z davrida, undan oldin yashab ijod kilgan shoir, yozuvchi, davlat arbobi, tasavvuf ta`limotining buyuk namoyondalari, shayxlar va boshqa bir qancha darveshvash faqir odamlar haqida o’zining asarlarida yozib qoldirgan. Shu jumladan «Lison ut-tayr» asarida ham qadimda yashab o’tgan shunday din axdi vakillari, tabarruk zotlar haqida so’z bitilgan. Navoiy bobomiz har bir hikoyatda biror bir mashhur shayx hayotida bo’lib o’tgan voqealarni o’tmishdagi qarashlarni, tasavvuf ta`limotining gullab yashnashini ko’rsatgan. Masalan: Shoh Ibrohim Adham hikoyati orqali biz 7 asrda yashagan shoxlikdan, tojidan vos kechib mamlakatni tark etib ollohga etishish maqsadida egniga janda kiygan shoh haqida bilishimiz mumkin. U mutlaq bu dunyoning tashvishlaridan xoli bo’lib fakat olloh vasli bilan yashar edi. Bunday hikoyatlar bizga o’sha davr odamlari, davlat tuzumi, qarashlari, haqida qimmatli ma`lumotlar beradi.

Ismlar va nomlarni bir tildan ikkinchi tilga o’girish murakkab jarayonlardan biri. Nomlar doimo ham o’z ma`nosida kelmasligi mumkin, ba`zan esa so’z o’yini tarzida ishlatiladi. Bu tarjimon uchun juda mas`uliyatli vazifa, chunki bu nom yoki taxallus shu obrazning xarakterini ochib berishda xatto milliy yumorni aniqlashda muhimdir. Ismlar tarjimasiga yagona talab qo’yish qiyin. Tarjimon avvalo bu nomlarnining asliyatda bajarayotgan vazifasini, ma`nosini anglab etishi zarur. Bir xolatda ismni o’girish kerak bo’lsa, ikkinchisida transkriptsiya orqali uzatiladi. Yana tarjimon ikki tilning fonetik tuzilishidan xabardor bo’lishi kerak. «Lison ut-tayr» asarida ham ko’plab ismlar, nomlar ingliz tiliga o’girilgan. Shayx San`on-Shaikh San'on, Farididdin Attor Farididdin Attar, Junayd Bag’dodiy-Junaid Baghdodi, Boyazid Bistomi-Boyazid Bistomi, Shayx Najmiddin KubroShaikh Najmiddin Kubro, Abu Sayid-Abu Said, Abulxayr-Abulkhair, Qorun-Qorun, MustafoMustafo, Faridun-Faridun, Afridun-Afridun, Moniy-Moniy.

Demak bu ismlar ingliz tiliga lotin alifbosi vositasida berilgan, talaffuzi ham saqlanib qolgan. O’zbek tilidagi yumshoq «X,» xarfi lotin tilidagi "N" ga ingliz tilida ham aynan shu xarfga to’g’ri keladi. Hotam Tay Hatam Tai, Ibrohim Ibn Adham-Ibrahim Ibn Adham. endi qattiq «X» xarfi lotin yozuvida ham «X» tarzda ifodalanadi. Ingliz tilida «X» alifbodagi 24 chi xarf bo’lib u «ks» tovush birikmasini ifodalaydi. Qattiq «X» ni uzatish uchun tarjimon «KN» xarflarini biriktirish yo’ldan foydalanadi. Abulhasan Xaraqoniy Abulhasan Kharaqoni, Abu Sayid Abulxayr Abu Said Abulkhair, Shayx-Shaikh. O’zbek tilidan qilinadigan ismlar tarjimasida, ko’pincha «iy» bilan yoziladigan ism va nomlar (Navoiy, Abu Bakr Nishopuriy, Boyazid Bistomiy, Junayd Bog’dodiy, Shibliy, Abdulla Ansoriy) larda oxirgi «y» tovushi tushurib qoldiriladi. Va ingliz tiliga (Navai, Boyazid Bistomi, Abu Bakr Nishopuri, Junaid Boghdodi, Shibli, Abdulla Ansori) Bundan tashqari asarda barcha millat vakillariga tanish bo’lgan ismlar haqida so’z yuritiladi. Ularga Arastu, Aflotun, Fir`avn. Ularni Arastu, Aflotun, Fir'avn tarzida o’girsa bo’lar edi. Lekin ularni dunyo biladigan nomlaribor. Arastu-Aristotel’-Arisiotle, Aflotun-Platon-Plato, Fir`avn-Faraon-Pharaoh. Shayxlarning ismlari asosan ular qaysi joyda yashaganliklarini bildiradi. Abu Bakr Nishopuriy Nishopur shahridan, Abu Turob Naxshabiy Qarshi shahridan. Umuman «Lison ut-tayr» ni o’qigan kitobon ismlarni tushunishida hech qanday qiyinchilikka uchramaydi. Tarjimon ismlarni transkriptsiya orqali ingliz tilida jonlantirgan. SHu bilan birga sahifa ostida har bir ismning, nomning, shayxlarning yashagan joyi, davri, davlt tuzumi ko’rsatilgan, bu esa buyuk shaxslarni yanada chuqurroq o’rganishga ko’proq ma`lumotlar olishga yordam beradi. Bundan tashqari asarda payg’ambarlar farishtalar haqida ham so’z yuritiladi. Payg’ambar (fors payg’om, payyomxabar, barkeltirmoq, xabar keltiruvchi) ilohiy kuchlardan vahiy ko’rsatma olgan deb e`tiqod qilinadigan shaxslarning umumiy nomi. Ba`zilari xudoning erdagi vakili, elchisi deb ham ataladi. Payg’ambarlarga e`tiqod qilish barcha dinlarga xos. Yahudiy, Xristian, Qur`onda yuzlab payg’ambarlar haqida rivoyatlar keltirilgan. Islomda e`tirof etilgan ko’p payg’ambarlar Nuh, Ibrohim, Ishoq, Yaqub, Yunus, Ayyub, Yahyo, Muso, Iso va boshqalar haqida rivoyatlar Tavrot va Injildan Qur`onga o’tgan. «Lison ut-tayr» asarida ham payg’ambarlarning ayrimlari haqida so’z yuritib, ularning nomlari ham ingliz tilida berilgan.

Odam atoFather Adam, Sulaymon-Solomon, Iso (Masiq)Jesus (Christ), YUsuf-Joseph, Myco-Moses, Muhammad-Muhammad, Ibrohim-Ibrahim, Nuh-Noach.

Istig’no vodiysidan.

Etti daryo onda bir qatra matar

Etti ko’k xashxosh chog’lig’ muxtasar

Etti do’zax onda bir uchqun kibi

Mo’rlarg’a tu`ma onda barcha sher,

Pashshasi pil ovlamoqqa bas daler.

Etti kishvar ichra shohi qashramon ,

Bir gado onda hamonu ul hamon.

Tig’i qotil tortibon yuz ming cherik,

Ko’zga kelmay onda qoqimcha irik.

Ajdahokim ko’kni chekkay dam bila,

Onda yakson rishtai Maryam bila.

Bo’ldi ming xayli maloik bartaraf,

Nogah Odam kiydi bir toji sharaf.

Bo’ldi yuz ming jismdin begona ruh,

Toki kishtibolig’ oyin qildi Nuh.

Yuz tuman Namrudni pashsha zalil

Qildi to o’tni chechak qildi Xalil.

Bo’ldi yuz ming tiflning qoni hadar,

To Kalimulloh bo’ldi tojvar.

Bog’ladi zunnor yuz ming axdi din,

To Masih anfosidin jon toti tin. (2036)



Nasriy bayoni: «Etti do’zax olovi bu yashin oldida bir uchqunga teng bo’lsa, sakkiz jannat uning oldida bir shudring misolidir. U erdagi chumolilar sher bilan ovqatlanadi, pashshasi esa filni ov qilishga qodir. U erda etti iqlimni zabt etgan qahramon shoh ham oddiy bir gado ga tengdir. Qotillik tig’i u erda o’zining yuz ming qo’shini bilan saf tortib turadi. Qoqum terisidan tikilgan qimmatbasho kiyimlar u erda nazar pisand qilinmaydi. Ko’kni yutib yuborishga qodir ajdaho u erda Bibi Maryamning nozik ipi bilan babbaravar turadi. U erda minglab maloiklar to’dasi e`tibordan qolib, nogoh Odam sharaf tojini kiydi: Yuz ming jism o’z ruhidan begona bo’lganida, Nuh kemachilik bilan odamlar hayotini ofatdan sakdab qoldi. U erda Namrud sonsanoqsiz pashshalar chaqqanidan tortib, Halilning o’tni chechakka aylantirga ni ham yoki yuz ming begunoh bolaning bekordan bekorga qoni to’kilishiyu Kalomullohning sharf etilishi ham; yoki yuz minglab din axdining o’z e`tiqodidan voz kechib, zunnor bog’laganiyu Masih nafasidan jon taskin topganigacha; yoki bu ko’hna zolim dunyoning yuz ming qon to’kishdan Muhammadning bir tun arsh uzra sayr qilganiga qadar hammahammasi, boru yo’q barcha narsalar din ahliyu kofirlar eli —barchasi birday teng hisoblanadi»(403b) «I the fire of seven hells is only equal to a spark before this lightning, then eight paradises are just dew. Here ants feed on lions fleas are capable of hunting alephants. The heroic shah who was able to conquer seven countries is equal to a simple beggar. The blade of execution with it's army of one hundred stands at attention. Nobody cares about the expensive clothes made even from martens. The Dragon that is able to swallow the whole sky is equal to Saint Mary's fine thread there. Angel flocks by the thousands were neglected and suddenly Adam wore the glorious crown. When a hundred thousand spirits lost their body, Noach saved the lives of people from disaster by ship building. Everybody is equal there including: Nimrod who has been bitten by innumerous flies and Halil who turned fire in to flower. Or the one hundred thousand innocent children whoose blood has been shed prising God's Word, or the hundrads of thousands who gave up their religion and those wearing the Christian belt whose soul have found comfort in Christ's breath. Or the old tyrant who who shed the blood of one hundred thousand people, and Muhammad's travel to the top of Heaven one night. Everything that exists or does not exist, both religious people and infidels is equal there 153p»

Farishta (forstojik, arab malak maloik, maloka) iudaizm xristianlik, islom diniy rivoyatlarga ko’ra, xudoning amrini bajaruvchi g’ayri tabiiy mavjudotlar. Farishtalar son snoqsiz bo’lib, har biri ma`lum vazifani bajarar emish. Mae: islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi Farishtalar, jannat va do’zaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda so’roq qiluvchi (Munkir va Nakir), Olloh taxtini osmonda ko’tarib yuruvchi va boshqa xizmatlarni bajaruvchi. Farishtalar haqida tasavvurlar mavjud bo’lib, bu taevvur Qur`on rivoyatlariga asoslangan. Islomda farishtalardan to’rttasi Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofil bosh farishtalar xisoblanadi. Azroilislomda to’rt bosh farishtadan biri. Diniy a`nada jon oluvchi farishta. Jabroilislomda to’rt bosh farishtadan biri. Islom ta`limotiga ko’ra Jabroil go’yo xudo bilan payg’ambar o’rtasida elchilik xizmatini bajargan. Muhammadga Qur`on mazmunini ham etkazib turgan. Mikoilislomda to’rt bosh farishtadan biri. Diniy an`nada koinotni boshqaruvchi farishta hisoblanadi. Isrofilislomda to’rt bosh farishtadan biri. Isrofil go’yo oxirat kunini e`lon qilib, karnay chalarmish. «Lison ut-tayr» asarida ham Qur`oni karimdan ayrim hikoyatlar olingan, ko’plab o’gitlar, o’rnak oladigan hikoyatlar keltirilgan. Ularda albatta farishtalarhaqida ham so’z yuritiladi. Masalan: Azroil farishtasini jon olishga erga uchib kelgani va Sulaymon payg’ambar bilan bu masala yuzasidan fikr yurgizganini hikoyatdan bilib olish mumkin. Bu hikoyatda Azroilninig sifatlari bayon etiladi.

"Naqldurkim, avji rif`at kavkabi, Mehtari a`zam Sulaymoni nabiBir kun erdi taxt uzra oromgir, Olida devu pari farmonpariz. Jinsi maxduqot insu vahshu tayr, Kurmay oning xizmatidin o’zni g’ayr. Nofiz ul borig’a farmoni oning, Om majmu`iga ehsoni oning. Turmush erdi olida bir axdi hush, hush oni aylab tafakkurdin hamxo’sh. Bo’yla xolatda etishishni bir malak, Qobizi arvohu jallodi falak. ham bu soat qatl tig’in solg’omen, Hind iqlimida jonin olg’omen. Tengri sun`ig’a debon ko’p ofarin, Oni ham qildi yonolarg’a qarin. El bila hamtaklik etsa gar kishi, Ruh kabzi keldi Azroil ishi(155b)

«U osmon jallodijon oluvchi Azroil edi. Umrinig ajal paymonasi to’lib, yukrridan hukm keldi, men uning yonida shu soat qatl tig’ini sanchib, Hind iqlimida uning jonini olish kerak. Kimdakim shamol bilan elib yugursa ham jonini olish Azroilning ishidir 3706» Bu ta`riflar orqali kitobxon bu farihta qandayligini u bajaradigan ish nimadan iboratligini bilib olish mumkin. Bu hikoyatlar orqali shoir o’lim hakligini undan hech qaerga qochib bo’lmasligini, bu dunyoda hech narsa abadul abad, boqiy emasligini aytadi. Ingliz tilida bu hikoyat juda tushunarli va aniq ifodalangan. Azroil farishtasi ingliz tiliga Azrael tarzida o’girilgan. "It was Azreal, the executioner of heaven the angel of death made this complain: He Is about to die as a sentence has come from on high. At this hour I must stab his side with the danger of execution, saying him in India how extremely surprising and terrifying Azreal's job is to take souls even those who flew with the wind 102p" YUqorida aytganimizdek payg’ambarlar va farishtalar nomlari iudaizm, xristianlik, islomda mavjud bo’lib, bu nomlar barcha din vakillariga ma`lum. SHuning uchun bu nomlar tarjimasini anglab etish kitobxonlarda, ular qaysi din vakili bo’lishidan qat`iy nazar dostupno’y. Bu yana shundan dalolat beradiki, har bir din insonlarni ahillikka, birdamlikka, inoqlikka chorlagani kabi bu asarning bosh g’oyasi insonlarni bir biriga, atrofdagilarga va avvvlo Ollohga bo’lgan mehr muhabbatni namoyon etish va unga etishish yo’lidagi mashaqqatlarni ifodalashdir. Halk,larning turmush taxliti, tirikchilik sharoitlari, urf-odat, rasmrusm, irimsirim, udumlarida juda katta farkdar borki, mavjud rosmana lug’atlardan ularinng nomlariga muqobil so’z topib bo’lmaydi, umuman topilgan takdirda ham ulardan foydalanish qiyin bo’ladi, negaki bunday so’zlar asardagi tasvirlangan voqeaga o’zgacha milliy ma`no berish mumkin.

Xullas, bir tilning lug’aviy bo’lgan narsani boshqa tillarga o’girganda, tarjima qilinishi qiyin bo’lgan qo’shimcha izohtalab xos so’zlar, ba`zan esa umuman biror bir muqobil variant bilan tarjima qilib bo’lmaydigan realiyalar tarjimachilik ishida alohida o’rin tutadi. Chunki har bir halqning o’ziga xos urf-odatlar va udumlarni milliy turmush tarziga xos bo’lgan so’zlarni tarjimada berish qiyinchilik to’g’diradi. Va tarjimondan etarli mahorat talab qiladi. Tarjimon bo’lsa, o’sha odatlaru, rasmrusmlarni ham o’zga xalqlarning diniy udumlari, atamalari, kiyim nomlari (salla, do’ppi, chopon, kavush, mahsi)ni bilishi shart. Chunki, har bir xalqning urf-odatlari, milliy o’ziga xos xattiharakat va qiliqlari, yumor xususiyatlaridan xabarsizlik tarjimonga pand berib qo’yadi.

Ishda xos so’zlar ingliz tarjimoni tomonidan mohirlik bilan o’girilgan. Tarjima jarayonida tarjimon milliy koloritni to’laligicha saqlab qolishga xarakat qilgan, chet til kitobxoniga tushunarli bo’lishi uchun ko’plab ta`riflar (snoska)lardan, izoxdardan foydalangan. Ismrealiyalar, familiyalarni iloji boricha asl tilga yaqin holda tarjima qilishni, ya`ni transkriptsiya usuli orqali amalga oshirgan.

Xulosa qilib aytganda «Lison ut-tayr» asaridagi xos so’zlarning inglizcha tarjimalari go’zal, tushunarli, asliyatga yaqin ifodalangan.

XULOSA

Alisher Navoiy jahon adabiyoti tarixida asarlari chuqur donishmandlik va ijtimoiy falsafiy mazmun bilan so’g’orilgan buyuk so’z san`atkorlaridan biri sanaladi. Mutafakkir shoirniig hayot va Inson haqidagi qarashlari asosan badiiy ijodiyotda murakkab allegoriyalar, simvollar, muayyan nazariy tushunchalarni ifodalovchi obraz vositasida yuksak darajadagi shoirona til bilan ifoda etilgan. Bu sohada ayniqsa uning «Lison ut-tayr» dostoni o’ziga xos alohida o’rin egallaydi. Navoiy bu asarni yozishda Yaqin va O’rta Sharq xalklari adabiyoti tarixida keng qo’llanib kelingan qush tili bilan asar yozish an`anasiga murojaat qiladi va bu borada katta mahorat ko’rsatib, shu tipdagi asarlarning g’oyaviy badiiy yuksak namunalaridan birini yaratadi.

Majoziy usul orqali, xususan, qush tili vositasida badiiy asar yozish Sharq xalqlari adabiyotida qadimiy va murakkab tarixga ega ekanligi magistrlik dissertatsiyasida atroflicha o’rganildi. Abu Ali ibn Sino ilk bora Qush tili «Risolat ut tayr» asarini yozgan. Bu asar kush tili orqali falsafiy asar yozish an`anasini boshlab berdi. Qush tili asari Alisher Navoiyning «Hamsa»si kabi o’zbek klassik adabiyoti rivojlanishining o’ziga xos talablariga moe ravishda o’zbek tilidagi adabiyot ravnaqi uchun kurash ehtiyojlari zaminida maydonga keldi. Navoiy bu dostonni yozish bilan o’zbek tilida ham, forstojik adabiyotida bo’lgani kabi, majoziy uslubda chuqur falsafiy mazmunli badiiy asar yozish mumkinligini birinchi marta ilmiy jihatdan isbotladi va o’zbek adabiy tilining bu sohadagi imkoniyatlarini namoyish etdi.

Doston tarkibidagi hikoyatlar o’zlarining badiiy mazmunini ixcham tasvirlash manerasi, satira tig’ining beomonligi, nozik yumori, realistik elementlarga boyligi hamda o’zbek adabiyoti tarixida yangi xodisa xisoblangan bir qator tragikomik obrazlar mavjudligi bilan ham diqqatini jalb etadi. Bu xususiyatlari bilan ular shoirning xikonavislik faoliyatidagi yangi sifat o’zgarishlarini o’zida mujassam ettirib, bu soxadagi Navoiy ijodining eng yukori cho’qqisini tashkil etadi. Ular o’zbek kilassik adabiyotida realizmning shakllanishi va qaror topishida juda katta rol’ o’ynaydi.

Alisher Navoiyning epik poeziyadagi so’nggi yirik asari hisoblangan «Lison ut-tayr» dostoni o’zining ilg’or g’oyaviy mazmuni, janriy, xususiyatlari, obrazlar sistemasi, badiiy barkamolligi va boshqa jihatlari bilan faqat shoir ijodida emas, balki o’zbek adabiyoti tarixida ham juda katta voqea bo’ldi. Umumjahon klassik adabiyotida allegorikfalsafiy doston janrida yozilgan o’lmas asarlar qatorida badiiy kashfiyotning porloq timsoli bo’lib qoldi.

Tarjima bu xalqlarni, millatlarni, urf odatlarni, madaniyatni qolaversa insonlarni bir biriga bog’lash san`atidir. Tarjima bo’lmaganida dunyo xalqlari bir birlari haqida hech qanday ma`lamot bilimlar ololmas edilar. Shunday tarjimalarni amalga oshiradigan san`tkorlar trajimonlar xisoblanadi. Bu dissertatsiyada ham ana shunday mohir, bilimli tarjimon haqida so’z yuritdik. Bu tarjimon Garri Dik bo’lib u Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» asarini ilk bora ingliz tiliga tarjima qildi. A.Navoiyning «Lison ut-tayr» asari 2003 yilning oxirida O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti va AQSh Markaziy Osiyoga beg’araz yordam korporatsiyasi hamkorligida ingliz tilida kitob xolida nashr ettirildi.

Tarjima chiroyli nashr qilingan. Unga ishlangan bezaklar Kamoliddin Bekzod nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti sovrindori Toyir Boltaboev tomonidan mohirona yaratilgan. Garri Dik O’zbekistonda yashab o’zbek xalqi madaniyati, urf odatlari, an`analari, yashash tarzi va tilini o’rgandi. Shu bilan birga u Alisher Navoiy xayoti va ijodini o’rgangan tadqiqotchilar bilan yaqindan aloqada bo’lib ulardan kuplab foydali va zaruriy maslahatlar oldi. Natijada XV asrning qadimgi, noyob durdona asari hozirgi zamon inglizzabon kitobxonlari uchun qayta yaratildi.

Ishda realiyalar (xos so’zlar)ni o’zbek tilidan ingliz tiliga o’girish jarayoni taxdili qilingan. Asardagi o’zbek xalqiga xos bo’lgan, xalqaro va boshqa hil realiyalarning tarjimalari o’rganib chiqilgan. Asarda berilgan:

• Kiyim bosh, oyoq kiyim realiyalari tarjimasi.


  • Kasblar nomlarining tarjimasi.


  • Tasavvuf atamalari tarjimasi. Diniy atamalar tarjimasi.




• Nomlar va ismlar tarjimasi. Realiyalar nomlarining o’zbekcha inglizcha tarjimalarining qiyosiy jihatdan o’rganib chiqilgan. Har bir tarjimon uchun biror millatga xos so’zlarni, tushuncha va iboralarni o’z tilida tushunarli qilib etkazish bir oz qiyinchilik tug’diradi. Lekin Garri Dik uchun tarjima jarayoni katta qiyinchilik tug’dirmagan bo’lsa kerak, chunki u o’zbek xalqi bilan yaqindan tanish. Tarjimon realiyalarni o’girishda asosan transkriptsiya usulidan foydalangan, bundan tashqari sahifa ostidagi izoh va snoskalar bunday so’zlarni yanada tushunarliroq bo’lishiga yordam bergan. Umuman olganda «Lison ut-tayr» ingliz tilida g odda, go’zal, tushunarli va ommabop kitob sifatida nashr etildi.
Download 30.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling