Iii. Veterinariya qonunchiligida temiratki kasalligiga qarshi kurashish bo’yicha yo’riqnomalar


Download 51.56 Kb.
bet7/13
Sana24.03.2023
Hajmi51.56 Kb.
#1291284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Dimlop ishi Firdavs

Chidamliligi. O’zbekiston sharoitida tik tushgan qo’yosh nuri tasirida bir soat maboynida o’ladi, 560 S qizdirilganda 30 minut ichida 200 S da 4 soat maboynida halok bo’ladi. Ko’lmak suvlar qish paytlarida muzlaganda ham yashay oladi.
Dezinfeksiya uchun 2 % li xlorli ohak eritmasi, 2 % li ishqoriy eritmalar, 3 % li sulfat – karbol aralashmasi, 5 % li dezinfeksion fenol eritmasi, 2 % li formaldigedlar tavsiya etiladi. Dezinfeksiya har gal kasal hayvonlar ajratilgandan keyin o’tkaziladi.
2.6. Epizootologiyasi, patogenezi, kechishi va klinik belgilari.
Tabiiy sharoitda tulkilar, qoramollar, qo’y – echkilar, cho’chqalar kasallanadi.
Ayrim hollarda yilqilar, itlar, qo’tos, bug’i, mushuk, eshak, tovuq va o’rdaklarda kasallanash kuzatiladi. Leptospiroz bilan barcha yoshdagi hayvonlar, lekin asosan yosh hayvonlarda ko’proq uchraydi. Sog’lom xo’jalikdan keltirilgan mollar nosog’lom xo’jalikda darhol kasallanib, ularda kasallik og’ir kechadi.
Mahalliylashgan jaydari mollarda esa kasallik kamroq uchraydi. Suniy kasallantirishga yosh itlar, qo’yonlar, yumronqoziq, kaptar va baqalar moyildir.
Tabiiy sharoitda kasallik manbai asosan kemiruvchilar hisoblanadi. Ular kasallik qo’zg’atuvchilarini umr bo’yi tarqatib yurishi mumkin. Ayrim malumotlarga qaraganda tulkilar514 kun, qoramollar 120 kun, qo’y – echkilar 180 kun, yilqilar
esa 210 kungacha va itlar 300 – 700 kungacha kasallik qo’zg’atuvchilarini tarqatib yurishi aniqlangan. Leptospiroz siydik orqali tashqi muhitga tushgach, tevarak atrofni, suv manbalarini zararlaydi. Fermadagi ko’lmak suvlarda kasallik kasallik qo’zg’atuvchisi faqat yashab qolmay ko’payadi ham. Ko’p hollarda leptospiralar moyil hayvonlarga ko’lmak, sekin oquvchi suv manbalari orqali o’tadi. Ular o’z navbatida kasallangan hayvon siydigi orqali ifloslangan bo’ladi. yuqish asosan alimentar holatda ro’y berib, bazan qo’zg’atuvchi jarohatlangan teri va shilliq pardalar orqali ham o’tishi mumkin. Bu holat ko’pincha mollar cho’miltirilganda yoki ular ko’lmak suvlardan o’tganda sodir bo’ladi. siydik bilan ifloslangan ozuqa manbalari kasallik tarqatuvchi omillar hisoblanadi. Tulki, it va ayrim mo’ynali hayvonlar kasal hayvonlardan olingan go’shtlar bilan boqilganda kasallikka chalinadi. Go’shtxo’r hayvonlar va cho’chqalar kemiruvchilar ulaksalarni yeganda leptospirozga chalinadi. Kasallikning qoramol va qo’ylarda homila rivojlanishi jarayonida ham yuqishi kuzatilgan. Kontakt yo’li bilan bevosita yuqish kam hollarda sodir bo’ladi. ayrim malumotlarga qaraganda kasallik asosan may va noyabr oylari oralig’ida uchraydi. Ko’p yillik kuzatishlar kasallik O’zbekistonda yilning har qanday faslida uchrayverishini ko’rsatadi.
Kasallik ko’p hollarda enzootik holatda kechib, kasallanish malum oraliq vaqtda namayon bo’ladi. birinchi marta qayd qilinganda malum guruh kasallanib, oraliqda kasallik chiqmaydi. Keyinchalik 5 – 15 kun o’tgach, yana kasallikka chalingan mollar topiladi. Kasallikning kechishi mollarni asrash va boqish
sharoitlariga bog’liq. Keyingi yillarda leptospiroz odamlar orasida ham qayd qilinmoqda.
Patogenezi. Leptospiralar tabiiy holatda oshqozon va ichak yo’lining shilliq pardalari, konyuktiva va jarohatlangan terilar orqali organizmga tushib, 12 soatdan keyin jigarda ko’p miqdordato’planadi. Shu joyda isitma ko’tarilguncha qadar turadi. Juda kam hollarda isitma oldidan buyrak, yurak muskuli, mezenterial limfotik tugunlarda ham uchrashi mumkin. Leptospiralar isitma ko’tarilganda qonda juda ko’p miqdorda to’planadi. Sarg’ayish namayon bo’lishi bilanoq leptospiralar asta – sekin qondan buyrakda to’plana boshlaydi. O’z navbatida bu davrga kelib lizin va agglyutininlar paydo bo’ladi. o’lgan hayvonlarda leptospiralar asosan buyrak, jigar va boshqa azolarda ko’p to’planadi.
Kasallikning klinik belgilari namayon bo’lishi bilanoq leykositlar soni ko’payib, eritrosit va gemoglobin kamayadi. EChT (eritrositlarning cho’kish tezligi) tezlashadi. Leptospiralar ko’payishida ajralib chiqqan toksin va boshqa moddalarning tana haroratini boshqaradigan markazga tasir ko’rsatishi isitma ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Odatda sarg’ayish va gemoglobinuriya yuzaga kelishi bilan isitma tushadi. Ayrim hollarda u butun kasallik davomida saqlanish mumkin.
Bazan isitma bir necha marta qaytariladi (residiv). Leptospirozda malum miqdorda eritrositlarning gemoliz holati sodir bo’ladi. Bu holat o’z navbatida qonda gemoglobin oshib ketishiga sabab bo’ladi. Shu tufayli gemoglobinuriya kuzatiladi.
U ham isitma singari takrorlanaverishi mumkin. Kasallikning oxiriga kelib to’qimalarda bilirubin to’xtab, shilimshiq pardalarni sarg’aytirib yuboradi. Jigarda degenirativ o’zgarishlar sodir bo’ladi. qonga o’t tusha boshlaydi. Intoksikasiya kuchayishi natijasida teri va shilliq pardalarda kapilyarlar devorining qattiq zararlanishi qon qo’yilishiga olib keladi. Ayrim hollarda qon tomirlarida tromb paydo bo’ladi, natijada to’qimalarning oziqlanishi izdan chiqib, nekroz ro’y beradi.
Toksinlar tasirida markaziy nerv sistemasi qattiq zararlanadi. Natijada qator azolarning funksiyalari buziladi.
Kechishi va klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri turli hayvonlarda turlicha bo’lib, 2 kundan 3 haftagacha davom etishi mumkin. Leptospirozda klinik belgilar har xil bo’ladi. kechishiga qarab har xil bo’ladi. O’ta o’tkir, o’tkir, yarim o’tkir, surunkali va latent shakllar farq qilinadi. Qora mollar, qo’y – echkilar, qo’tos, bug’ilarda qo’yidagicha bo’ladi.
O’ta o’tkir kechishi. Kasallikka chalingan mol hyech narsa yemay qo’yadi. Ha deb bezovta bo’laveradi. Nafas olishi va yurak urishi tezlashadi. Eritrositlar soni 1 – 3 mln. ga tushib ketadi. Gemoglabin 12 – 15 % ga pasayadi. Sarg’ayish har xil darajada namayon bo’ladi. kasal mol tez – tez siyib, siydik qizg’ish, qoramtir rangda bo’ladi. ich ketish kuzatilib, tana harorati asosankasallikning boshlang’ich davrida ko’tariladi.(40,0 – 41,50 S). O’lim oldidan mol titraydi. Kasallik juda tez o’tib, mol 12 – 48 soat ichida o’ladi.
O’tkir kechishi. Bunda tana harorati 40,5 – 41,00 S gacha ko’tarilib, 7 – 8 kun davom etishi mumkin. Kasal hayvon bezovta bo’lib, ichi ketadi va holsizlanadi.
Sog’in sigirlar suti keskin kamayadi. Keyinchalik oshqozan – ichakda atoniya (ich qotish) kuzatilib, ich to’xtab qoladi. Sarg’ayish ro’y berib, mol qon aralash siyadi.
Tana harorati normada bo’ladi, bazan undan pasayishi mumkin. Ayrim hollarda konyuktivit bo’lib, ko’zdan yosh oqadi. Nafas olish va yurak urishi tezlashadi.
Tananing bosh qismida, quloq, yelin, jinsiy azoning tashqarisida xamda og’iz shilliq pardalarida nekrozlar sodir bo’ladi. Bazan quloqning uch qismi, dum, yelin so’rg’ichi, jinsiy azoning tashqi lablarida nekroz holatlari ham kuzatilishi mumkin.
Nekroz tananing tashqi qismida terining ko’p qismini egallashi mumkin. Ishtaha va
kavsh qaytarish to’xtaydi. Oshqozan – ichak peristaltikasi to’xtab, ich yurishmay qoladi. Bo’g’oz mollar bola tashlaydi. Qonda gemoliz bo’lib, leykositoz kuzatiladi, bilirubin oshib ketadi. O’z vaqtida to’g’ri davolash ishlari olib borilmasa 50 – 70 % kasallikka chalingan mollarda o’lim sodir bo’ladi.
Yarim o’tkir kechishi. Yuqorida qayd qilingan holat yaxshirivojlanmay, ko’zga yaqqol tashlanmasdan kechadi. Ko’p hollarda kasal mollar sog’ayib ketadi. Isitma ko’tarilishi residiv holatda davom etadi. Bazan bo’g’oz sigirlar va sovliqlar bola tashlaydi. Gemoliz yaqqol namayon bo’la olmaydi. Kasallik 3 haftagacha davom etib, davolash kuchaytirilmasa 20 – 40 % mollar o’lim bilan tugaydi. Sog’aygan mollar asta – sekin o’z holatiga qaytadi.
Surunkali kechishi. Isitma davriy ravishda ko’tarilib, 4 – 5 kun davom etadi. 3 – 4 marta takrorlanib, kasallik 4 – 5 oygacha cho’ziladi. Kam hollarda sarg’ayish va gemoglobinuriya bo’ladi. Ishtaha yo’qoladi, kuchli atoniya va qabziyat kuzatiladi.
Ayrim hollarda ishtaha saqlansada kasal hayvon ozib ketaveradi. Sut bermay qo’yishi ham mumkin. Bola tashlaydi, yosh hayvonlar yomon o’sadi. Residiv bo’lganda gemloliz ro’y beradi va leykositoz kuzatiladi. Kasal mollar ko’pincha xo’jalik uchun yaroqsiz bo’lib qoladi va so’yib yuboriladi. bazi mollar keskin ariqlab o’ladi.
Atipik kechishi. Klinik belgilari o’tkir kechgandagidek bo’lib, yaqqol kuzga tashlanmaydi. Kasal hayvon hyech narsa yemaydi. Bezovta bo’la boshlaydi.
Qaytariluvchan isitma, sut kamayishi, kuchsiz gemoglobinuriya, qabziyat va ich ketishi tez rivojlanadi. Bazan bo’g’oz mollar bola tashlaydi. Kasallanish 5 – 10 kun davom etib, surunkali o’tadi. O’lim kuzatilmaydi.
Yilqilar letospirozi. Kasallik o’ta o’tkir kechganda yilqi birdan hyech narsa yemay qo’yadi, tana harorati 39,5 – 40,50 S ga ko’tarilib, juda kuchli sarg’ayish ro’y beradi, sag’rin muskullari juda taranglashib ketadi. Oshqozon – ichak faoliyati susayib, sanchiq tutadi. Siydik kofe rangiga kiradi. Kasallik 12 soatdan 2 – 3 kungacha davom etib, 100 % o’lim bilan tugaydi.
O’tkir kechishi. Ishtaha pasayib, harorat 39,2 – 39,50 S gacha ko’tariladi, mol so’lg’in bo’lib, ter bosaveradi. Bazan ishtaha birdanto’xtab, tana harorati 40,0 –
45.50 S ga ko’tariladi. Sarg’ayishkuchayadi. Bu davrga kelib tana haroratitushadi.
Sag’rin va oyoq muskullari og’riydi. Ich ketishi qabziyat bilan almashinadi, yengilsanchiq tutadi. Siyish qiyinlashib, sariq, qoramtir – sarg’ish, sariq – qo’ng’ir va qoramtir – qizg’ish rangda bo’ladi. nafas olish va yurak faoliyati qiyinlashadi.
Og’iz bo’shlig’ining shilliq pardalarida yaralar bo’ladi. tananing juni tushib, teri ko’chadi. Bo’g’oz biyalar bola tashlaydi. Qonda kuchli gemoliz bo’lib, lekositoz avjiga chiqadi. Kasallik 5 – 18 kun davom etib, 40 – 60 % hayvonlar o’ladi.
Yarim o’tkir kechishi. Yuqoridagi klinik belgilar kuzatilsada, lekin aniq kuzga tashlanmaydi va uzoqroq davom etadi. Isitma qaytarilib turadi. Ko’pincha gipotermiya bo’ladi (36,5 – 38,50 S). Kasal mol ozib ketadi, kasallik bir oygacha cho’ziladi. O’lim 10 – 15 % ni tashkil etadi.
Surunkali kechishi. Ko’pincha kasallik o’tkir va yarim o’tkir kechadigan yilqilarda uchraydi. Ishtaha saqlanishi, yaxshi oziqlantirilishiga qaramay, hayvon so’lg’in va nimjon bo’lib, bu hol tez – tez uchraydi. 2 – 3 oygacha tana harorati davriy ravishda vaqti – vaqti bilan ko’tarilib tushib turadi. Bazan 39 – 400 S ga chiqib turadi. Shilliq pardalar qonsizlanib, sarg’ishroq bo’ladi. Qonda gemoliz kuzatiladi. 8 10 % hollarda o’lim ro’y beradi.
Atipik kechishi. Kasallik tana haroratining bir oz ko’tarilishi bilan boshlanadi.
Hayvon tez charchaydi, ko’p terlaydi, so’lg’in bo’ladi. shilliq pardalar qonsizlanib, sal sarg’ayadi. Qondagi gemoliz ham kuchsiz namayon bo’lib, kasallik 10 – 15 kun davom etadi. O’lim 10 – 15 % ni tashkil etadi.
Tulkilar leptospirozi. Birdan hyech narsa yemaydi va qusa boshlaydi. Tana harorati 39 – 400 S ga ko’tarilib, ichi ketadi. Orqa oyoqdan oqsash boshlanadi.
Og’iz bo’shlig’ining shilliq pardasida sarg’ayish va yaralarpaydo bo’ladi va tana harorati 36 – 370 S ga tushadi. Kasal tulki tez – tez siyib, siydigi sarg’ish bo’ladi.
Ayrim hollarda sarg’ayish umuman uchramaydi. Vaqti – vaqti bilan ich suradi, ishtahasi yo’qolib, ozib ketadi. Kasallanish 12 soatdan 3 haftagacha davom etishi mumkin. O’lim oldidan tana muskullari qaltirab, og’iz yumilib qoladi va ko’pik bilan qoplanadi. 80 – 100 % hollarda o’lim bilan tugaydi.
Itlar leptospirozi. Tana harorati 40 – 410 S ga ko’tarilib, o’lim oldidan 360 S gacha tushib ketadi. Kuchli deprissiya bo’lib, qaltiroq tutadi. Bo’yin muskullarida og’riq seziladi. Sarg’ayish kuchli namoyon bo’lib, qon aralash ich ketishi kuzatiladi. Kuchli stomatit rivojlanadi. Kasallik 10 kungacha davom etadi. 50 % hollarda o’lim ro’y beradi.
Cho’chqalar leptospirozi. Isitma ko’tarilib turadi, kasal cho’chqa tez ozib ketadi, o’sishdan qoladi, anemiya rivojlanib, ichi ketadi. Sarg’ayish kam hollarda uchrab, terida nekroz kuzatiladi. Bo’g’oz ona cho’chqalar 50 % ga qadar bola tashlash kuzatiladi. Ko’p hollarda cho’chqalar o’lik to’g’adi yoki to’g’ilgan zohati o’ladi. Qari cho’chqalarda klinik belgilari aniq ko’zga tashlanmasligi ham mumkin.
Patologoanatomik o’zgarishlar. O’lgan molning terisida nekroz uchraydi.
Shilliq pardalar sariq, og’iz bo’shlig’ida yaralar paydo bo’ladi. ko’p hollarda sarg’ayish, seroz infiltrasiya kuzatiladi. Teri ostida shilliq pardalarda qon qo’yilishi ro’y beradi. Buyrak kattalashib, siypab ko’rilganda qo’lga g’adir – budir holatlarda uchraydi va nefritga xos o’zgarishlaryuz beradi. Qoviqda qon qo’yilishlar bo’lib, limfatik tugunlar kattalashgan bo’ladi. Jigarda degenerativ o’zgarishlar sodir bo’lib, leptospiralar to’qimalar orasiga joylashib oladi.

Download 51.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling